65
ovqatlanish
muassasalarida
xodimlar
xizmatidan
foydalanmaslik,
oilada
yotoqxonani tartibga keltirish, kiyim-kechaklarni ozoda, o’quv qurollarini esa
tartibli saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish yo’lida muayyan
harakatlarni bajarish kabilar sanaladi. O’quvchilarning ishlab chiqarish mehnati
ta’lim muassasalarida o’quvchilarni muayyan yo’nalishlar bo’yicha kasb yoki
hunar asoslaridan xabardor qilish, ularda amaliy ko’nikma va malakalarni
shakllantirish yo’lida olib borilayotgan pedagogik faoliyat ko’rinishlaridan biri
hisoblanadi. Mehnat tarbiyasining asosiy qismi kasbga yo’naltirish hisoblanadi.
Kasbga yo’naltirish — bu o’quvchiga mehnat bozoriga va imkoniyat va
ehtiyojlariga mos keluvchi kasbni tanlashlariga yordam berish jarayoni
hisoblanadi. O’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirish ta’lim muassasalarida
tashkil etiladigan pedagogik faoliyat hamda o’quvchilar ishlab chiqarish
mehnatining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, unga ko’ra o’quvchilar muayyan
kasb yoki hunar borasidagi bilim, ko’nikma, malakalar bilan qurollantiriladilar.
Kasbga yo’naltirish tizimi quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi:
–
kasbiy ta’lim —o’quvchilarni mehnat, kasblar dunyosi, kasb tanlash
muammolari bilan tanishtirish;
–
kasbiy tashxis—o’quvchilarni kasb tanlashga tavsiyalar berish uchun
o’rganish. Tashxis tibbiy, psixologik, pedagogik bo’lishi mumkin;
–
kasbiy maslahat — kasb tanlash bo’yicha maslahat va tavsiyalar
berish;
–
kasbiy tanlov —biror bir kasbga nomzodlarni tanlash;
–
kasbiy moslashuv — ishlab chiqarish sharoitlariga va kasb talablariga
yoshlarni moslashish jarayoni.
O’quvchilarni kasblar dunyosi bilan tanishtirish suhbat, ekskursiya,
uchrashuvlar, anjumanlar, konkurslar shaklida tashkil etiladi. O’quvchilarni
kasblarga bo’lgan qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishda to’garaklarni, klublar
faoliyatini, bolalar markazlarini o’rni beqiyosdir.
O’quvchilarni kasb tanlashga tayyorgarligi ko’rsatkichlari quyidagilardan
iborat. Kasb va uning shaxsga nisbatan talablari to’g’risidagi bilimlari, o’zining
individual xususiyatlarini bilishi, tanlagan mutaxassislik bo’yicha o’quv va amaliy
ishlar, umumiy mehnat ko’nikmalari ko’lami.
Dostları ilə paylaş: