Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org
8-Mavzu: Xalq ta‘limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish va boshqarish O‘qituvchilarning kasbiy bilimlari, mahoratlarini rivojlantirish va yangilashga undaydigan ehtiyojlar shaxs, davlat va jamiyatning sifatli zamonaviy ta’limga bo‘lgan ehtiyojlaridan iborat bo‘lib, ularni hisobga olgan holda ta’lim xizmatlari bozorining shakllanishiga mos yangi malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini yaratishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu yo‘nalishda qabul qilinayotgan qarorlar va me’yoriy hujjatlarning bosh maqsadi - pedagog kadrlar malakasini oshirish orqali ular ishlayotgan ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini ko‘tarishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan bir qator qaror va farmoyishlar bu vazifalarni ijro etishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Qabul qilinayotgan qarorlarning bosh maqsadi - ta’lim-tarbiya ishlari sifatini ko‘tarishbo‘lib, buning uchun pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini zamonaviy darajada takomillashtirib borish hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentabrdagi 3289-sonli «Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tardbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1026-sonli «Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi 5538-sonli «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni hamda 2018 yil 5 sentabrdagi 3931-sonli «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samaradorligini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.