O’qitishga uch xil yondashuvning qiyosiy xarakteristikasi
Ko’rgazmali an’anaviy (Tushuntiruv – illyustrativ) yondashuv
|
Texnologik yondashuv
|
Tadqiqiyijodiy yondashuv
|
O’qituvchi bilimlarni o’rgatuvchi.
O’quv maqsadvazifalari doimo aniq qo’yila bermaydi.
Tayyor bilimlar bayon qilinadi.
Ta’lim berishning ustuvor metodlari bayon qilish va suhbat.
Axborotlarni to’plash, xotirada saqlab qolish, mustahkamlashga doimo undash.
Mashg’ulotlar asosan akademik xarakterga ega bo’lib, bo’lg’usi mutaxassislik faoliyati bilan etarlicha bog’lanmagan.
Ayrim hollarda bilim bosqichlarini bir butun tizimga etarlicha birbiri bilan bog’lanmagan fanlar tashkil qiladi.
Qanday natijaga erishish ko’pincha noaniq. Mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish ko’nikmasini rivojlanishiga imkon yaratilmaydi.
|
O’quv jarayonini tizimli yondashuvdan foydalangan holda loyihalash.
Ko’zlanayotgan natijaga ko’ra maksimal darajada o’quv maqsadlarini aniq qo’yilishi. 3.O’qitish o’quvchitalabalarning faol qatnashishi orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayonida interaktiv metodlar qo’llaniladi, vaziyatga ko’ra tuzatishlar kiritish mumkin.
O’quvchi, talabani faolligini ta’minlash, mustaqil o’qishga o’rgatish
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun bajariladigan amallarni rivojlantirish va malum ketma ketlikda amalga oshirish. 7.Rejalashtirilgan natijalarga kafolatli erishish.
|
Variantlarni baholash va qaror qabul qilish, muammo larni echish.
O’quv jarayonini izlanishch, tadqiqot o’tkazish tarzida tashkil qilish.
Malumotlar to’plash, gipoteza va farazlarni ilgari surish
va tekshirish
O’quvchi, talabalarni shaxsiy tashabbusi, yangi bilim larni mustaqil o’rganishlarini qo’llab quvvatlovchi metodlar. 5.Mustaqil fikrlash, tahliliy fikrlash faoliyatini yuz
berishi uchun muhit yaratish.
Talimda hamkorlik qilish eksperiment, tajriba sinov o’tkazish, modellashtirish.
Tahliliy, tanqidiy, ijodiy fikrlay bilish.
| Noan’anaviy metodlarning kamchiliklari:
ko’p vaqt talab etishi;
o’quvchi, talabalarni doimo ham keraklicha nazorat qilish imkoniyati pastligi;
murakkab mazmundagi materiallar o’rganilganda ham o’qituvchining roli past bo’lib qolishi;
bilimi past o’quvchi, talabalar bo’lgani sababli bilimdonlarning ham past baho olishi yoki aksincha holat bo’lishi;
o’qituvchining o’zi ham fikrlash qobiliyatiga va muammolarni echish ko’nikmalariga, vaziyatni tezda baholay olish, hozirjavob bo’lish ko’nikmalariga ega bo’lishi talab etiladi.
Hozirgi paytda ta’limda integrativ yondashuv ham keng yoyilmokda.
(Integratsiya so’zi lotincha bo’lib, tiklash, to’ldirish, qismlarni bir butun qilib birlashtirish degan ma’noni anglatadi). Ta’limda bilimlar integratsiyasi yoki fanlararo bog’lanishdan ko’p foydalaniladi.
Integrallashgan ta’lim o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga o’rgatadi. U nafaqat o’quvbilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi, Predmetlararo bog’lanish tufayli integratsiya turli darajada namoyon bo’ladi:
bir necha fanlarni birlashtirib, maxsus kurslar yaratish;
o’quv fanlarining turli bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish; bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish; bilimlarni umumlashtirish asosida yaratilgan kurslarni o’rganish.
Dostları ilə paylaş: |