O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich


mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/69
tarix02.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#124708
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69
ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani 
tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan 
pedagogik jarayon

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi 
hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy 
mudofaani tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo’lib, 
mazkur jarayonda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
1) o’quvchilarga fuqaro mudofaasi hamda harbiy bilim asoslarini 
bo’yicha dastlabki nazariy bilimlarni berish va amaliy ko’nikmalarni hosil qilish; 
2) o’quvchilarni milliy mustaqillik, O’zbekiston Respublikasining davlat 
qurilishi hamda konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi uyushtiriluvchi tahdidlarning 
oldini olishga tayyorlash; 
3) o’quvchilarda g’oyaviy onglilikni tarbiyalash asosida ularda terrorizm 
va diniy ekstremistik g’oyalarga qarshi nafrat tuyg’usini tarbiyalash; 
4) o’quvchilarning vatan himoyasini ta’minlash borasidagi harbiy-texnik 
tayyorgarlikka ega bo’lishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish; 
5) o’quvchilarda favqulotda vaziyatlarda tegishli chora-tadbirlarni ko’ra 
olish, shuningdek, qurolli hurujlardan himoyalanish ko’nikma va malakalarini 
shakllantirish; 
6) ularda hushyorlikni oshirish va hokazolar. 
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda ta’lim muassasalarida 
o’qitilishi yo’lga qo’yilgan boshlang’ich harbiy tayyorgarlik mashg’ulotlari muhim 
ahamiyatga ega. O’quvchilar o’rtasida BHT (boshlang’ich harbiy ta’lim o’quv 
fani) bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni namoyish etish imkonini 
beruvchi musobaqaning tashkil etilishi bu borada ijobiy natija bera oladi. 
O’qituvchi rahbarligida «Shon-shuhrat» muzeylariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar 
ham o’quvchilarda harbiy–vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirishda muhim rol 
o’ynaydi. 


50 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin