O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi м. T. Asqarova


 Iqtisodiy о‘sishni va uni barqarorlashtirishni ta’minlashda pul-kredit



Yüklə 2,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/96
tarix18.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#133039
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96
IQTISODIY O\'SISH

 
5.5. Iqtisodiy о‘sishni va uni barqarorlashtirishni ta’minlashda pul-kredit 
sektorining о‘rni 
Pul-kredit siyosati deganda, tо‘liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni 
ishlab chiqarishga Inflyatsiyaaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish 
maqsadida muomaladagi pul miqdorini о‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar 
tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank 
amalga oshiradi.Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi. 
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy 
о‘sish, tо‘liq bandlikni, baholarning hamda tо‘lov balansining barqarorligini 
ta’minlashdan iborat. 
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, 
foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini 
ta’minlab turish zarur bо‘ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy 
Bank qator vazifalardan foydalanadi. 
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib kо‘rsatiladi:
1. Hisob stavkasi; 
2. Majburiy zaxiralar normasi; 
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar. 
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari 
kо‘rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir о‘tkazadi, taklifini 
о‘zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi. 
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri –majburiy bank zaxira 
meyorini о‘zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar – bu, kredit maqsadlari uchun 
ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir.. Zaxira normasi ikki asosiy 
funksiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va 


62 
kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda 
ushlab turishga majbur bо‘lgan zaxiralarning eng quyi normasini о‘rnatadi va shu 
vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu meyor 
qanchalik yuqori bо‘lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining 
kredit berish yо‘li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bо‘ladi. Ilk majburiy 
zaxira normalari AQSH da 1865- yilda joriy qilingan edi. Agar Markaziy bank 
majburiy bank zaxirasini kamaytirsa, ortiqcha bank zaxiralari ortadi, bu esa pul 
taklifining multiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu meyor 25 foiz 
bо‘lsa, unda bankka qо‘yilgan 800 sо‘mdan 200 sо‘m majburiy bank meyorini 
tashkil etadi. Bunda bank faqat 600 sо‘mni qarzga berishi mumkin bо‘ladi. Endi 
faraz qilaylik, meyor 10 foizga tushiriladi, unda bank 720 sо‘mni qarzga berish 
imkoniyatiga ega bо‘ladi va boshlang‘ich pul taklifini 720 sо‘mga oshiradi. 
Majburiy bank zaxirasi meyorini kо‘tarish yordamida pul taklifini 
kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortiqcha bank zaxiralari qisqarishiga olib keladi. 
Pul-kredit siyosatini о‘tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta’sir 
etadi. Turli mamlakatlarda qо‘llanilayotgan majburiy zaxira normalari turlichadir. 
Yuqori Inflyatsiyaa darajasi sharoitida Janubiy Koreyada bu norma – 100 foiz 
bо‘lgan bо‘lsa, Italiyada – 25 foizni, Yaponiyada bor yо‘g‘i – 2.5 foizni tashkil 
etadi. 
О‘zbekiston Respublikasida majburiy zaxiralash normasi keyingi о‘n yil 
davomida sezilarli darajada kamaydi (5.1-jadval). 
Bunday pasayish pul multiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta 
iqtisodiyotda pul taklifining ko‘payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha 
rezervlarining ko‘payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko‘paytiriadi va bu
iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas. 
Aksincha ko‘pincha bir necha vosita birdaniga qo‘llanilishi, ya’ni kompleks 
siyosat o‘tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.


63 
5.1-jadval 

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin