O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qurbonova O’lmas Usmonovna



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/45
tarix25.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#134439
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
qiyosiy pedagogika

 Maktabgacha tarbiya
Amerika boy mamlakat. Lekin bu mamlakatda bolalar uch yoshga 
to’lgunlaricha onalarga turli moddiy imtiyozlar berish ko’zda tutilmagan.
Farzandlarga qarab uyda o’tiradimi yoki enaga yollab ishga tushadilarmi, bu 
onalarning ishi. O’zbekistondagi kabi keng va shinam, ikki qavatli, o’ynaydigan, 
uxlaydigan, ovqatlanadigan alohida xonalari bo’lgan bog’cha va yaslilar 
Amerikada odob tusiga kirgan emas. Enaga yollash oila uchun haftasiga 200 
dollardan kamga tushmaydi. Bu mamlakatda 30-40 bolaga mo’ljallangan xususiy 
va davlat tasarrufidagi bog’chalar mavjud. Ular enaga yollashdan bir oz 
arzonroqqa tushadi. Lekin har ikki holda ham, uydan olib borgan ovqatlarni 
edirishadi, krovatchalar, ko’rpa, to’shak, yostiqni ota-onalar olib borishadi. 
Amerikada bizdagidek taomnomalar, o’quv dasturlari yo’q. Bolalar yozda 
atrofdagi ko’kalamzorlarda o’ynab dam oladilar.
Bu 
bog’chalarda 
ham 
bolalar 
yoshlariga 
qarab 
turli 
guruhlarda 
tarbiyalanadilar, ularga tarbiyachi-mutaxassis qaraydi, ular ovqatni tayyorlab 
beradi, turli qo’shiqlar, she’rlar o’rgatadi, quvnoq o’yinlar uyushtiradi. Ammo har 
kim o’z uslubiga muvofiq ishlaydi, umumiy qoidalar, o’quv dasturlari joriy 
qilinmagan.
Lekin bolalar uchun haqiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni ular 5 yoshga 
to’lganlaridan keyin boshlanadi. Ana shu yoshda ular «Kinder garden» deb 
ataluvchi tayyorlov bog’chalariga jalb etiladilar. Ular hukumat tasarrufida bo’lib, 
bog’chalar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus «maktab 
avtobusida» uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar 
yo’l-transport hodisalaridan to’la muhofaza etilgan: sariq rangga bo’yalgan, uning 
signallariga barcha transport vositalari itoat etishga majburdirlar. Maktab 
avtobuslarini boshqa transport vositalari quvib o’tishi mumkin emas, tartibni 
buzganlar qattiq jazolanadilar.
Ko’chalarda, maktabga ketayotganda yoki qaytayotganda alangla6 yurgan, 
o’ynab futbol tepib yurgan bekorchi bolani uchratish amrimahol. Bolalarni 
maktabda ham, uyda ham shaxsiga tegilmaydi, do’pposlanmaydi, u erkin o’smog’i 
kerak. Agar biror bola «meni urdi» deb ota-onasidan shikoyat qilsa, ma’lum 
muddatga ana shu ota-onalar ayrim hollarda ota- onalik huquqidan mahrum 
qilinadilar. Maktabga bolalar o’zlari xohlagan kiyimlarda boradilar. 5 yoshli 
bolalarni maktabga tayyorlash ota-onalarning, bog’cha va maktabning, ommaviy 
axborot vositalarining ishi.
AQSH televideniyasining alohida kanalida “ Sezam ko’chasi” deb 
nomlanuvchi ko’rsatuvlar dasturi mavjud, u o’quvchilarga ingliz tili, alifbo, 


60 
arifmetik amallarni bajarish, sanash, o’qish, koinot, tabiat, jug’rofiya, tarix 
bo’yicha bilimlarni o’ta qiziqarli tarzda singdirishga harakat qiladi.
Amerika ko’p millatli mamlakat. Lekin har bir millat o’z farzandiga milliy 
urf-odatlarini, tilini o’rgatishga jiddiy ahamiyat beradi. Ko’pincha bu vazifalarni 
katta avlod amalga oshiradi.
O’zbeklar ham o’z ona tilini, urf-odatlarini, dinini o’z farzandlariga 
singdirishga astoydil intiladilar.
O’zbek bolalari ham Markaziy Osiyoda o’z mamlakatlari borligini biladilar, 
g’oyibona intiladilar, u haqda ko’p narsalarni ko’rish, eshitish, o’qishni istaydilar.
O’zbekistonga kelish har bir amerikalik o’zbeklarning muqaddas orzusidir.
Besh yoshli bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning asosini ularni 
maktabga tayyorlash tashkil etadi. Olti yoshlilar bog’cha guruhlarida bo’lsalarda, 
lekin bu guruhlardagi ta’lim boshlang’ich sinfdagi ta’limga yaqin turib, amalda 
uning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining ta’lim 
dasturi ko’p jihatdan ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishga mo’ljallangan, 
u pirovard natijada bolalarni boshlang’ich maktablarga puxta tayyorlab berishga 
xizmat qilishi kerak. Shuningdek maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarning 
aqliy va jismoniy, umuminsoniy hislatlarni, bolalar jamoasi ichida o’zini tutish, 
samimiylik, mehnatsevarlik, foydali xatti-harakatlarning ilk shakllanishiga 
erishmoqlarini, tozalik, ozodalik va pokizalikka o’rganishlarini ta’minlab berishi 
lozim. Yuqorida aytganimizdek, maktabgacha tarbiya muassasalarining xususiylari 
ham bor. Lekin u Yaponiyadagidek rivojlangan emas. Amerikada xususiy 
bog’chalar davlat dasturiga kiritilgan.
Amerikada o’quvchilarning o’z fikrini so’zda mukammal, aniq ifodalab bera 
olishiga, o’zligini anglash, o’zining qadr-qimmatini e’zozlash, shaxsiy qobiliyatini 
ro’yobga chiqarish tuyg’ularini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. Bolalarda ana 
shu his-tuyg’ularini shakllantira borish ilk yoshdanoq boshlanadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin