TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARI UCHUN
10-MASHQQA KO`RSATMA
Ingliz va o`zbek tillarida bir-birini ko`rishganda salomlashish ohangi bir xil, pasayuvchi ohangda aytiladi. Lekin ko`pincha ingliz tilida xayrlashishda ko`tariluvchi ohang qo`llanilib, achinish ohangini beradi. Agar so`zlovchilar bir umrga yoki juda ko`p vaqt ayriliqqa majbur bo`lsalar, pasayuvchi ohang qo`llaniladi. O`zbek tilida har qanday holatda ham pasayuvchi ohang qo`llaniladi.
[з] tovushini talaffuz qilayotganda og`zingizni oching, pastki jag`ingizni tushiring: doing [з] tovushi [n] ga o`xshab qolmasin. Oynaga qarang, og`zingizni ochib, til uchini pastki old tishlaringizni ildiziga tekkizing (yana bir bor tekshirib ko`ring), bu tovushni talaffuz etayotganda tilning orqa qismi yumshoq tanglayga tegiziladi, havo oqimi esa burun bo`shlig`i orqali o`tadi. Inglizcha [з] tovushi qattiq bo`lishi kerak (lekin o`zbekcha [ng] tovushi yumshoqdir. Tovushni ovozingizni bo`lmasdan ohista talaffuz qiling. Ortiqcha kuchanish to`siqqa olib kelib o`zbekcha [ng] bo`lib qoladi.
So`z birikmasi “to us” da predlogni alohida ajratib ayting. That girl learns the thirty first German lesson. jumlasida [ə] tovushini talaffuz etayotganda unli tovush sifati yonidagi undosh tovushlar ta`sirida o`zgarmasin. [g] tovushini qattiq talaffuz qiling. [gə:l] so`zini aytayotganda unli tovush [o] ga o`xshamasin. Tovushni alohida aytib [e] tovushini qo`shing. Lekin [иə:tifə:st] so`z birikmasidagi [ə] tovushi [e] ga o`xshamasin; xato qilmaslikka harakat qilib [ə:] tovushini past ovoz [o] ga o`xshatib ayting. “German” so`zida, yuqori labingizni asta yuqori ko`tarib [e] tovushini sal qo`shib [ə] tovushini cho`zibroq baland ovoz bilan ayting.
Shunday qilib [lə:nz ŏə] so`z birikmasida [zŏ] ni o`zoro bog`layotganda tish orqa tovushi [z] ni tish oralig`I tovushi [ŏ] bilan o`zgartirmang. Tish orqa tovushini talaffuz qilib, keyin tilingizning uchini tishlaringiz orasiga qo`yib tish oralig`i tovushini talaffuz qiling, oynaga qarab o`zingizni tekshiring.
Dostları ilə paylaş: |