O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


I. Seminar mashg'ulotlari tuzilishi I. Mashg'ulot mavzusi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/75
tarix05.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#127788
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

I. Seminar mashg'ulotlari tuzilishi I. Mashg'ulot mavzusi 
1. Mavzu tanlashni asoslab berish. 
2. Kurs dasturidagi o'rnini aniqlash. 
3. Mashg'ulot maqsadi, vazifalari: ta'limiy, tarbiyaviy, metodik. 
4. Adabiyotlami o'qib chiqish, hajmi, matnning murakkabligini hisobga olib adabiyotlami 
tanlashni asoslab berish. 
II. Seminarni tashkil etish shakli
1. Auditoriya tayyorgarligi xarakteri bilan bog'liq seminar o'tkazish shaklini tanlashni asoslab 
berish: 


22 
a) savol-javobli; 
b) reja asosida keng suhbat: 
d) o'zaro tanqidiy baholab axborot berish; 
e) yozma referatlarni munozara elementi bilan muhokama qilish. 
f) guruhli muhokama: yo'naltirilgan, erkin o'quv-rolli o'yin. 
2. Talabalarni adabiyotdagi mavzu, masalalar, obyektlar, mashg'ulot xususiyati, muhokama 
ishtirokchilari rollarini taqsimlash, referatlar, hisobotlar, talabalar, mavzuni muhokama qilish 
shakli va xususiyatiga dastlab yo'naltirish dasturi. 
III. Mashg'ulot borishini rejalashtirish va konspektlar tayyorlash 
1. Mashg'ulot mazmuni dasturi: mavzuning asosiy bo'limlari, uning vazifalari, 
ko'rilayotgan muammoni hal etilishi davomida asosiy qarama-qarshiliklarni qayd etish. 
2. Dastur bo'limlari mazmunini konspektlashtirish. Ko'rilayotgan nuqtayi nazarlarni 
asosliligi va isbotlanganligi, qarama-qarshiliklarni aniqlashni ta'minlovchi didaktik uslublarni 
ko'rsatish. Guruhli muhokama shaklini ko'zda tutuvchi qoidalar va vazifalarni ko'rsatish. 
Mashg'ulotning turli bosqichlarida guruhlar aloqalari uslublari. 
3. Seminar mashg'ulotida muhokama etilgan mavzu bo'yicha xulosalar, 
4. Seminar mashg'ulotini o'tkazgandan keyin uning borishini o'rganib chiqish. 
Laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar psixologiya kursini o'qitishning ajralmas qismi 
hisoblanadi. Ularda mg'ruzalarda olingan nazariy bilimlarini faollashtiradi, mustahkamlaydi va 
aniqlashtiradi. Laboratoriya mashg'ulotlarida talabalar psixologik tadqiqotlarning oddiy usullari 
va ko'nikmalarini o'zlashtiradilar, ulardan keyinchalik maktabda kundalik ishlarida 
foydalanishlari mumkin bo'ladi. 
Bu yerda ular o'tkaziladigan tajribalarda tekshirilayotganlar sifatida ishtirok etadilar va 
ularni mustaqil o'tkazishga o'rganadilar. Tajribalarda ishtirok etish va turli test topshiriqlarini 
yechish talabalarda alohida qiziqish uyg'otadi, chunki bu ularga o'zlarini anglab yetishga, 
mavjud psixologik sifatlarini o'rganishga, o'zining rivojlanganlik darajasini aniqlashga imkon 
beradi. 
Turli psixologik masalalarni yechishda ham talabalar o'z bilimlarini amalda ko'rsatishlari 
mumkin. Shunga o'xshash masalalarni hal etib, talabalar yana bir bor boiajak amaliy ishlari 
uchun psixologik bilimlarning zarurligiga ishonch hosil qiladilar. Amaliy mashg'ulotlarda 
masalalardan foydalanish o'qituvchiga ham o'quv materialini o'zlashtirib borishi va shu bilan bu 
jarayonni nazorat qilishni kuchaytirishga yordam beradi. 


23 
Amaliy mashg'ulotlarda kompyuter texnikasidan foydalanish talabaning butun intellektual 
imkoniyatlarini maksimal darajada jamlaydi, faqatgina nazorat qilish va amalga oshirishni 
ta'minlaydi, bu talabani o'ziga baho berishini shakllanishiga va uning shaxsini tarkib topishiga 
yordam beradi. 
Laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan ishlarning 
turli xillari mavjud. Ularning har bin aniq mashg'ulotni tanlab olish, mashg'ulot mavzusini va 
o'qituvchining real imkoniyatiga, shu jumladan, texnik imkoniyatlarga ham bog'liq bo'ladi. 
Umumiy talablar esa o'qituvchining talabalarni tayyorlash hamda har bir mashg'ulot oldidan 
tekshirish kiradi. 
Tajriba ishlarini bajarish uchun talabalar ikkita daftarga ega bo'lishlari kerak: ish davomida 
yozuvlarni qayd etib borish uchun va ishlari natijalarini yaxshilab ishlab chiqib, tartibga solib 
hisobot berish uchun kerak bo'ladi. Hisobot daftarida bayonnoma rasmiylashtiriladi. U yoki bu 
usul bilan maktabda olingan ma'lumotlar asosida mashg'ulotlarni maktab materiallarida o'tkazsa 
yaxshi bo'ladi. Bu psixologiya bo'yicha o'quvchi bilimlarini chuqurlashtiradi va aniqlashtirish 
imkonini beradi, yosh psixologiyasi masalalariga qiziqishini oshiradi. 


24 
4-mavzu.O'QITISHNING INTERFAOL USULLARI 
Reja: 
1. Psixologiya o’qitish texnikaasi fanida interfaol usullar. 
2. Hozirgi kunda keng qo’llanilayotgan interfaol usullar. 
3. Bahs inerfaol usulidan foydalanish. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin