O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi м. T. Asqarova


-rasm. Iqtisodiy o‘sish nazariyalari (modellari)



Yüklə 2,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/96
tarix18.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#133039
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96
IQTISODIY O\'SISH

2.1-rasm. Iqtisodiy o‘sish nazariyalari (modellari) 
Dj. Mid modeli ham neoklassik asoslarga ega bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni 
marjinalistik yondashuvlar orqali tushuntiradi. O‘z konsepsiyasini Dj. Mid 
“Iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi” (1961-yil) nomli kitobida ifodalagan.
Mehnat va texnik taraqqiyot o‘sish sur’atlarini doimiy deb taxmin qilib Dj. 
Mid quyidagi xulosaga keldi: iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atiga kapital 
o‘sishning barqaror sur’atlari va uning milliy daromad o‘sish sur’atlari bilan 
tengligi sharoitida erishiladi. Agar kapital oshishining sur’atlari milliy daromad 
o‘sishi sur’atlaridan oshsa, unda bu jamg‘arish sur’atlarining o‘z-o‘zidan pasayish 
sur’atlariga olib keladi. Dj. Mid modelida davlat faqatgina pul-kredit siyosatidan 
foydalanilgan holda barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina shu 
Iqtisodiy o

sish nazariyalari 
 
Nazariyalar 
 
Ilmiy maktab vakillari 
 
Nazariya mohiyati 
Yangi kеynscha nazariya 
Yangi klassik nazariya 
Empirik nazariyalar 
Endogеn o‘sish 
nazariyalari 
R. Xarrod, Е. Domar 
R. Solou, J. Mid 
E. Dеnison, R. Barro 
R. Lukas, P. Romеr 
O‘sishning yagona omili – 
kapital. Talabning o`sishi 
taklifning o`sishiga tеngdir 
Iqtisodiy o‘sish manbalari 
– invеstitsiyalar, ishchi 
kuchi soni va tеxnika 
taraqqiyotidir 
Iqtisodiy o‘sish manbalari 
– mеhnat va kapital, 
mеhnat unumdorligining 
ortishi 
Iqtisodiy o‘sishning asosiy 
omili – inson kapitalining 
sifati 


24 
resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan daromad 
va jamg‘armalarning qayta taqsimlash mexanizmini yaratishga imkon beradi. 
Iqtisodiy o‘sishning zamonaviy nazariyalari shakllanishiga iqtisodiy o‘sishga 
turli omillarning ta’sirini o‘rganishga yo‘naltirilgan empirik tadqiqotlar ulkan hissa 
qo‘shdi. Bu sohada izlanishlar olib borgan eng yirik tadqiqotchilardan biri
Edvar Denison (1915-1992-yillar)dir. Amerikalik iqtisodchi inson omili ta’sirini 
o‘lchash uchun faqat ish kuchi sonigina emas, balki mehnat unumdorligining 
xodimning yoshi va jinsi, ma’lumoti va kasbiy tayyorgalik darajasiga bog‘liqligini 
ham hisobga olgan. 
E. Denisonning fikriga ko‘ra, mehnat unumdorligining iqtisodiy o‘sishga 
ta’siri quyidagi jarayonlar natijasida ro‘y beradi: 
- texnologik bilimlarning kengayishi yoki ishlab chiqarishni tashkil etishni 
takomillashtirish; 
- “boy berilganni qoplash”, ya’ni taraqqiy etgan davlatlar tomonidan qoloq 
mamlakatlarga amaliy bilimlarni taqdim etish. Bu qoloq mamlakatlarga 
rivojlangan davlatlarning eng maqbul iqtisodiy o‘sish darajasiga yaqinlashish 
imkonini beradi; 
- ishlab chiqarishning jismoniy omillarini joylashtirishni yaxshilash hamda 
ularni eng yuqori samara beradigan tarmoq va mintaqalarda qo‘llash; 
- iqtisodiyot ko‘lamlarini kengaytirish, ayni paytda ishlab chiqarishni 
ixtisoslashtirishni rivojlantirish va milliy bozorlarni rivojlantirish. 
Pol Romer (1955-yilda tug‘ilgan) va Robert Lukas (1937-yilda tug‘ilgan)
1980-yillar oxiri va 1990-yillarning boshlarida Solou modelidan qoniqmagan holda 
endogen iqtisodiy o‘sish nazariyasini yaratdilar. Bu nazariya texnologik 
taraqqiyotni matematik tushuntirishni nazarda tutar edi va o‘z ichiga ishchilar 
faoliyati samarasini oshiradigan bilim, malaka va qobiliyatni ifodalaydigan inson 
kapitali tamoyilini ham olgan edi. Boshqa kapital shakllaridan farqli ravishda inson 
kapitalining rentabelligi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Shuning uchun 
mamlakatning iqtisodiy o‘sishi kapital to‘plangan sari sekinlashmaydi va iqtisodiy 


25 
o‘sish sur’atlari kiritilayotgan kapital turiga bog‘liq bo‘ladi. Inson kapitalini 
oshiradigan omillar sifatida esa ta’lim va innovatsiyalar keltiriladi.
Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o‘rganadigan bo‘lsak, bugungi 
kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to‘liq qo‘llanilayotganligini ko‘rishning 
iloji yo‘q deb o‘ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o‘sishni 
modellashtirishda asosiy e’tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa
neoklassiklar davlat boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish 
omillarining samaradorlik jihatlarini ustuvor deb hisoblashadi.
Bizning fikrimizcha, biror davlat o‘z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish 
yo‘lida ayni bir iqtisodiy o‘sish modelini tanlamasdan, o‘z mamlakat tabiiy, 
ijtimoiy hamda iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, aholining urf-odatlari, 
an’analari va mentalitetidan kelib chiqqan holda o‘z iqtisodiy o‘sish modelini 
ishlab chiqishi lozimdir. Shundan so‘ng bu mamlakat iqtisodiyoti turli xil tashqi 
ta’sirlarga sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo‘ylab sodir 
bo‘layotgan inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarlicha yuqori bo‘ladi.

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin