Kurs ishining maqsadi: Qadriyatlarimizda mehr-oqibat, insonparvarlik tushunchalarini tahlil etib, ta’lim jarayoniga ham insonparvarlik yondashuvini joriy etishni yo’lga qo’yish. Yoshlar ongida milliy, ma’naviy va moddiy qadriyatlarimizga bo’lgan munosabatni shakllantirish va bu kabi qadriyatlarning jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi omillarini aniqlash va qo’llash.
Kurs ishining ob’ekti: Mustaqillik davrida tiklangan qadriyatlar va ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini o’rganish jarayoni. Milliy o’zlikni anglash. Milliy qadriyatlarimiz bilan tanishish, ularni qo’llash va tadbiq etish chora-tadbirlari.
Kurs ishining predmeti: Qadriyatlar tushunchasiga oid manbalar, milliy merosimiz va ularning inson kamolotiga ta’sir etish yo’llari va usullari. Milliy qadriyatlarimizda ulug’langan insonparvar tushunchalardan samarali foydalanish, tadbiq etish yo’llari, usullari. Milliy o’zlikni anglash omillari.
Kurs ishining vazifalari: 1. Mavzuga oid adabiyotlardan ma’lumotlar to’plash. 2. Adabiyotlar tahlili asosida qadriyatlar tizimi, ularning turlari tarkibi haqida keng tushunchaga ega bo’lish.
3. Yoshlar ongida milliy qadriyatlar ruhini shakllantirish.
4. Qadriyatlar asosida jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlar va ularning qay
darajada ta’sirini tahlil qilish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi:kirish, uchta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1. Qadriyat tushunchasi va milliy-ma’naviy qadriyatlarning tiklanishiga bo’lgan ehtiyoj. “Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi O'zbekiston” g'oyasi zamirida ana shunday ulug' ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg'onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo'lamiz. Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi ma'naviy uyg'onish jarayonlari milliy o'zlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga ko'taradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” – uyg'onish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon.”