Talabalarning mustaqil ishlashlari uchun
9-mashqqa ko’rsatma
Maxsus so’roq gapning grammatika va ohangda ifodalanishi. Maxsus so’roq gap what, where, why, when bilan boshlanadi va javob to’liq, aniq ma’lumot berishi kerak. Bunday gaplar ingliz va o’zbek tillarida pasayuvchi ohang bilan ifodalanadi. Inglizcha [w] tovushi talaffuz etilayotganda lablar cho’chchaytiriladi va qisqa unli tovushini tezda aytib, oxirgi [-n] tovushini cho’zibroq aytish kerak [wen].
O’z-o’zingizni oynaga qarab tekshiring: [wen — vaen]. Diftongning birinchi qismini [wai] so’zida cho’zibroq ayting. Mashqni o’qiyotganingizda ohangning grafik ifodalanishidan foydalaning.
Inglizcha jumladagi birinchi urg’u olgan bo’g’inni o’zbekchaga qaraganda yuqoriroq satxda ayting. Maxsus so’roq gapda pasayuvchi ohang dadil, qat’iy ohangda jaranglashi kerak, Gap orasida there [р3ә] so’zini alohida aytmang.
Dostları ilə paylaş: |