O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə16/150
tarix26.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134982
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   150
Maktabgacha va boshlang’ich-hozir.org

Nazorat uchun savollar:
1.Sharq mutafakkirlari haqida tushuncha bering.
2.Muhammad ibn al-Xorazmiyning ilmiy merosi haqida ma`lumot bering.
3.Muhammad ibn al-Xorazmiyning didaktik qarshlari.
4.Abu Nasr Farobiyning ta`limiy-axloqiy qarashlari haqida ma`lumot bering.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar:
1. R.A.Mavlonova, O.To‘rayeva, K.M.Xoliqberdiyev. Pedagogika.Darslik T:.O‘qituvchi 2008-yil
2. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil
3.K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil
4. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, Ijtimoiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T.: Noshir 2009-yil
5. Curriculum,cultural traditions and pedagogy:understanding the work of teachers in England,France and Germany 2012-y
5-MAVZU: Abu Rayxon Beruniy hamda Abu Ali ibn Sinoning ta`limiy –axloqiy qarashlari.


REJA:


1. Abu Rayxon Beruniy ta`limiy –axloqiy qarashlari.
2. Abu Ali ibn Sinoning ta`limiy –axloqiy qarashlari.
Tayanch so`zlar: Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Tibbiyotda dorishunoslik”, “Yulduzshunoslikda boshlang‘ich ma’lumotlarni anglash”, “Qonuni Ma’sudiy”, Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «al – Qonun al-Mas’udiy» («Mas’ud qoununi»), «Kitob as - Saidona», «al – Qonuni al - Mas’udiy», «Giodeziya».
Asosiy matn
Abu Rayxon al – Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Uning fikricha ta’lim oluvchilarga ta’lim berishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
  • ta’lim oluvchilarni zeriktirmaslik;


  • bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik kerak – bu dars jadvaliga qo‘yilgan talablardan biri;


  • uzviylik va izchillik;


  • tahlil qilish va taqqoslash;


  • takrorlash;


  • materialni ko‘rgazmali bayon etish va shu kabilar.


Beruniyning quyidagi mashhur asarlari mavjud: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Tibbiyotda dorishunoslik”, “Yulduzshunoslikda boshlang‘ich ma’lumotlarni anglash”, “Qonuni Ma’sudiy” va boshqalar. Olim tomonidan 152 ta kitob yozilgani haqidagi ma’lumotlar bor. Shundan bizgacha 31 tasi yetib kelgan.


Beruniy ta’lim berish davomida dars jadvalidagi fanlarni navbatma – navbat joylashtirishni quyidagicha ifodalaydi: ta’lim oluvchilar bir fandan ikkinchisiga o‘tishda ular bir bog‘dan ikkinchi bir yangi bog‘ga o‘tganday bo‘lsin. Unda ta’lim samarali olib boriladi.
Qomusiy olim Abu Rayxon Muhammad ibn AHmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarihiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayxon Beruniy 362 yil 3-zulHijjada (milodiy 973 yil 4-sentyabr) Xorazmning Qiyod (Kot) shaHrida dunyoga keldi. Berun yoki birun so’zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi.
XIII asr boshlarida Xorazmda bo’lgan mashhur sayohatchi va geograf Yoqut Hamaviyning aytishicha, Vatanidan tashqariga ketgan Har bir kishini Xorazmiyliklar «Beruniy» laqabi bilan ataganlar. Keyinchalik bu laqab shu an’anaga ko’ra uning nomiga qo’shilib qolgan bo’lsa ehtimol. Chunonchi, olimni shahsan bilgan mashhur tarihchi Abul Fazil Bayhaqiy unga nisbatan «Beruniy laqabini qo’llamay, faqat «Abu Rayxon» deb ataydi. «Abu Rayxon» esa «marhamatli», «rahmatli», «rahmdil» ma’nolarini bildiradi», - degan fikrlarni aytadilar
Abu Rayxon Beruniy boshlang’ich ta’limni olgach, o’sha davrda fan – madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi.
Beruniy Horzam tili bilan birga sug’diy, forsiy, suryoniy, Yunon, qadimgi yaHudiy tillarini, Hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o’rgangan. U Yunon klassik ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarih, etnografiya, falsafa va filologiyadan Ham chuqur bilim oladi.
Beruniy yirik olim Abu Nasr Ibn Iroqdan Yevklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik ta’limotlaridan dars olgan.
Bundan tashqari o’zidan oldin o’tgan matematik, munajjim va geografiya olimi MuhammadXorazmiy, geografiya olimi Abul Abbos, AHmad Farg’oniy (IX asr), Marvaziy (IX asr), JavHariy (IX asr), faylasuf va tabiatshunos Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy (940-998), seyistonlik Abu Said as-Sijiy (951-1024), Abu Muhammad Hamid Ho’jandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil o’rganadi.
995 yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalrini Hal etish bilan birga, SHarqda birinchi bo’lib Er va Osmon globusini yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Yerdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash Haqida maqola» va boshqalar).
Beruniy Hali juda yosh olim bo’lishiga qaramay, Kot shaHrida 994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o’zi astronomik asboblar ihtiro etgan.
994-995 yillarda Qorahoniylar samoniylar davlatiga qarshi Hujum qiladilar. Urganch amiri Ma’mun I tomonidan Beruniy ijod etayotgan Kot shaHri zabt etilib (bu shaHar Janubiy Horzamning poytahti bo’lgan), yagona Xorazm davlati tashkil topadi. Amir Abu Abdullo Muhammad hizmatida bo’lgan Beruniy Ham boshqa olimlar kabi Kot-Qiyotni tark etib, Jurjon (Kaspiy dengizining janubi-sharqi)da, so’ng Rayda (TeHron yaqinida) yashaydi, Raydan yana Jurjonga qaytib, olim va kelajakdagi ustozi Abu Sahl Iso Masihiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi.
O’sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga hayrihoHlik ko’rsatadi. «SHams al-Maoliy» («Oliy martabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo’lgan bu podshoHga bag’ishlab Beruniy «Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O’rta Sharqqa mashhur qildi.
1004 yilda Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslaHatchisi bo’lib qoladi.
Ma’mun davrida Urganchda «Ma’mun akademiyasi» nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u erda musulmon SHarqining yirik olimlari faoliyat ko’rsatadi.
Beruniy bir necha yil kamyob metallar va qimmatbaHo toshlar ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Mineralogiya» asarini yaratadi.
1017-1018 yillarda yana taht va Hokimiyat uchun kurash boshlanib, Movarounnahrda qorahoniylar davlati barpo etiladi. Huroson va Avg’onistonda MaHmud G’aznaviy (998-1030) hukmronligi o’rnatilib, qorahoniylar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Xorazm MaHmud davlatiga tobe bo’lib qoladi.
Ma’mun akademiyasidagi ko’plab olimlar qatori Beruniy Ham G’aznaga olib ketiladi va u erda ko’p qiyinchiliklar bilan o’z ijodini davom ettiradi.
Beruniy bu yerda o’zining «Xorazmning mashhur kishilari», «Tahdid nihoyot al-amokin li tashih masofot al – masokin», («Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning ohirgi chegaralarini aniqlash», ya’ni «Giodeziya») asarini yaratdi. Bu asarda geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda paleontologik kuzatishlar natijalari Ham bayon qilingan.
Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalar»dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushunchalar, ma’lumotlar bergan.
Ma’lumki, Mahmud G’aznaviy Hindistonga qarshi bosqinchilik urushlarini olib borgan. Mana shu yurishlarning birida Beruniy Ham MaHmud G’aznaivyga HamroH bo’lib bordi. U sanskrit (eski Hind tili)ni bilganligi uchun Hind halqi madaniyati, adabiyoti va san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldi va bu meHnatlari natijasida 1030 yilda o’zining SHarq va G’arbda keng e’tirof qilingan mashhur «Hindiston» asarini yaratadi.
Kitobning to’liq nomi «Kitobu fi tahqiqi molil Hind min maqulatin fil aqli av marzulatin», ya’ni «Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi» bo’lib, aytishga qulay bo’lishligi uchun qisqacha «TaHqiqu mo - mil Hind» - («Hindistonga oid tadqiqlar» yoki «Hindiston») deb yuritiladi.
Uning bu shoH asari G’arb va SHarq olimlari, shu jumladan, Hozirgi zamon Hind olimlari tomonidan yuksak baHolangan. Akademik V.R.Rozen «SHarq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo’q», - deb baHolasa, Hindiston olimi Hamid Rizo olim Haqida gapirib, «Hind madaniyatining chigal muammolarini biron-bir o’rta asr yoki Hozirgi zamon muallifi Abu Rayxon Beruniydek muvaffaqiyatli ravishda tushunib etmagan. Uning «Hindiston» asari qadimgi Hind madaniyati va fanining klassik namunasi bo’lib qoladi»

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin