Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


— makromolekulaning tuzilishini uglerod  atomlari bilan birgalikda anorganik element



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

 
— makromolekulaning tuzilishini uglerod 
atomlari bilan birgalikda anorganik element
 
atomlarining guruhlari tashkil qiladi. 
Oʻz navbatida elementorganik polimerlar uch guruhga ajratiladi:

Asosiy zanjir anorganik elementlardan tashkil topgan boʻlib, ularning yon 
zanjirida organik element guruhlari joylashadi;

Asosiy zanjir uglerod atomlaridan tashkil topgan boʻlib, yon zanjirda azot, 
kislorod, oltingugurt va galogenlardan boshqa elementlar bevosita uglerod 
atomlari bilan bogʻlanadi;

Asosiy zanjir organik va anorganik atomlar guruhlaridan hosil boʻlgan 
polimerlar.
Har qaysi sinflar oʻz navbatida 
gomozanjirli va geterozanjirli polimerlar
ga 
ajratiladi. Gomozanjirli polimerlarda asosiy zanjir bir xil element atomlaridan 
tashkil topgan boʻladi. Geterozanjirli polimerlarda esa asosiy zanjir turli xil 
element atomlaridan tashkil topadi. Polimerlarni gomozanjirli va geterozanjirli 
guruhlarga ajratganda yon guruhning tarkibi va tuzilishi hisobga olinmaydi. 
Masalan, polivinilatsetatda 

— — —
atsetil guruh yon zanjirda 
joylashgan: 
Asosiy zanjir esa faqat uglerod atomlaridan tashkil topgan; shuning uchun bu 
polimer 
toʻyingan 
uglevodorodlarning 
gomozanjirli 
hosilasiga 
kiradi. 
Polietilenadipinatda esa murakkab efir 
— — —
guruhi asosiy zanjirda 
joylashgan boʻladi: 

— — —
— —
Shuning uchun bunday polimerlar 
kislorod saqlagan
geterozanjirli polimerlar 
deyiladi. 
Organik gomozanjirli polimerlar, odatda 
karbozanjirli polimerlar
deyiladi. 
Ularda asosiy zanjir uglerod atomlaridan iborat. Karbozanjirli polimerlarning nomi 


218 
dastlabki monomer nomining oldiga 
poli — 
qoʻshimchasini qoʻshish bilan tuziladi, 
masalan, etilendan olingan polimer 
polietilen
, propilendan olingani 
polipropilen

stiroldan olingani 
pоlistirol
deb ataladi. Ular keng tarqalgan va kimyo, оziq-оvqat 
sanoati hamda xalq xoʻlagining boshqa sohalari uchun muhim hisоblangan sun‘iy 
pоlimerlar jumlasiga kiradi: 
Barcha karbozanjirli polimerlar organik kimyodagi sinflanishga binoan 
organik birikmalarning yuqori molekulyar vakillari hamda shu birikmalarning 
hosilalari deb hisoblanadi. 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin