O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


 4. Uskunalar, jihozlar va asboblarga qoʻyiladigan



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

 
10. 4. Uskunalar, jihozlar va asboblarga qoʻyiladigan 
talablar 
 
Uskunalar, asboblar va moslamalar butun ishlash muddati 
davomida Qoidalarga muvofiq xavfsizlik talablariga javob beri-
shi kerak. Uskunalarni ishlab chiqarish maydonchalariga joy-
lashtirishda avtomobil transporti korxonalarini texnologik loyi-
halashning umumiy standartlari talablarini hisobga olish kerak.


114 
Asboblarni brakka chiqarish belgilangan jadvalga muvofiq, 
lekin oyiga kamida bir marta amalga oshirilishi kerak. Statsionar 
jihozlar poydevorga oʻrnatilishi va mahkam bogʻlangan boʻlishi, 
xavfli joylar oʻralgan boʻlishi kerak. Uskunani ishga tushirish va 
toʻxtatish moslamalari ish joyidan qulay foydalanish uchun 
joylashtirilishi va ularning oʻz-oʻzidan ishga tushamasligi lozim.
Barcha elektr motorlar, elektr haydovchiga ega uskunalar
shuningdek boshqaruv panellari ishonchli tarzda yerga ulanadi 
yoki zararsizlantiriladi. Ularni yerga ulanmasdan ishlatish 
taqiqlanadi. Yangi yoki kapital ta’mirlangan uskunani ishga tu-
shirish faqat korxona mehnatni muhofaza qilish xizmati 
xodimlari va korxonaning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha 
katta vakolatli vakili ishtirokidagi komissiya tomonidan qabul 
qilinganidan keyin amalga oshiriladi. Ishlayotgan asbob-uskuna-
lar yaxshi holatda boʻlishi va uning texnik holati jihozlar uchun 
mas'ul shaxs va ishlab chiqarish uchastkasi rahbarining nazorati 
ostida boʻlishi shart.
Nosoz uskunaga uchastka boshligi ushbu uskunada 
ishlashga yoʻl qoʻyilmasligini koʻrsatadigan belgi qoʻyishi kerak. 
Bunday uskunani uzib qoʻyiladi (energiyani oʻchirish, haydash 
va hokazo). Uskuna ishlayotgan paytida uni tozalash, moylash 
yoki ta’mirlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoʻlda ishlaydigan domkratlar soz boʻlishi, oʻz-oʻzidan 
tushib ketmasligi, elektrda ishlaydigan domkratlar esa nosoz 
boʻlib qolganda avtomatik ravishda oʻchishga moʻljallangan 
boʻladi. Gidravlik va pnevmatik domkratlardan suyuqliklari chi-
qib ketmagan boʻlishi kerak. Domkratlarrni sinovdan oʻtkazish 
yiliga bir marta, yuqori ekstremal holatda boʻlganida, 10 daqiqa 
davomida (pasport boʻyicha) chegaradan 10% koʻp boʻlgan 
statik yuk bilan amalga oshiriladi. Gidravlik domkratlarda sinov 
oxirida suyuqlik bosimining pasayishi 5% dan oshmasligi kerak. 
Sinov natijalari jurnallarda qayd qilinadi.


115 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin