236
boʻlsa, sistemaning avvalgi va keyingi mexanik xossalarida deyarli oʻzgarish roʻy
bermaydi.
Turmushda ishlatiladigan koʻpchilik qattiq materiallar kondensatsion-
kristallizatsion strukturalarga ega. Bular jumlasiga metallar, qotishmalar, kulollik
buyumlari, beton va hakozolar kiradi. Sanoatning xom-ashyo va oraliq
mahsulotlari koʻpincha suyuq va quyuq moddalardan iborat boʻlib, ular
koagulyatsion strukturaga ega. Xom-ashyo va oraliq moddalardan asosiy buyum
tayyorlash jarayonida koagulyatsion strukturalar kondensatsion-kristallizatsion
strukturalarga aylanib ketadi.
Moddalarni reologik xossalar asosida ham sinflarga boʻlish mumkin. Shunga
koʻra, barcha haqiqiy jismlar
suyuqsimon (ya‘ni oqishi uchun berilishi kerak boʻlgan kuchlanishning
chegara qiymati nolga teng
)
qattiqsimon (ya‘ni oqishi uchun berilishi kerak boʻlgan kuchlanishning
chegara qiymati noldan katta)
moddalarga boʻlinadi. Suyuqsimon moddalar
nyutoncha suyuqlik
va
nonyutoncha
suyuqliklar
kabi ikki turkumga ajratiladi (124-rasm).
Dostları ilə paylaş: