10
II BOB.
IQTISODIY О‘SISHNING MAZMUNI, UNING TURLARI.
INKLYUZIV IQTISODIY O‘SISHNING MOHIYATI
Reja:
2.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi.
2.2. Iqtisodiy o‘sishni hisoblash.
2.3. Iqtisodiy o‘sish modellari.
2.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi
Iqtisodiy o‘sish deganda, kishilarning talab-ehtiyojini
qondirish uchun zarur
bo‘lgan moddiy mahsulot va xizmatlarni, ya’ni barcha noz-ne’matlarni ishlab
chiqarishning ko‘payib borishi tushuniladi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat iste’mol
buyumlari, balki ishlab chiqarish vositalari, ya’ni resurslarni ham ko‘plab ishlab
chiqarishini
anglatadi, chunki o‘sish jamiyat a’zolarining joriy iste’molini
qondirish bilan cheklanmay, kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali
bo‘lg‘usi iste’molni qondirishni ham mo‘ljallaydi. Ishlab chiqarish faoliyati
jamiyat hayotining birlamchi asosi bo‘lganligi uchun iqtisodiy o‘sish ijtimoiy
taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. Jamiyatdagi
chuqur va sifatli
o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sish sur’atlariga qarab yuz beradi. Hozirgi bosqichda
jamiyat hayotidagi shiddatli o‘zgarishlar barqaror o‘sish natijasidir. Iqtisodiy o‘sish
jamiyatdagi ishlab chiqarish hajmini yoki aholi jon boshiga yaratilgan mahsulotlar
va xizmatlar hajmini ortib borishi bilan o‘lchanadi. Uni albatta real yalpi milliy
mahsulot yoki real milliy daromadning ko‘payishi ifoda etadi.
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab
chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. Iqtisodiy
o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial
YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish
natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi –
cheklangan resurslardan
samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi.
11
Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda
tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek,
jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, YaMD, SMD
ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy
o‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga
bog‘liq deb qaraladi. Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda,
qiyosiy baholarda
o‘lchanadi.
Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash
darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi resurs
imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi.
Iste’mol va investitsiya o‘rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki,
joriy
iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish
iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Xususan, bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotgan
bir paytda, O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish manbalari va shart-sharoitlari
sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish joizdir: tabiiy resurslar; jamg‘arilgan jismoniy
kapital; ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyat; inson
kapitalining rivojlanish
darajasi; tashqi iqtisodiy aloqalarning o‘sish darajasi (jahon iqtisodiyotiga
integratsiyalashuvi darajasi) va boshqalar.
Barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari yuqori qo‘shimcha qiymatga ega
bo‘lgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish salohiyati, zamonaviy xizmatlar
turlari va qulay infrato‘zilmani, shuningdek qishloq xo‘jaligini optimal darajada
o‘sishi
hisoblanib, ularni mutanosib rivojlantirish pirovardida yashash sifatini
doimiy oshirib borishga qaratilgan bo‘ladi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish,
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan,
resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan,
yangi-yangi ehtiyojlar va
12
imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat
obro‘sining oshishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: