71
– o’quvchilarda tabiiy harakatchanlikni rivojlantirish va mustahkamlash;
– o’quvchilarni harakatning yangi turlariga o’rgatish;
– o’quvchilarda irodaviy sifatlar (kuch, chaqqonlik, dadillik, chidamlilik,
qat’iyatlik va b.)ni rivojlantirish;
– o’quvchilarda axloqiy sifatlar (intizomlilik, ma’suliyatlik, jamoa bilan
bo’lish kabilar)ni tarbiyalash;
– o’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy, muntazam
shug’ullanish ehtiyojini shakllantirish;
– o’quvchining jismonan sog’lom bo’lishini ta’minlash, shaxsiy gigiena
qoidalariga amal qilishga odatlantirish, o’z sog’ligiga ongli munosabatni
tarbiyalash.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan
jismoniy tarbiya uning chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik bilan
bog’liqligiga ko’ra o’ziga xos harakter kasb etadi.
O’quvchilarning jismoniy madaniyat (kamolot)ga erishganlik darajasini
quyidagi mezonlar asosida belgilash mumkin:
1) jismoniy harakat ko’nikmalariga egalik;
2) jismoniy mehnat qilish qobiliyatining rivojlanganligi;
3) jismoniy kamolotning aks etishi;
4) o’quvchilar tomonidan jismonan rivojlangan idealning tanlanganligi va
undan namuna olish yo’lida amaliy harakatlarning tashkil etilayotganligi.
Chaqqonlik, epchillik, chopqirlik, egiluvchanlik, kuchlilik, chidamlilik,
sabrlilik, irodalilik, kuchli harakterga egalik kabi sifatlar shaxsning jismonan
kamolotga yetganligini ifodalaydi.
Jismoniy tarbiya vositalariga gimnastika, o’yin, turizm, sport, tabiat shu
bilan birga tabiiy kuchlar(quyosh, havo, suv), bundan tashqari gigienik omillar
(kun tartibi va dam olish, ovqatlanish) tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya metodlariga
jismoniy mashqlar, trenirovka, tushuntirish, namuna hamda musabaqa kiradi.
Jismoniy
tarbiya
metodlari
yordamida
o’quvchilarda jismonan to’g’ri
rivojlanishlari uchun zarur bo’lgan bilim, ehtiyoj va shaxsiy sifatlar shakllanadi.
Jismoniy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu jismoniy tarbiya
darslari hisoblanadi. Jismoniy tarbiya darslarida harakatli, xalq va sport
o’yinlaridan keng foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish bilan
uzviy bog’liq. Bolalar va o’smirlar orasida chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol
qilish, narkotik moddalarni qabul qilish kabi salbiy odatlarni shakllanishini oldini
olishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati katta.
Dostları ilə paylaş: