Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

 
 



 
KIRISH
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida ishlab chiqarish kо‗lamining о‗sishi va 
yangi texnologiyalarning paydo bо‗lishi fundamental va kimyoviy fanlarni
jumladan, ―Kolloid kimyo‖ fanidan chuqur bilimga ega bо‗lgan yuqori malakali 
mutaxassislar tayyorlashni talab qiladi. 
Kolloid kimyo zamonaviy texnologiyalar asosida qurilish va konstruksion 
materiallarni (beton qotishma, keramika, shisha, rezina, plastika, surkov moy va 
boshqalar) ishlab chiqarishda ham katta о‗rin tutadi. 
О‗zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon о‗tgan davr 
mobaynida kimyo, oziq-ovqat, qurilish materiallari hamda boshqa turdosh sanoat 
korxonalari zamon talablaridan kelib chiqqan holda takomillashib bormoqda. Bu 
esa ilm-fanni rivojlantirishni, nazariy va amaliy bilimlarni kengaytirishni, olingan 
natijalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni taqozo etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kо‗rsatilgandek, bunday masalalarni 
chuqur bilimli, yetuk, yuqori malakali yosh avlod amalga oshiradi. О‗zbekiston 
Respublikasining ―Ta‘lim tо‗g‗risidagi qonun‖ va ―Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi‖dan kelib chiqqan holda о‗qish sifatini yangi bosqichga kо‗tarishda 
zamonaviy о‗quv adabiyotlar va darsliklar zarur bо‗ladi.
Ushbu «Kolloid kimyo» nomli oʻquv qoʻllanma mualliflari tomonidan ba‘zi 
bir mavzularni bayon qilishda iloji boricha uskunalarni chizmalarini sodda va 
tushunarli boʻlishiga, nazariy qonuniyatlar va hodisalarni tushuntirishda kimyo va 
oziq-ovqat sohalaridan misollar keltirishga harakat qilindi. Aksariyat hollarda 
yoritilayotgan mavzu yoki jarayonlarning mexanizmini ochishga, texnologik va 
tahliliy jarayonlarning turli sohalarida ularning amaliy ahamiyati va qoʻllanilishini 
koʻrsatishga harakat qilindi. Shuningdek, mazkur oʻquv qoʻllanmada yuqori 
molekulyar birikmalar kimyosiga va nanotexnologiya hamda nanokimyoga oid 
nazariy ma‘lumotlarga ham ahamiyat berildi (ayniqsa, hozirgi vaqtda 
mikrogeterogen sistemalar yoki nanotexnologiya), chunki har qanday (kimyoviy 
va texnologik) jarayonni yuqori molekulyar birikmalar kimyosi yordamisiz tahlil 
qilish mushkul. 
Har bir mavzuga oid qisqacha atamalar mavzu soʻnggida berildi. Har qaysi 
bob oxirida esa talabalarning olgan bilimlari mustahkamligini oʻzlari nazorat 
qilishlari hamda nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun shu bobga tegishli 
savollar berildi, shuningdek, talabaning oʻzlashtirish tartibiga rioya qilingan holda 
har bir mavzu paragraflarda keltirildi.
Albatta ushbu oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining kimyo yoʻnalishi 
talabalari bilan bir qatorda, oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha) 
hamda biotexnologiya (oziq-ovqat,kimyo va qishloq xo
ʻ
jaligi) yoʻnalishlari, 
shuningdek, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash 
texnologiyasi kabi turdosh yoʻnalish talabalarining ham kolloid kimyoni 
oʻrganishlaridagi koʻmakdoshi boʻla oladi degan umiddamiz. 
Mualliflar




Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin