92
Adsorbsiya hodisasini, dastlab, rus olimi T.Lovits 1785-yilda kashf qilgan.
Yutilgan modda zarrachalari hamma vaqt modda sirtida qolavermaydi, ba‘zan
yutuvchi jismning ichki tomoniga ham diffuziyalanishi mumkin. Umuman, qattiq
jismga tashqi muhitdan moddalarning yutilishi
sorbsiya
deyiladi. Agar modda
qattiq jism sirtiga yutilsa, bu hodisa
adsorbsiya
(yoki oʻzaro kimyoviy ta‘sir roʻy
bermasa, fizikaviy adsorbsiya ) deb, uning ichki qismiga yutilganda esa
absorbsiya
deb ataladi. Agar modda geterogen sistemada (masalan,
gaz bilan adsorbent
orasida) boʻladigan kimyoviy reaksiya tufayli yutilsa, bu hodisa
xemosorbsiya
(yoki faollangan adsorbsiya) deyiladi. Masalan, kalsiy oksid sirtida karbonat
angidridni yutilishini koʻrish mumkin:
Xemosorbsiya vaqtida yangi faza vujudga keladi. Masalan, xuddi yuqoridagi
reaksiya kabi, mis sirtida kislorodning yutilishi bunga misol boʻla oladi:
Xemosorbsiya koʻpincha qattiq jismning barcha hajmiga tarqaladi. Natron
ohak bilan sulfit angidrid orasidagi xemosorbsiya bunga misol boʻla oladi.
Xemosorbsiya odatda qaytmas jarayonlar jumlasiga kiradi.
Bu holda
adsorbsiyaning issiqlik effekti kimyoviy birikmalarning hosil boʻlish issiqliklariga
yaqin boʻladi. U reaksiya tezligiga va yutilayotgan molekulalarning reaksiya
mahsulotlari orqali diffuziyalanib, adsorbent bilan toʻliq reaksiyaga kirishishiga
bogʻliq. Agar xemosorbsiya vaqtida sorbent sathida diffuziyalanmaydigan
molekulalar paydo boʻlsa, bunda hosil boʻlgan
oksid parda xemosorbsiya
jarayonini toʻxtatib qoʻyadi:
Ba‘zan, oʻz kritik haroratidan past haroratdagi gaz sorbsiya vaqtida qattiq
jism
gʻovaklarida
kondensatlanib,
suyuqlikka
oʻtadi.
Yuqorida
ta‘kidlaganimizdek, bu hodisa
kapillyar kondensatsiya
hodisasiga misol boʻladi.
Adsorblangan gaz bir yoki bir necha qatlam molekulalardan iborat boʻlishi
mumkin. Shunga qarab, adsorblanish
monomolekulyar
yoki
polimolekulyar
deb
nomlanadi.
Jismning sirtiga yutilgan moddalarni
qaytadan chiqarish jarayoni
desorbsiya
93
deyiladi. Yutilgan moddalarni erituvchilar yordamida adsorbentlardan ajratib olish
elyutsiya
deyiladi.
Gaz yoki bugʻ fizikaviy adsorblanganda quyidagi 4 ta holat belgisi kuzatiladi:
adsorbsiya deyarli katta tezlik bilan boradi;
adsorbsiya qaytar tarzda boradi;
temperatura oshganida adsorblanish kamayadi;
adsorbsiyaning issiqlik effekti qiymat jihatidan suyuqlanish yoki bugʻlanish
issiqliklariga yaqin boʻladi.
Adsorbsiya hodisasi qattiq jism bilan suyuq jism oʻrtasida, qattiq jism bilan
gaz oʻrtasida, suyuqlik bilan gaz oʻrtasida va bir-birida kam eriydigan ikki
suyuqlik oʻrtasida sodir boʻlishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: