34
Ushbu ishlab chiqarish tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Gaz xom ashyosini tayyorlash sexi havoni parchalovchi Yaponiyaning
«Nissho» firmasida ishlab chiqarilgan ikkita blok va ikki BR-6 rusumli bloklardan
iborat. Azot bo’yicha bloklarning umumiy ishlab chiqarish quvvati – 64400
nm3/soat, kislorod bo’yicha – 47880 nm3/soat.
2. Tarkibiga quyidagilarni kiritgan har biri 185
ming tonna quvvatga ega
ammiak ishlab chiqarishining ikki navbati:
3. Metan va uglerod oksidi konversiyasining 8ta agregati;
4. Monoetanolaminli tozalashning 4 texnologik liniyasi;
5. 10 ta gaz kompressorlari, shu jumladan 2ShLK-1240 rusumli 9 ta kompressor
va 6M40-320/320 rusumli kompressor;
1.5 Mineral o’g’itlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari
O’g’itlar xossalarini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlariga: gigroskopikligi,
yopishuvchanligi, donadorlanish ( fraktsiyali ) tarkibi, zarrachalarning o’rtacha
o’lchami, donachalar mustaxkamligi, tabiiy qiyalanish burchagi, nam tortuvchanligi,
xaqiqiy zichligi, aralashmalarning bir jinsliligi va qatlamli tarqalishi (segretsiyasi),
elanishi,
Tuzli tarkibi, kristall tuzilishi, eruvchanligi, bug’ bosimi, termodinamik
Ammiakli selitra ishlab chiqarishi III navbati
1971
yiliga 600 ming tn.
Azot kislotasi ishlab chiqarishi II navbati
1965
yiliga 390 ming tn.
Azot kislotasi ishlab chiqarishi III navbati
1971
yiliga 480 ming tn.
Organik birikmalar ishlab chiqarishi
1969
10 dan ortiq mahsulot
turlari
«Nitron» ishlab chiqarishi
1983
yiliga 23 ming tn.
«Kaustik soda
va kam tonnali kimyoviy
mahsulot» ishlab chiqarishi
1976
20 dan ortiq mahsulot
turlari
Azot-fosforli o’g’it AFO’ ni ishlab chiqarishi
2010
yiliga 180 ming tn.
Texnikaviy tiomochevina ishlab chiqarishi
1987
yiliga 1400 ming tn.
35
tavsifi kiradi.
Gigroskopiklik. Gigroskopiklik moddaning xavodan namlikni yutish xususiyati
bilan tavsiflanadi. Gigroskopiklikni keng tarqalgan baxolashi - % bilan ifodalashdir
Gigroskopiklik nuqtasi aniqlanadi. Suvda eruvchan tuzlar uchun Gigroskopiklik
nuqtasi (K) tuzning to’yingan eritmasi ustidagi suv bug’ining partsial bosimini xuddi
shu xaroratdagi bug’ bilan to’yintirilgan xavodagi suvning bug’
bosimiga nisbati
orqali aniqlanadi:
Gigroskopiklik nuqtasi moddaning namlik yutmaydigan va yo’qotmaydigan
nisbiy namligiga muvofiq keladi. Cheklangan me’yorda namlik tutgan o’g’itning
gigroskopiklik nuqtasi xavoning yillik o’rtacha nisbiy namligidan katta bo’lmaydi.
Moddalarning gigroskopikligini baxolash uchun gigroskopiklik koeffitsenti (K)
ishlatiladi. Gigroskopiklik koeffitsenti namunaning kritik (maksimal) namligiga
to’g’ri proportsionaldir:
bu yerda: K - namunaning kritik (maksimal) namligi;
K1 - tajriba yuli bilan aniqlanadigan kinetik konstanta.
Gigroskopiklik shkalasi va ko’rsatkichlari turli xududlarda qisman farq qiladi.
Yopishqoqlik. Yopishqoqlik - ma’lum tashqi sharoitda dispers materialning turli
darajadagi kattalik va mustaxkamlikka ega bo’lgan aglomeratlarni xosil qilish
xossasidir. Yopishqoqlik aniq standart sharoitda tekshirib olingan aglomeratlarning
mustahkamligi bilan tavsiflanadi. Suvda eruvchan mineral o’g’itlarni donadorlanish,
tarkibidagi
namligini kamaytirish, donachalar mustahkamligini oshirish, maxsulotni
omborga joylashtirish yoki qoplashdan oldin sovutish, uni saqlashda saqlash
sharoitini ta’minlaydigan germetiklikni ta’minlash natijasida
uning yopishqoqligini
kamaytirilishi mumkin.
36
Elanish. Elanish - bu o’g’itni solishda tuproqda bir tekisda taqsimlanishi uchun
mashinalarning ta’minlovchi va tashlovchi qurilmalaridan o’g’itning tushishni
belgilaydigan xususiyatidir. Tashlovchi qurilmalarda o’g’itlarning bir tekisda
taqsimlanishi sepiluvchanligi (xarakatchanligi) orqali aniqlanadi. Zamonaviy
mashinalar bilan o’g’itlarni solishda ularning bir tekisda taqsimlanishi o’g’itlarning
donadorlik (fraktsiyali) tarkibiga borliq bo’ladi. Donachalarniig mustaxkamligi.
Donachalarning mustaxkamligi o’g’itlarni tashish, saqlash va tuproqqa solishdagi
donadorlik darajasining saqlanishidir. U namlikka, kristallarning joylashish o’lchami,
shakli va zichligiga, boshqa yuzalarga ishqalanish tabiatiga va xokazolarga borliqdir.
Donachalarning mustaxkamligi dinamik mustaxkamlik
ishqalanishga mustaxkamligi
va statik mustaxkamlik bilan tavsiflanadi. Dinamik mustaxkamlik ma’lum
balandlikdan tashlanganda donachalarning maydalanishi soni bilan; donachalarning
ishqalanishga mustaxkamligi - ishqalanishi tekshirilganda xosil bo’ladigan kukun
ulushi bilan tavsiflanadi. Statik mustaxkamligi ularni bir tekislik bo’yicha kesishdagi
mustaxkamlik chegarasi bilan tavsiflanadi. Tabiiy og’ish burchagi. Sepiluvchi
materialning to’kilishi natijasida to’plamning gorizontal
yuza bilan xosil qiladigan
burchagi tabiiy og’ish burchagi deyiladi. Namlik sig’imi. Namlik sig’imining
chegarasi o’g’itning ekish agregatlaridan bir tekisda tushishini ta’minlannishdagi
maksimal namlik bilan tavsiflanadi. O’g’itlarning sorbtsiyali namlik sig’imi
o’g’itning belgilangan namlik va xaroratdagi xavodan yutadigan maksimal namligi
bilan aniqlanadi. «Buferli» namlik sig’imi o’g’itning yoyilish xususiyatini
yomonlashtirmagan xolda standart o’g’itga qo’shiladigan namlik orqali aniqlanadi.