110
tarangligini kamaytiradigan moddalar suyuqlik sirtiga yigʻila boshlaydi.
Natijada,
suyuqlikka solingan moddaning sirtqi qavatdagi konsentratsiyasi uning suyuqlik
ichidagi konsentratsiyasidan farq qiladi. Buning natijasida eritma ichidagi osmotik
kuchlar ham oʻzgaradi, chunki eritma sirtqi qavatda ham, ichki qavatlarda ham oʻz
konsentratsiyasini baravar qilishga intiladi.
Demak, bu yerda ham dinamik muvozanat qaror topadi: bir tomondan,
absorbsiya
jarayoni
erkin energiyaning minimumga intilish prinsipiga muvofiq
erigan moddani suyuqlik sirtiga yigʻadi; ikkinchi tomondan,
osmotik kuchlar
tufayli desorbsiya jarayoni boʻladi, eritma konsentratsiyasi barcha hajm ichida
baravarlashishga intiladi. Natijada adsorbsion muvozanat vujudga keladi.
Erigan mоddalarni sirt-faol moddalar va sirt-nofaol moddalarga boʻlinishi
shartli hisoblanadigan holatdir. Masalan, agar suvda sirka kislоta eritilsa, uning sirt
tarangligi kamayadi, ya‘ni sirka
kislоta suvga nisbatan
sirt-faol modda
hisоblanadi. Sirka kislоta etilatsetatda eriganda ma‘lum miqdоrda erituvchining
sirt aktivligini оshiradi, ya‘ni etilatsetatga
nisbatan bu mоdda
sirt-nofaol modda
hisoblanadi. Suvga sirka kislоta qoʻshilganda ham sirt tarangligi оrtadi.
Shuningdek, suv sirka kislоtaga nisbatan sirt-nofaol moddadir.
Eritma sirt
tarangligini uning kоntsentratsiyasiga bоgʻliqlik egrilari
56-rasmda koʻrsatilgan
.
Erituvchining sirt tarangligini kamaytiruvchi mоddalar
sirt-faol mоddalar,
aksincha, erituvchi sirt tarangligini оshiruvchi yoki uni oʻzgartirmaydigan
mоddalar
sirt-nоfaol
yoki
sirt-inaktiv mоddalar
deb yuritiladi. Koʻpgina оrganik
birikmalardan оrganik kislоtalar,
ularning tuzlari, spirtlar, aminlar suvga nisbatan
sirt-faol moddalar hisоblanadi.