O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «geografiya»Importga to’siq qo’yish sabablari
O’qituvchi har bir juftlikka ana shu namuna asosida o’zining munozara jadvalini tuzishga topshiriq beradi. Talabalar 56 daqiqa davomida savoljavobni muhokama qilib, importga to’siq qo’yish yoki aksincha, qo’ymaslik kerakligini asoslab berishlari, muvofiq ravishda uni jadvalning «ha» yoki «yo’q» degan ustuniga yozib qo’yishlari kerak. Demak, javob: importga to’siq qo’yish zaruriyatini; importga to’siq qo’ymaslik zaruriyatini asoslab berish lozim. Javoblar bir juftlikda muhokama qilinib, yozib bo’lingach, ikkinchi juftlik bilan fikr almashiniladi. Har ikki juftlikni «ha» va «yo’q» javoblaridan umumiy xulosa chiqarilib, bir fikrga kelinadi. Har ikki juftlik o’zlari yozgan javob tagiga bir qarorga kelingan javoblarni yozishadi. O’qituvchi yozilgan javoblarni yig’ib, ko’rib chiqib, ball qo’yishi yoki har bir to’rtlikning xulosasini butun guruh oldida og’zaki bayon qilishi mumkin. Munozara metodi asosida darsni tashkil qilishning yana bir usuli disputdir. Bu usulda o’tilgan mavzu bo’yicha o’qituvchi savollar tuzib, dars o’tishdan 34 kun oldin o’quvchilarga e’lon qiladi yoki yangi mavzu bo’yicha ma’ruza o’tib bo’lgach, kelgusi amaliy mashg’ulot (seminar) darsida ana shu savollar bo’yicha disput o’tkazilishi aytiladi. Talabalar tayyorlanib kelgach, bilimdon talabalardan hakamlar hay’ati saylanadi. Ular savollarga javob bergan talabalarni baholashadi, natijani e’lon qilishadi. Disput yakunida o’qituvchi o’z fikrini bildiradi. Munozara metodini qo’llashning yana bir usuli Amerikacha debat. Debat bu ikki kishi o’rtasida olib boriladigan munozara. Bunday tarzda dars o’tishda ikki talaba belgilangan qat’iy tartib bo’yicha, raislik qiluvchining rahbarligi ostida berilgan savol yoki muammo bo’yicha munozara olib boradilar. Ularning bildirgan fikrlarini hakamlar hay’ati baholaydi. Arbitrlar talabalardan belgilanadi. Yüklə 8 Mb. Dostları ilə paylaş: |