Darsning maqsadi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish monitoringi xolisligini ta’minlash, uning natijalaridan amaliy maqsadlarda foydalanish tajribalarini orttirish.
Kutiladigan natija Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish monitoringini olib borish, monitoring xolisligini ta’minlash va natijalaridan amaliy maqsadlarda foydalanish malakalari oshiriladi.
Reja Maktab boshqaruvida ichki nazorat ilmiy asosda tashkil etilishi. Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv
1. Maktab boshqaruvida ichki nazorat ilmiy asosda tashkil etilishi. Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 28-moddasida «Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi» deyilgan.
Maktab direktori – eng avvalo mohir o‘qituvchi, hamma ishlarning tashkilotchisi va boshlovchisi hamda maktab uchun davlat oldida javobgar shaxsdir.
Maktab jamoasini boshqarish ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik asosda tuzilgan reja asosida olib boriladi.
Maktab ichki nazorati – bu jamoani o‘z oldiga qo‘ygan vazifalariga muvofiq ravishda maktabda o‘quv-tarbiya jarayonini har tomonlama o‘rganish va tahlil qilishdir. Maktab ichki nazorati o‘quvchilar bilan bir qatorda maktab rahbarlarini ham intizomga soladi.
Maktab boshqaruvida ichki nazorat qachon yaxshi natijalar beradi? maktab boshqaruvida ichki nazorat ilmiy asosda tashkil etilishi;
ichki nazoratni ta’minlash uchun eng optimal yo‘l tanlanishi;
maktab ichki nazoratini rejalashtirib, tashkil qilib, maktab rahbarlari nazoratning barcha ob’ektlari va yo‘nalishlari to‘g‘risida aniq va puxta tasavvur hosil qilishlari;
ayrim fanlarni o‘qitish ahvolini o‘rganish jara-yonida tahlil qilinayotgan masala bo‘yicha metodik ishlar, moddiy bazadan foydalanish samaradorligi, sust o‘zlash-tiradigan va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash ahvoli o‘rganilishi;
maktab rahbariyati ichki nazoratni yaxshi tashkil etishi uchun vaqtini, kuchini, bilimini, g‘ayratini, shijoatini ayamasligi;
maktab rahbariyati har bir daqiqada maktabda sodir bo‘layotgan ahvolni (ishlarni) yaxshi bilishi;