O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona davlat universiteti botanika kafedrasi botanika



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/9
tarix01.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#107373
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2020 KURS ISHLARI USLUBIY KO`RSATMA



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI

BOTANIKA KAFEDRASI
BOTANIKA

(O`SIMLIKLAR SISTEMATIKASI)

FANIDAN

Kurs ishlarni tayyorlash bo’yicha

uslubiy ko’rsatma



FARG`ONA 2020

Kurs ishlarini tayyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatma 2019 yil 4-oktyabrdagi 892-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan bo’lib, unda biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalariga «Botanika» fanidan kurs ishlarini tayyorlash va himoya qilish, baholash tartiblari keltirilgan.


Tuzuvchilar:

Davidov M - FarDU «Botanika» kafedrasi mudiri

Akbarova M. - FarDU «Botanika» kafedrasi katta o`qituvchisi

Yusupova Z. - FarDU «Botanika» kafedrasi o`qituvchisi

Taqrizchi:

Hamidov G`. - FarDU «Botanika» kafedrasi professori, b.f.d.

Maxmudov V. - FarDU «Botanika» kafedrasi dotsenti, b.f.n.

Uslubiy ko`rsatma “Botanika” kafedrasining 2020 yil 28-avgustdagi “1”–son yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri:__________________Davidov M.
Uslubiy ko`rsatma “Tabiiy fanlar” fakultetining 2020 yil 29-avgustdagi kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan.
Fakultet kengashi raisi:_____________Sh.Mamajonov
Uslubiy ko`rsatma Farg`ona davlat universiteti O`quv-uslubiy Kengashining 2020 yil “_____” dagi__ -sonli bayoni bilan tasdiqlangan.

KIRISH

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi.

Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo’llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, kurs ishi o‘qituvchilar tomonidan talabalar bilimini nazorat qilish shakllaridan biri bo‘lib, bu talabalarning mustaqil ishlashi qay darajada muvaffaqiyatli ekanini va ularning o‘rganilayotgan predmetga nisbatan munosabatini aniqlashga imkon beradi.

Ta’lim olishning bu shakli oliy o‘quv yurti dasturini chuqur va mustahkam egallashga yo‘naltirilgan.

O‘quv rejaga muvofiq ravishda «Biologiya» yo‘nalishi talabalari 1- kursda Botanika fanidan kurs ishlarini bajarishadi.

Mustaqil ish sifatida metodik jihatdan to‘g‘ri bajarilgan turli xildagi referatlar talabalarning kurs va malakaviy bitiruv ishlari uchun zamin hozirlaydi va ularga ilmiy anjumanlarda qatnashishga imkon yaratadi. Natijada talabalar nafaqat ilmiy bilimlardan foydalanish, balki ma’lum ma’noda ularni ishlab chiqarishni ham o‘rganadilar. Ular mustaqil ravishda o‘quv-ijodiy ishlarni bajarishda muayyan mantiq va ilmiy madaniyatga rioya qilishlari lozim bo‘ladi. Jahon pedagogikasida shakllanib borayotgan yangi ta’limiy tizimda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan. Maskur uslubiy ko‘rsatmaning asosiy maqsadi talabalarga telekommunikatsiya vositasi bo‘lgan Internet, undagi interaktiv anjumanlar, axborot resurslaridan foydalangan holda referat va kurs ishlarini metodik jihatdan to‘g‘ri bajarishlariga yordam berishdan iborat.

O‘quv adabiyotlari, fond materiallari, Internet va Microsoft Word redaktoridan foydalanib referatlar tuzish hamda kurs ishlarini tayoyrlash metodikasini ko‘rib chiqamiz.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin