O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


 4. Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

 
1. 4. Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza 
qilish toʻgʻrisida”gi qonuni 
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish 
toʻgʻrisida”gi qonuni ishlab chiqarish usullari, mulkchilik 
shaklidan qat’iy nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish-
ning yagona tartibini belgilab beradi hamda fuqarolarning salo-
matligi va mehnatini muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan.
Ushbu qonun 36-moddadan iborat boʻlib, 2016-yil
23- sentabrda qabul qilingan.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati 
quyidagi tamoyillarga: 
• korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan 
xodimning hayoti va sogʻligʻining ustuvorligi
• mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy 
va ijtimoiy siyosatning boshqa sohalari bilan muvofiqlashtirish; 
• mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qat'i nazar, 
barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida 
yagona talablarni belgilash; 
• ekologik xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash va ish 
joylarida atrof-muhitning tizimli monitoringini olib borish
• korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablarining keng 
joriy etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 
• mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirishda davlatning 
ishtiroki; 


13 
• oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida mehnatni muhofaza 
qilish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash; 
• ishchilar uchun xavfsiz uskunalar, texnologiya va himoya 
vositalarini ishlab chiqish va joriy etishni ragʻbatlantirish; 
• mehnatni muhofaza qilishda fan, texnika yutuqlari hamda 
ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribadan keng foydalanish
• ishchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vo-
sitalari, terapevtik va profilaktik ovqatlanish bilan bepul ta’min-
lash; 
• har bir ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va kasbiy 
kasalliklarni majburiy tekshirish va hisobga olish; 
• ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki 
kasbiy kasallikka chalingan ishchilarning manfaatlarini ijtimoiy 
himoya qilish;
• kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, 
korxonalar va jismoniy shaxslarning mehnat muhofazasini 
ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qoʻllab-
quvvatlash; 
• mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal qilishda 
xalqaro hamkorlik.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin