bo'lib keladi va yuqori sinf o'quvchilariga samarali ta'sir ko'rsatish imkoniga ega bo'ladi.
O’qituvchi jamoa a'zolari bilan gaplasha olishi ham kerak.
O'quvchilar jamoasi - bilan muomala ko’pincha suhbat, leksiya, axborot shaklida bo'ladi.
Birinchi navbatda suhbatni qaiday boshlash, qanday qilib darhol o'qituvchining gaplariga
bolalarning diqqatini tortish, qiziqtirish haqida galirib o'tamiz. Jumladan, mavzuga diqqat tortish,
uni tushuntirish, tahlil qilish, maqola, sitata keltirish mumkin. Bunda o'qituvchi suhbat olib
borayotganda ancha qisqa, lekin etarli aniq qilib ochib berish vazifasi turadi. Bunda misollar,
illyustrasiyalar sistemasi bayon qilinadi. Har qanday suhbat bolalarni qiziqtira olishi lozim.
Faoliyat yo'nalishlarida keng miqyosgda joriy etilishi lozim bo'lgan «Ona yurt», «Yosh
ishbilarmon», «Yosh hunarmandlar», «Meros», «Mehr-shafqat», «'Gabiat va inson» kabi ishlar
qo'llashi bolalarni tarixni o'rganish va uni targ’vb qilish, xalq urf-odatlari, bolalar o'yinlarini
o'rganishda katta yordam beradi. Oromgoh hududida istiqomat qiluvchi hunarmandlar, ya'ni
temirchilar, kulollar, naqqoshlar, duradgorlar, zardo'zlar, kosiblar bilan kelishgan holda kichik
ustaxonalarni ochish mumkin. Bolalar va o'smirlar orasida katta-yu kichikka doimo g’amxo’r
bo'lish, ayiiqsa bemor yotgan qariyalarga yoki tengdoshga bo'lgan mehr-muruvvatni ayamaslik
fazilatlarini singdira olish muribbiy va tarbiyachilarning muhim ishidir. Buning uchun ular o'z
tarbiyalanuvchilari bilan oromgoh hududida istiqomat qilayotgan keksa, yolg’iz bemor
qariyalardan xabar olishi, ularniig uy ishlarida ko'maklashishi, zarur - bo'lsa kichik ta'mirlash
ishlarini olib borishi mumkin. Oromgohlarda ko'ngilli dam olish uchun sport bilan shug’ullanish,
turli xil o'yinlar o'tkazish, kasb tanlash, bichish-tikish, qashtachilik va hokazolar. Yosh
tabiatshunoslar, sayyohlar va texniklar ish olib borishlari lozim, Yozgi sport sog’lomlashtirish
oromgohlarini tashkil etish an'anaga aylanib bormoqda. Oromgox odatdagidek 1 iyun kuni
ochiladi.
Dostları ilə paylaş: