O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi



Yüklə 238,92 Kb.
səhifə2/9
tarix06.06.2023
ölçüsü238,92 Kb.
#127848
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ismatova Laylo Ubaydullo qizi. Kurs ishi. (4)

Shavkat Mirziyoyev.
Mustaqillikdan keyingi yillarda ma’naviyat qadriyatlar masalasi, milliy o‘zlikni anglash masalalari davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan ekan bu sohaga alohida e’tibor talab etilmoqda. Milliy o‘zlikni anglash, milliy madaniy merosni tiklash, yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash vositalari xususida gap borar ekan, milliy-ma’rifiy ishlar, ularni yo‘lga qo’yish, o‘tkazish usullari alohida ahamiyat kasb etadi. O’quvchining ma’naviy-axloqiy madaniyati shakllanishi uchun qo’yiladigan hozirgi zamon talablarini amalga oshirish muammo xarakteriga ega bo’lib, ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Bu muammoni falsafa, etnografiya, etika, estetika fanlari tadqiq etadi.
Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi. Biron bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar davomida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga hos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingran g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’z taqdirining chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga hos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Davlatimiz rahabari Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir”, - deb ta’kidlab o’tgan edilar.
Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa,milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi.Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari jasoriyatlari tarixiy xotiramizni jonlantirib ,yangi fuqorolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, finiy dunyo qarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xo’ja Bahouddin Naqshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al- Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Bobur va bosha ko’plab buyuk ajdodarimiz milliy madaniyatimizni rivojtirishga ulkan hissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon siviliasiya taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum. Tarixiy tajriba, an’analarining meros bo’lib o’tishi- bularning barchasi yangidan- yangi avlodlarga tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog’i lozim. Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o’ziga rom etib kelayotgan markaz bo’lib qolganligi tasodif emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san’at ihlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr- bardoshi ma’naviy uyg’onishning yana bir bitmas- tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g’oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch totuv yashagan markaz bo’lib kelgan. Etnik sabr- toqat, bag’rikenglik hayot bo’ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham qimmatbaho an’analarini, shu hududda mavjud bo’lgan davlatchilik an’analarini avanlab qabul qilganlar.

Yüklə 238,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin