Pedagogik diagnostikaning vazifalari:
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv realizatsiyasini ta’minlash;
O‘qituvchining professional diagnostikasi natijalarini to‘g‘ri belgilab olish;
Pedagogik hatoliklarga yo‘l qo‘yishni minimal darajaga tushirish;
O‘quvchining qo‘shimcha izlanishi uchun turtki berish;
Bola shaxsining samarali rivojlanish sharoitlarini belgilash;
Pedagogning faoliyatini baholash (ya’ni professional mahoratiga baho berish);
Pedagogik diagnostikaning bosqichlari (I.Y.Gutnig bo‘yicha):
1.Pedagogik diagnostikaning predmeti, maqsadi va vazifalarini belgilab olish;
2.Kutilayotgsn pedagogik diagnozlashni rejalashtirish;
3.Diagnostika vositalarini tanlash (mezon, daraja,metodlar);
4.Diagnostika qilinuvchi obekt haqidagi ma’lumotlarni to‘plash;
5.Diagnostika qilish natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni saralash, analiz qilish va tizimlashtirish;
6.Diagnostika obektining qismlarini analiz natijasida qo‘lga kiritilgan ishonchli ma’lumotlar asosida sinte qilib, yangi birliklarga biriktirish;
7.Obektning keying rivojlanish istiqbollarini prognozlash. Pedagogik diagnostikani asoslash va baholash;
8.Pedagogik diagnostika natijalarini amaliyotga tadbiq etish, pedagogik jarayonni kotteksiayalash. 1
Ta’lim tizimi oldida ta’lim va tarbiya jarayonida har bir bolaning har tomonlama barkamol o‘sishini ta’minlashdek muhim va mas’uliyatli vazifa turadi. Maktabning pedagoglar jamoasi bu murakkab vazifani bajara borib ba’zan ayrim bolalarning o‘qishida qiyinchiliklari borligini ko‘radi, bu qiyinchiliklar bolalarning kamol topib borishdagi kamchiliklari oqibatida tug‘iladi, bunday kamchiliklar maktabda shu bolalarning o‘zlashtirmasliklariga olib keladi.
Bolalarning kamol topib borishidagi kamchiliklar yoki anomaliya, g‘oyat xilma-xildir. Ular bolalarning psixofizik kamol topib borishining turli tomonlarida namoyon bo‘lib borishi: eshitish – nutq sistemasida, ko‘rib idrok etishda, intellektual, emotsional – irodaviy harakatlanish sohasiga taalluqli bo‘lish, turli darajada va turli sabablar tufayli kelib chiqishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |