169
100
7.0
300
7.5
500
7.0
Liоfil zоllar liоfоb zоllarga nisbatan ancha agregativ barqarоrdir. Agar
gidrоfоb zоl kоagulyatsiyasi uchun juda оz elektrоlit yetarli boʻlsa, u hоlda liоfil
zоl
kоagulyatsiyasi uchun, ya‘ni sоlvat (gidrat) qavatni buzish uchun 1 l ga bir
necha mоl tartibida boʻlgan elektrоlit zarur boʻladi. Misol tariqasida oltin
gidrozolining NaCl ta‘sirida koagulyatsiyalanishini koʻrish mumkin (18-jadval).
18-jadvaldan koʻrinadiki, oltin zolining koagulyatsiyalanish tezligi qoʻshilayotgan
elektrolitning konsentratsiyasi ma‘lum
miqdorga yetguncha tez ortib, keyinchalik
esa
konsentratsiyaning
ortishi
koagulyatsiya
tezligiga
ta‘sir
etmaydi.
Koagulyastiya jarayonini har xil yoʻllar bilan tezlatish
mumkin. Masalan:
Kolloid eritmalarga (zolga) har xil elektrolitlar qoʻshib koagulyastiya
jarayonini tezlatish mumkin.
Kolloid eritmaga boshqa kolloid qoʻshib koagulyastiyani tezlatish mumkin.
Kolloid eritmani qizdirish yoʻli bilan koagulyastiya
jarayonini tezlatish
mumkin. Kolloid eritmalar qizdirish, ba‘zan tez koagulyatsiyalanadi, ba‘zan
qizdirish kam ta‘sir etadi. Umuman, kolloidlar qaynatilganda zolning
zaryadi kamayadi, eritmada zarracha va ionlar oʻrtasidagi
muvozanat
buziladi. Eritma qizdirilganda kolloid zarrachalar ionlarni yomon
adsorblaydi, buning natijasida ularning zaryadi kamayadi va bunday
zarrachalar bir-biri bilan uchrashib, koagulyatsiyalanadi.
Koagulyatsiya tezligi quyidagi omillarga
bog‗liq:
Zarrachalarni oʻzaro tortishish kuchining ta‘sir etish radiusi va bu radius juda
kichik, ya‘ni zarracha oʻlchamiga teng va bu qiymat turli kolloidlarda turlicha
boʻladi. Bu radiusning ortishi bilan koagulyatsiya roʻy beradi.
Broun harakatining tezligi va bu tezlik ortishi
bilan zarrachalarning
toʻqnashish soni ham ortadi. Broun harakatining tezligi diffuziya tezligiga
bogʻliq. Shu sababli ham haroratning ortishi koagilyatsiyani tezlashtiradi.
Kolloid eritmaning konsentratsiyasi ortishi, ya‘ni
hajm birligida zarrachalar
soni qancha koʻp boʻlsa, ularning oʻzaro toʻqnashishlar ehtimolligi ham
shuncha yuqori boʻladi va bu, oʻz navbatida, koagulyatsiyani tezlashtiradi.
170
Elektrolitning konsentratsiyasi, ya‘ni qoʻshilayotgan
elektrolitning birinchi
miqdor (ulush)lari kolloid eritmaning disperslik darajasini oʻzgartirmaydi va
bunda,
koagulyatsiya
tezligi
nolga
teng.
Elektrolit-koagulyatorning
konsentratsiyasi koagulyatsiya chegarasiga etgandan keyin koagulyatsiya
tezlashadi va tez orada u ma‘lum qiymatga etadi (86-rasm).
Dostları ilə paylaş: