So’g’d yozuvi aslida so’g’dlar foydalangan. Keyinchalik undan turkiy xalqlar ham
foydalangan. Bu yozuvdagi turkiy yodgorliklar kam saqlangan.
Moniy yozuvi melodiy 247 yili Bobilda Moniy boshchiligida yangi dinga asos solinadi va
shu davrdan boshlab Suriyaning Palmira shag’rida qo’llanilgan moniy yozuvi ham amalga kiritilgan.
Ushbu yozuv moniy dini bilan birga Markaziy Osiyoga kirib kelgan. Yettinchi asrga kelib, moniy
dini uyg’ur xoqonligining rasmiy dini sifatida qabul qilingan. Moniychilar tavbanomasi
“Xuastuanift”ning ayrim qo’lyozma nusxalari, ayrim she'riy parchalar bizgacha yetib kelgan.
Braxma yozuvi bo’g’inli yozuv bo’lib, qadimgi sanskritcha asosida shakllangan. Turkiy
xalqlarga buddizm ta'sirida kirib kelgan.
Dostları ilə paylaş: |