O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi qayd raqami



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə10/65
tarix13.12.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#139801
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
Qayd raqami-fayllar.org

Paradigmal yondashish. 
Kun Tomas «Ilmiy revolyutsiyalar strukturasi» kitobida ko'pchilikni o'ziga jalb qilgan ilmiy
g'oyalarni tabiiy harakati sistemasini ko'rsatdi, unda harakat bir necha davrga bo'lingan.
Boshlang'ich davrda ba'zi omillar chegarasi, muammosi usulida umumiy kelgani yo'q. Ammo fan
ong yuqori yetilish darajasiga borganda paradigma paydo bo'ladi, bu paradigmani aktual ilmiy
amaliyotini umum qabul qilgan namunasi deb taniladi. Paradigma Kun Tomasning aytishicha,
yetarli kuchga ega, shuning uchun uzoq vaqt olimlarni aqlini asir qiladi, olimlarni al`ternativ


yo'nalishlarini axtarishda adashtiradi. Pedagogika o'zga qonunlarni, teoritik xulosalarni va ularni


yangi masalalarini kiritadi. Vaqti kelgunicha shu fanda ishlamayotganlar ushbu paradigmaga amal
qilib keldilar. To'g'ri kelmaydigan fikrlarni e'tirof etadilar yoki shu qonunga moslashtiradilar.
Ammo bu faktlar uni kuchsizlantiradi va krizis yaratadi. Predparadigmal davrga o'xshash davrga
kelib qolinadi: maktablar kelishmovchilik, teoremalarini to'qnashuvi, «normal fan» davri tugaydi.
Revolyutsiya bo'lib yangi paradigma hukmronlik qiladi. Paradigma tushunchasi ilmiy hamjamiyat
bilan bog'liq. Maktab va sistemalarni paydo bo'lishi, Kun Tomasning fikriga ko'ra, hamjamiyatni
va paradigmani buzilishi demakdir.D.Palermo psixologiyaga Kun Tomasning analizini ishlatib uni
tarixiy yo'lini ikki paradigmaga ajratdi; «introspektsionistik» va «bixevioristik» degan fikrni aytdi.
Biridan ikkinchisiga o'tishi ilmiy revolyutsiya demakdir. Hozir bixeviorizm krizis holatida,
navbatda uni boshqa paradigma almashtiradi, ehtimol «Xomikeyning paradigmasi» dir, deydi.
L.Brikman psixologiyani eng yangi tarixini bunday ta'riflashga qarshi chiqib, introspektsionizm
ham bixeviorizm ham umuman olganda ilmiy darajada emas, ular psixologlar uchun tekshiruvchi
praktika modeli bo'lib qolmaydi deydi. Psixologiyani «paradigmal fan» deb atalishiga M.Marks
va V.Xilkslar sabab bo'ldi. Ular bu fanda bir necha paradigma harakat qiladi va ularni ichida
amerikalik bixeviorist Skinnerning «operant shartlashish» paradigmasi oldinda degan fikrni
bildirishdi. Bir asrda bir necha paradigmalarning harakat qilish g'oyasi Kun Tomasning
«normal fan» obrazini buzadi, paradigma to'g'risidagi tushunchani ham buzadi. Bu tushunchani
mazmuni shundaki, jamiyat namunasini ajratib chiqarib uni atrofida hamma omillarni bir
jamiyatga birlashtirishdir. Kun Tomas kontseptsiyasida ijtimoiy-iqtisodiy omillarni fanni
rivojlantirishga ta'sir qilishi hamda ilm fanning rivojlanish davrida vorislikni tan olmagani uchun
haqqoniy tanqid qilindi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin