II bob. Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari
2.1.Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari.
Iqtisodiyotni tartiblashning bozor mexanizmi Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotni boshqarish, tartibga solish, tartiblashtirish kabi tushunchalar ko‘pincha bir xil ma’noni anglatuvchi tushunchalar sifatida qo‘llaniladi. Jumladan, boshqarish nazariyasining asoschisi fransiyalik Anri Feyil boshqarishga shunday ta’rif beradi: «Boshqarish barcha imkoniyatlardan iloji boricha foyda olgan holda mehnat ahlini korxona maqsadlari sari yetaklashdir...
Boshqarish, avvalo, hamma narsani oldindan ko‘ra bilish, keyin rejalashtirish, tashkilotchilik, muqobillashtirish va nazoratdan iborat». Agar biz uning bu ta’rifini iqtisodiyotni boshqarish, ya’ni tartibga solish amaliyotiga tatbiqan qarasak, boshqarish iqtisodiy faoliyatga muayyan yo‘nalish berib, ko‘zlangan natijaga erishish maqsadida shu jarayonlarga hamda faoliyat ko‘rsatayotgan kishilarga ish yurituvchilarning ongli ta’sir ko‘rsatishidir ma’nosi kelib chiqadi. Ma’lumki, «Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiyotni ikki darajada: makro va mikrodarajada o‘rganadi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartiblash ham shu ikki darajada olib boriladi. Mikrodarajada tartiblash deganda ma’lum bir korxona yoki firma faoliyatini boshqarib, tartibga solib borish tushuniladi.
Makrodarajada tartiblash deganda ma’lum bir mamlakatning iqtisodiyotini tartibga solib boshqarib turish tushuniladi. Mamlakat iqtisodiyoti bir qator iqtisodiy nisbatlarning o‘zaro birbiri bilan chambarchas bog‘liqligidan iborat bo‘ladi. Bu makroiqtisodiy nisbatlarni, undagi turli bo‘g‘inlar faoliyatini birbiriga bog‘liq va bir-biriga mos holda rivojlantirib borish, aniq muvozanatlashuviga erishishni ta’minlash makroiqtisodiy tartiblash deyiladi. Har bir mamlakat iqtisodiyoti milliy iqtisodiyot deb yuritiladi va bozor sharoitida unda, eng avvalo, yalpi talab bilan yalpi taklifning bir-biriga mos bo‘lishi zarur bo‘ladi. Bu vazifani bajarishda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki usulidan foydalaniladi: 1. Iqtisodiyotning o‘zini o‘zi tartiblashi — bozor mexanizmi usuli. 2. Davlat tomonidan tartibga solish usuli. 188 Iqtisodiyotni o‘zini o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi usulida narx asosiy rol o‘ynaydi. Bozorda narx o‘zgarishiga qarab tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar o‘z faoliyatlarini o‘zgartirishga majbur bo‘lib, bozorga moslashib harakat qilishadi. Bozor mexanizmi — bu bozordagi talab va taklifga mos ravishda, narx orqali bozor munosabatlari ishtirokchilarining iqtisodiy xattiharakatlarni o‘zaro moslashtirishlaridir. Shu yo‘l bilan makroiqtisodiy nisbatlarning bir-biriga muvofiqlashuvi, ya’ni makroiqtisodiy darajada yalpi talab va taklifning muvozanati kelib chiqadi. Bu iqtisodiy adabiyotlarda erkin raqobat sharoitida to‘la amal qiladigan bozor qonuni deb aytiladi. Birinchi marta ingliz klassik iqtisod namoyandasi bo‘lgan A. Smit o‘zining mashhur «Odamlar boyligining tabiati va sabablari xususida tadqiqot» kitobida iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi to‘g‘risida nazariy fikrlarini asoslab, uning uch fundamental qoidasi borligini ta’kidlaydi va ularni yoritib beradi. Birinchi qoida sifatida bozor mexanizmini tartibga solishga davlat aralashmasligi kerakligini aytadi. Bu «Olam o‘z-o‘zidan harakatlanadi», «Hammasi o‘z navbati bilan bo‘lgani ma’qul» deganidir. Uning fikricha, davlat tinchlikni saqlasa, me’yorida soliqlar belgilasa, adolatli sud qilishni ta’minlasa bo‘lgani, qolganini bozorning o‘zi bajaradi fikrini A. Smit davlat xarajatlarini aniq belgilab berish bilan asoslaydi va shunday deydi: «Mamlakat mudofaasi, huquqni himoya qilish,
ijtimoiy ishlar va ijtimoiy muassasalar (savdoni rivojlantirishga, maorifga ta’sir ko‘rsatish uchun) xarajatlari iqtisodiyotni boshqarish xarajatlari deb ko‘rsatilmagan, demak, davlat iqtisodiyotni tartibga solishda qatnashmaydi. U holda kim yoki nima boshqaradi? Bu «ko‘rinmas qo‘l»dir. Ikkinchi qoida — «ko‘rinmas qo‘l» haqida bo‘lib, u butun xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarni jamiyat manfaatiga xizmat qilishga undaydi. A. Smitning fikricha, o‘z manfaati uchun qayg‘uruvchi tadbirkorni «ko‘rinmas qo‘l», umuman, uning niyatiga kirmagan maqsadga yo‘naltirishi mumkin. «Ko‘zga ko‘rinmas qo‘l» — bu bozor, undagi talab va taklif, raqobat. Ular asosida narx tashkil topadi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi aniq to‘lovga qodir talabni qondirishga intilar ekan, bu bilan jamiyatning yalpi ehtiyojini qondirishdan manfaatdor bo‘ladi. U ishlab chiqargan tovarni sotishi kerak. Shuning uchun foyda olish maqsadida xohlaydimi-xohlamaydimi iste’molchi talabiga moslashishga majbur. Bunga davlat aralashuvining keragi yo‘q deb aytadi. 189 Uchinchi qoida — bozorning o‘zini o‘zi boshqarishi to‘g‘risidagi qoida hisoblanadi. Bu mexanizm tovar taklifi bilan bozor talabi o‘rtasidagi to‘g‘ri va qarama-qarshi iqtisodiy aloqalarni mujassamlashtiradi, deb yozadi. Ma’lumki, 8-bobda bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch — bu raqobat ekanligini va uni bozorni o‘zini o‘zi tartiblashning eng asosiy vositasi deb ko‘rsatib o‘tgan edik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o‘z tovarining sotilishi yoki sotilmasligini oldindan bilmay ishlashi mumkin emas.
Hozir korxona bozor talabini o‘rganib, aniq maqsadni ko‘zlab, xarajatlarni hisob-kitob qilib, ishlab chiqarmaydigan bo‘lsa, u o‘z tovarini sota olmay zarar ko‘rib qoladi. Korxonaning bozor talabiga rioya qilishining o‘zi iqtisodiyotning mikroiqtisodiy darajada tartibga solinishini bildiradi. Bozor mexanizmining asosiy unsuri bo‘lgan ayirboshlash, ishlab chiqarishni iste’mol bilan bog‘laydigan hamda uyg‘unlashtiradigan vosita hisoblanadi. Shuning uchun har bir korxona raqobatda qatnashar ekan, xarajatlarni pasaytirish yo‘llarini qidiradi.
Ishlab chiqarayotgan tovarlarini, ko‘rsatayotgan xizmatlarini doimo takomillashtirib borishga, innovatsion yondashuv asosida tovar va xizmatlarning yangi-yangi turlarini bozorga taklif qilishga harakat qiladi. Ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar bozor talabini qondirmayotgan bo‘lsa, mutlaqo yangilarini yaratishga o‘tadilar. Ishlab chiqaruvchi korxonalar, xizmat ko‘rsatuvchi firmalarning faoliyati bozordagi o‘zgarayotgan talab tomonga moslashib borishi orqali iqtisodiyotni tartibga solish bozor mexanizmining namoyon bo‘lishini ifodalaydi. Korxonalar, firmalarning tovar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishning bozor talabiga qarab moslashib borishi jarayonida mamlakatdagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishi ta’minlanadi. Natijada bozor mexanizmining qiymatlar yaratishda qilinadigan xarajatlarni kamaytirib borish bilan ishlab chiqarish zarurligini belgilashi bozorning o‘zini o‘zi tartiblashining bir usuli sifatida ko‘rinadi. Bozor uchun ishlayotgan har bir tadbirkor o‘z iste’molchilarining talabiga muvofiq nima ishlab chiqarish, qanday, qancha va kim uchun ishlab chiqarish kerakligini o‘zi hal qiladi. Narxni esa bozor stixiyali tarzda talab va taklif qonuniga asosan belgilaydi. Bu bozordan ishlab chiqarishga doimiy yuboriladigan narx — signal sifatida xizmat qiladi. Bu signalga asosan, bozordagi narxlar, talab va taklif nisbatiga qarab, tadbirkorlar o‘z ishlab chiqarish faoliyatlariga o‘zgarishlar kiritishadi, xaridorgir tovarlar ishlab 190 chiqarishga harakat qiladilar. Xuddi shu holatni o‘rganib chiqqan J.B. Sey bozor qonunini ta’riflab, tovarni tovarga ayirboshlash bozorda talab bilan taklif muvozanatini o‘rnatadi deydi. Uning fikricha, taklif o‘z talabini vujudga keltiradi. Ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlar iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan korxona va firmalar faoliyatining bir-biri bilan bozor orqali chambarchas bog‘langanligini va bozor talabi orqali moslashib, tartiblashtirilib borilishini bildiradi. Iqtisodiy faoliyat bozor mexanizmi orqali tartiblanishi, asosan, mikroiqtisodiy miqyosda yuz beradi. Ma’lumki, bozorda turli-tuman mulkchilikka asoslangan xo‘jalik subyektlari bir-biri bilan bog‘liq, shu bilan birga ularning har biri o‘z manfaatidan kelib chiqib, o‘zaro raqobatlashadilar. Bozordagi raqobat korxona va firmalar oldiga sifatli mahsulotlarini iste’- molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish uchun qattiq talab qo‘yadi. Tovarni iste’molchiga yetkazishda xizmat ko‘rsatuvchi boshqa firmalarni jalb etadilar. Bu esa, unda qatnashuvchilar faoliyati bir-biriga uyg‘unlashtirilishini talab etadi.
Bunda individual talabehtiyojlar o‘zaro uyg‘unlashib, yalpi talabni hosil etsa, individual ishlab chiqarishlar ham birgalikda ijtimoiy ishlab chiqarish — yalpi taklifni vujudga keltiradi. Bu, o‘z navbatida, mikroiqtisodiy tartiblash uyg‘unlashib, makroiqtisodiy darajaga ko‘tarilganligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |