5
KIRISH
Iqtisodiy o‘sishga
erishish, uning sur’atlarini barqaror va maqbul darajada
bo‘lishini ta’minlash barcha davlatlar uchun eng ustuvor vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Chunki iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi mamlakatning kuch-qudratini va aholining
farovonligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Vatanimizda mustaqillik yillarida iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi turmush
farovonligini yuksaltirish borasida ulkan yutuqlarga erishildi. Ayniqsa,
iqtisodiy
o‘sish sur’atlarining barqarorlik kasb etganligi, mamlakatimizni rivojlantirish
borasida keyingi yillarda qayd etilayotgan natijalar bu
xulosalar qanchalik asosli
ekanligini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan murakkab shart-
sharoitlarda
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiy o‘sishni va aholi turmush
darajasini oshirishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
oshirish hisobiga jahon iqtisodiy makonida mamlakatimiz o‘zining
mustahkam
o‘rniga ega bo‘lishiga erishish uchun iqtisodiy islohotlarning izchilligi va
davomiyligini
ta’minlash,
iqtisodiyotning
takribiy
to‘zilishini
yanada
takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida ilmiy tadqiqotlar
ko‘lamini kengaytirish talab etiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoyev O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2016- yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda 2017- yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida «Makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini
saqlab qolish, jumladan, Davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy
valyuta
va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim
ustuvor vazifamizdir»
1
deb ta’kidladilar.
Iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirishning
Respublika
Prezidenti
Sh.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 5 ta ustuvor yo‘nalishga asoslangan
1
Mirziyoyev SH.M.
Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bо‘lishi kerak. T.: О‘ZBEKISTON – 2017- y.
6
“Harakatlar strategiyasi” da vazifalariga nazar tashlar ekanmiz ularning barchasi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita iqisodiy o‘sishga erishish masalalari ekanligiga
amin bo‘lamiz.
Mamlakatni iqtisodiy holatini о‘tkazilayotgan joriy
chora-tadbirlar zarurligi
samarasini baholashda iqtisodiy о‘sish modellari juda katta ahamiyatga ega.
Bundagi
muhim
vazifalar
mamlakatda
sodir
bо‘layotgan jarayonlarni
modellashtirish sifatini oshirish va о‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosatning
natijalarini
aniqlashdan
iboratdir.
Iqtisodiy
о‘sish
asosiy ilmiy-amaliy
yо‘nalishlardan
biri
bо‘lib,
makroiqtisodiy
kо‘rsatkichlarning
о‘zaro
bog‘liqliklarini aniqlab berishga yordam beradi. Aholi turmush darajasini
yuksaltirish davlat iqtisodiy siyosatining bosh maqsadi hisoblanadi. Mazkur
maqsadga erishishning dastlabki sharti va yо‘li esa iqtisodiy о‘sishni ta’minlashdir.
Iqtisodiy о‘sish esa inklyuziv (keng qamrovli) bо‘lishi zarur.
Shu sababga kо‘ra ham, magistratura talabalarida inklyuziv iqtisodiy о‘sishni
ta’minlash va iqtisodiy о‘sish modellarini rivojlantirish bilan bog‘liq bо‘ladigan
masalalarni hal etish bо‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqish uchun talab etiladigan
bilim hamda kо‘nikmalarni shakllantirish yuqori malakali mutaxassis iqtisodchilar
tayyorlash jarayonining ajralmas qismidir.