Avvalambor mashxur shaxslardan biri Stiv Jobsning so’zlarini keltirib o’tmoqchiman “Mamalakatdagi har bir bola dasturlashni o’rganishi kerak chunki bu ularni mantiqiy fikrlashga o’rgatadi”. Aynan bizning O’zbekistonda dasturlashni rivojlantirish kerak chunki dasturlash matematika singari anchayin murakkab jarayon. O’zbekistonda esa matematika azaldan yaxshi rivojlangan. Jahon miqyosida yaxshi dasturchilarga extiyoj katta bo’lgan bir vaqtda nima uchun O’zbekistonliklar chet elda g’isht urish ko’cha va supurish bilan shug’ullanishi kerak. Dasturlashni o’rganishga 3 ta sabab bor:
Dasturchi bo’lish uchun.
Mantiqiy fikrlash, ijodiy fikrlash va o’z-o’ziga ishonchni oshirish uchun.
Faoliyati davomida qo’llash uchun.
Bu gaplarni gapirishimdan maqsad ko’pchilik dasturlash sohasidadan ketishni hohlamaydi bunga sabab quyidagi noto’g’ri mulohazalar:
Dasturi tuziladigan narsani o’zi qolmadi,
O’zbekistonda dasturchi bo’lib ishlaydigan joyning o’zi yo’q
Men baribir kuchli dasturchi bo’la olmayman
Uchchala fikrni ham xato deb hisoblayman. Odamzod yaralibdiki kashf qilishdan to’xtamadi. Dasturlash ham to’htamaydi. Shunchaki hayotdagi muammolarni dasturlash yordamida yechiladigan g’oyalar tiqilib yotibdi.
O’zbekistonda dasturlash sohasi jadal rivojlanmoqda va anchagina ishchi o’rni ham bor.
Dasturlash bilan qanchalik chuqur shug’ullanganingiz buni imkonsiz emasligini sizning ham qo’lingizdan kelishiga shunchalik ishonib borasiz. Bora-bora e bu osonku degan fikr kela boshlaydi.
Dasturlash mantiqiy fikrlash, ijodiy fikrlash va o’z o’ziga ishonchni oshiradi. Hech dasturlash bilan shug’ullanayotgan bolani ko’rganmisiz.
Miyyasiga ko’plab axborotni bir vaqtda ushlab turishga majbur bo’ladi.
Nima uchun, nima bo’layapdi o’zgaruvchilar bir-biriga qanday ta’sir ko’rsatayapdi, biron qiymat yoki parametrni o’zgartirsa dastur qanday o’zgarayotganini tahlil qilib, mantiqiy fikrlashi o’sib boradi.
Dasturlash matematikaga bog’liq lekin farqi ham bor dasturlashda rasm chizish, musiqa bastalash kabi o’zi xohlaganday ijod qilish mumkin.
Ko’pchilikni hayratga solayotgan kompyuter siz aytganday ishlashi, ya’ni biron harakatga javobini oldindan nazorat qila olish bu har kim ham qila olmaydigan ishni bajarish. Aynan shu o’quvchilarni o’ziga ishonchi ortishiga va yana ham yuqori marralarga qarab intilishga undaydi.
Faoliyatingiz kompyuter bilan bo’gliqmi demak siz uchun dasturlashni o’rganish foydali. Aytaylik do’konda tovar aylanishini nazorat qilish uchun dastur kerak. Bunday dasturni topish, unga haq to’lash, uni o’rganish o’rniga o’zingiz soddagina dastur yaratib olishingiz mumkin. Siz o’qituvchimisiz? demak faningizga oid biror animatsiya yoki o’yin yaratishingiz mumkin. Siz statistika bilan shug’ullanasizmi? demak dasturlash sizga kerak.
Talabalardan olingan so’rovma ham ko’rsatib turibdiki IT yo’nalishlariga kirgan talabalarning 84% i dasturlashga qiziqadi, lekin afsuski ularning 56,6% i haliham o’z qiziqishiga va qobiliyatiga mos dasturlash tilini tanlay olmay ikkilanayapti. Bundan tashqari 48,1%i mustaqil kod yoza olmaydi. Bu jada yomon statistika. Bu muammolarni oldini olish va talabalarga dasturlshda o’z yo’llarini topishda yordamlashish uchun ularga IT ga xos yo’nalishlar tavsifi, dasturlash tillari, dasturlash texnologiyalari haqida muntazam ma’lumot berib boorish kerak. Albatta bunda mativatsiyaham kata rol o’ynaydi mativatsiya sifatida dasturlash tillarida qilingan loyihalar va dasturchilar uchun ish o’rinlarini va ularning oylik maoshlari haqida malumotlar berib borish kerak.