Dispers sistemalarning barqarorligini oshirish muammolari. Dispers
160
sistemalarning barqarorligini oshirish muammosini hal qilishda P.Rebinderning
strukturalar hosil boʻlish va sirt-faol moddalarning ta‘sir etishiga oid ilmiy ishlari
katta ahamiyatga ega boʻldi. Agar kolloid sistemaga oz miqdor sirt-faol modda
qoʻshilsa, sirt-faol modda ikki xil ta‘sir etishi mumkin; koʻp hollarda dispers
fazada peptizatsiya roʻy beradi, ya‘ni koagulyatsion struktura hosil boʻlishida
ishtirok etadigan mayda zarrachalar sonining ortishi sustlashadi va koagulyatsiya
pasayadi. Sistemaning mexanik
mustahkamligi sirt-faol qoʻshimchalarni
kontsentratsiyasining ortishi bilan ortadi (79-rasm).
79-rasm. Sirt-faol moddalar bilan stabillashgan zarrachalarning oʻzaro ta’sirlashish sxemasi: 1-zarrachalar; 2- sirt faol moddali adsorbsion qavat; h-adsorbsion qavat qalinligi; H-zarrachalar orasidagi masofa. Yuqoridagi 69-rasmdan koʻrinishicha, zarracha sirtida hosil boʻlgan
adsorbsion qavat zarrachaning xususiy faolligini va shuningdek, ularning oʻzaro
ta‘sirlashish qobiliyatini susaytiradi va natijada sistemaning agregativ barqarorligi
ortadi.
Ba‘zi hollarda, masalan, kristallanish jarayonida sirt-faol modda qoʻshilsa,
uning molekulalari yangi hosil boʻlayotgan faza kurtaklarida adsorbsiyalanib,
kristallar shaklini oʻzgartiradi, natijada kristallning oʻsishi sekinlashadi (80-rasm).
80-rasm. Kolloid zarrachalarning himoyalanish sxemasi. Shu bilan sistemaning disperslik darajasi ortib, hosil boʻladigan kristall
strukturaning mustahkamligi kuchayadi.
161
Quyidagi 81-rasm (a) dan koʻrinadiki, zarracha sirtiga adsorbsiyalangan sirt-
faol moddalar yoki yuqori molekylyar birikmalar zarrachaning Broun harakatini
susaytiradi va kam harakatchan zarrachalar toʻqnashishi kamayadi, buning
natijasida barqarorlik ta‘minlanadi.