O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi «Ro‘yxatga olindi»



Yüklə 157,34 Kb.
tarix16.11.2018
ölçüsü157,34 Kb.
#82587



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


«Ro‘yxatga olindi»

№ __________________________

2015 - yil «____» __________



Vazirlikning

2015 - yil «____» __________ dagi

«___» - sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan



TASVIRIY SAN’AT  VA MUHANDISLIK GRAFIKASINI

O‘QITISH METODIKASI



FAN DASTURI

Bilim sohasi:

100000

– Gumanitar

Ta’lim sohasi:

110000

– Pedagogika

Ta’lim yo‘nalishi:

5110800

– Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi


TOSHKENT – 2015

Fаn dasturi Oliy vа o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2015-yil «__» ______________dagi __ - sоn majlis bayoni bilan ma’qullangan.

Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ishlab chiqildi va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishildi.


Tuzuvchilar:

Abdirasilov S. - Nizomiy nomidagi TDPU «Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi» kafedrasi dotsenti

Rajabov. R. - Nizomiy nomidagi TDPU «Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi» kafedrasi dotsenti

Ro‘ziyev E.I. – Urgench Davlat universiteti «Texnikaviy va badiiy

grafika» kafedrasi mudiri, p.f.d., professor.

Ashirboyev A.O. – Nizomiy nomidagi TDPU «Muhandislik grafikasi va uni

o‘qitish metodikasi» kafedrasi dotsenti.

Мirzaliyev Z.E. - Nizomiy nomidagi TDPU « Muhandislik grafikasi va uni

o‘qitish metodikasi» kafedrasi katta o’qituvchisi.

Taqrizchilar:

Yodgorov N.J. - Buxoro davlat universiteti «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» kafedrasi dotsenti, t.f.n.

Yuldashev X.O. - Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji direktori, p.f.n.

Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o’quv-uslubiy kengashida tavsiya qilingan (2015-yil «____» ________dagi ___-sonli majlis bayoni)


Kirish
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanlari dasturi o‘rta maxsus va kasb-hunar kollejlarida tasviriy san`at va muhandislik grafikasi fanlari, shuningdek, umumta`lim maktablaridagi tasviriy san`at va chizmachilik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyat yuritish hamda shu fanlarning mashg`ulotlarini to‘g`ri tashkil qilish, o‘quvchilarda shu fan bo‘yicha puxta bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilarga o‘qitishning zamonaviy metod va texnologiyalarini o‘rgatish, ilmiy muammolarni tadqiq qilish, shu jumladan ilmiy-pedagogik tadqiqotlar o‘tkazish va eksperiment natijalarini tahlil qilish malakalarini egallash hamda pedagogik jarayonga tatbiq eta olish kabi masalalarni qamrab oladi.
Fanning maqsad va vazifalari
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanlari kasb-hunar kollejlarida tasviriy san`at va muhandislik grafikasi tarkibidagi fanlarni o‘qitish metodikasi va, shuningdek, umumta`lim maktablaridagi chizmachilik fani mashg`ulotlarini to‘g`ri tashkil qilish, o‘quvchilarda shu fan bo‘yicha puxta bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun eng samarali metodik vositalarni tanlashda bo‘lajak o‘qituvchilarga yordam berishni asosiy maqsad qilib belgilaydi.

Jamiyatdagi zamonaviy texnologiyalar, jumladan, ta`lim sohasida ham bo‘layotgan inqilobiy o‘zgarishlar mutaxassislarga yangi funktsional talablarni qo‘ya boshladi. Endilikda malakali mutaxassisdan faqatgina o‘zining bevosita xizmat vazifasini yaxshi bajarishgina emas, balki yangi uslublarni topib amaliyotga kiritish, mustaqil qaror qabul qila bilish va ijodiy ishlay olish kabi ko‘nikmalar talab qilinadi va mutaxassis o‘qitish metodlari va yo‘llari bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lishi, o‘qitishning tub maqsadini tasavvur qila olishi, unga erishish yo‘llari va vositalarini bilishi lozim. Talabalarning bu bilimlarni puxta egallashiga yordam berish

«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanining vazifasi:

- tasviriy san`at va muhandislik grafikasini o‘qitishning aniq maqsadlarini va uning fan sifatida bilim berish hamda tarbiyaviy ahamiyatlarini aniqlash;

- o‘qitishning mazmuni va tuzilishini aniqlash;

- o‘quvchilarning mustahkam bilim, ko‘nikma va malakalarini ta`minlovchi o‘qitishning eng samarali uslub, vosita va shakllarini ishlab chiqish;

- o‘quvchilarning bilim olish jarayonini tadqiq qilish.

- o‘rta umumta`lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari uchun tasviriy san`at va muhandislik grafikasi bo‘yicha mustaqil fikrlovchi, ijodkor, ijtimoiy faol, ma`naviy boy, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, shu fanlarning hozirgi davrda erishgan yutuqlaridan xabardor qilish, o‘qitishning eng samarali usullarini amaliyotda tadbiq qilishni ko‘rsatib berish, tasviriy san`at va muhandislik grafikasining o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bilan tanishtirish va didaktika fani nazariyasi bilan ta`lim amaliyoti aloqasini ta`minlash, bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning qobiliyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda darslarni to‘g‘ri tahsil olishga o‘rgatish.



Shuningdek, tasviriy san`at va muhandislik grafikasini o‘qitishning maqsad va vazifalari, fanning mazmuni va tuzilishi, o‘qitishning metod va tashkiliy shakllari, vositalarini tanlash va ishlab chiqish, boshqa fanlar bilan aloqasi, mavzularning mazmuni va ularning ketma-ketligi, tushunchalarni shakllantirish yo‘llari, ko‘rsatmali qurollardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar, tasviriy, grafik va amaliy topshiriqlar mazmuni va o‘rni kabi masalalar haqida bilim berish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga

qo‘yiladigan talablar
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» bo’yicha talabalar quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo’lishi zarur:

Tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi

Bakalavr:

  • tasviriy san’atning ta’lim tizimida tutgan o‘rni;

  • tasviriy san’atni o‘qitish metodikasining pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog‘liqligi;

  • tasviriy san’atni o‘qitish metodlari va texnologiyalari tarixi;

  • tasviriy san’at bo‘yicha yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalarning xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • tasviriy san’atni o‘qitish metodikasining yondosh fanlar bilan bog‘liqligi;

  • tasviriy san’atni o‘qitish metodlari, texnologiyalari, ularning nazariy asoslari;

  • umumiy o‘rta ta’limda tasviriy san’at mazmuni;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tasviriy san’at mazmuni;

  • tasviriy san’at o‘qitishda didaktik prinsiplar;

  • tasviriy san’at turlari va janrlari, uni o‘qitishning texnologiyalari

  • tasviriy san’at bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni tashkil etishni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi;

  • tasviriy san’atga o‘quvchilarda mehr uyg‘ota olish;

  • tasviriy san’atni o‘qitishning metod va texnologiyalarini qo‘llay olish;

  • tasviriy san’at bo‘yicha mustaqil tahsil olishga o‘quvchilarni yo‘llash;

  • tasviriy san’at bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholay olish;

  • tasviriy san’at darslari, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha talab qilingan barcha hujjatlarni yuritish;

  • tasviriy san’at darslarini rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.

Muhandislik grafikasi fanini o‘qitish metodikasi

Bakalavr:

  • muhandislik grafikasi fanining ta’lim tizimida tutgan o‘rni;

  • muhandislik grafikasi fanining o‘qitish metodikasining pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog‘liqligi;

  • muhandislik grafikasi fanining o‘qitish metodlari va texnologiyalari tarixi;

  • muhandislik grafikasi fanining bo‘yicha yaratilgan o‘quv adabiyotlarining xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • muhandislik grafikasi fanining o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi;

  • muhandislik grafikasi fanining o‘qitish metodlari va texnologiyalari, ularning nazariy asoslari;

  • muhandislik grafikasi fanining o‘qitishning didaktik prinsiplari;

  • umumiy o‘rta ta’limda muhandislik grafikasi fanining mazmuni;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muhandislik grafikasi fanining mazmuni;

  • muhandislik grafikasi fanining bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi;

  • muhandislik grafikasi fanining o‘qitishda zamonaviy metod va texnologiyalarni qo‘llay olish;

  • muhandislik grafikasi faniningfaniga o‘quvchida mehr uyg‘ota olish;

  • o‘quv-tarbiya jarayonida muhandislik grafikasi fanining adabiyoti materiallaridan foydalana olish;

  • muhandislik grafikasi fanining bo‘yicha bilimlarini baholash;

  • muhandislik grafikasi fanining o‘qitish bo‘yicha talab qilingan hujjatlarni tayyorlash;

  • chizmalarni mustaqil tahlil qilish, viktorina va olimpiadalar o‘tkazish;

  • muhandislik grafikasi fanining darslarini rejalashtirish;

  • grafik ishlarni tekshirish va baholash;

  • grafik ishlarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi,

uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fani barcha tasviriy va amaliy san`atga oid – «Qalamtasvir», «Rangtasvir va kompozitsiya», «Haykaltaroshlik», «Tasviriy san’at tarixi» va boshqa fanlar hamda muhandislik grafikasiga oid - «Chizma geometriya», «Chizmachilik» «Kompyuter grafikasi» va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq. Ayniqsa, fiziologiya u pedagogika-psixologiya fanlarining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi. Shu bilan birga tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlarining umumiy va xususiy metodikasi uchun nazariy va amaliy asos hisoblanadi. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlaridagi matematika, botanika, biologiya, geografiya, zoologiya, fizika, mehnat fanlari bilan bevosita bog‘liq holda olib boriladi.

Fanning ta’limdagi o‘rni
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fani talabalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida tasviriy san’atni va muhandislik grafikasi mashg‘ulotlarini to‘g`ri tashkil qilish, o‘quvchilarda shu fan bo‘yicha puxta bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun eng samarali metodik vositalarni tanlashda bo‘lajak o‘qituvchilarga yordam berishni asosiy maqsad qilib belgilaydi.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va

pedagogik texnologiyalar
Yuqorida zikr etilgan maqsad va vazifalarni hal qilishda o‘qitishning zamonaviy interaktiv metodlari va axborot texnologiyalaridan o‘z o‘rnida unumli foydalanish ijobiy natija berishi bilan ahamiyatlidir.

«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanini o‘zlashtirishda darslik, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar va ma’ruza matnlari, elektron adabiyotlar va tasvirlar, elektron materiallar, tasviriy san’at atributlaridan to‘la foydalaniladi. Etuk o‘zbek va xorijiy tasviriy san’at usta rassomlarining jahon miqyosida tan olingan san’at asarlari namunalari, hamda metodik jiqatdan mukammal reproduktiv ishlari; zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda mashg‘ulotlar tashkil etish; talabalarga mashg’ulot o‘tishda milliy san’at namunalaridan foydalaniladi. Buyuk san’at ustalari va ularning ijod etish jarayonlarini aks ettirishga bag‘ishlangan kino lentalari, chop etilgan namuna va elektron versiyalaridan keng foydalaniladi.

«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanini o‘zlashtirishda darslik, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar va ma’ruza matnlari, elektron adabiyotlar va tasvirlar bilan birga plakatlar, modellar va boshqa ko‘rgazmali qurollar foydalaniladi.

Dars jarayonida talabalar faolligini oshirish uchun mashg`ulotlarda savol-javob, diskussiya, suhbat va didaktik o‘yinlar hamda interaktiv texnologiyalar, ijodiy faoliyatini rivojlantirish, tabaqalashtirib o‘qitish, kredit texnologiya va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutiladi.



Asosiy qism
Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi bo‘yicha:

Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fani, uning maqsad va vazifalari. Kurs dasturining mohiyati, mazmuni. «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanining maqsadi va vazifalari. Metodika. Umumiy metodika. Xususiy metodika. Amaliy metodika. O‘qitish metodlari (Nutqiy, namoyish etish, amaliy ish). Umumiy o‘rta ta’lim maktab va kasb-hunar kollejlarida tasviriy san’at fanining o‘rni va maqsadi. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi yuzasidan zarur adabiyotlar va ular bilan ishlash usullari.
Chet ellarda tasviriy san’atni o‘qitish tarixidan.
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» o‘qitishiga doir eng qadimgi va o‘rta asr boshlaridagi (Misr, Yunon, Qadimgi Rim) ma’lumotlar va ularning xarakteri. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasini rivojlantirishda Uyqonish davri rassomlarining xizmatlari (Ch. Chennini, Alberti, Leonarlo da Vinchi, A. Dyurer). XVII-XIX asrlarda o‘arbiy Evropada rasm chizishni o‘rgatish metodikasiga bo‘lgan turli qarashlar.
Rossiyada qalamtasvirni o‘qitish metodlari.
XVIII-XIX asrlarda Rossiyaning pedagogika o‘quv yurtlarida tasviriy san’at fanining o‘rni. I.D. Preysler, A.G. Sapojnikov, G.A. Gipiuslarning tasviriy san’at o‘qitish metodlarining rivojlanishidagi o‘rni. P.P. Chistyakov, D.N. Kardovskiylarning pedagogik qarashlari va tasviriy san’at o‘qitish uslublari.
O‘rta Osiyo va O‘zbekistonda tasviriy san’atni o‘qitilishi.
Sharq miniatyura maktablarining rivojlanishi va ularning uslublari. O‘rta Osiyo Eron, Misr miniatyurasi. Islom dini kirib kelgunga qadar O‘rta Osiyo tasviriy san’ati. Kitoblarga bezak ishlash maktabi (K.Beqzod). Samarqand, Buxoro maktablari. O‘zbekistonda tasviriy san’atni o‘qitilishiga doir dastlabki ma’lumotlar. O‘zbekistonda XX asr boshlarida tasviriy san’atni o‘qitilishi. O‘zbekistonda tasviriy san’atni o‘qitilishiga “Erkin tarbiya” nazariyasining ta’siri. O‘zbekistonda tasviriy san’atni o‘qitilishining shakllanishi. Ikkinchi jaqon urushi va undan keyingi birinchi o‘n yilliklarda tasviriy san’atni o‘qitilishi. XX asrning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash. Tasviriy san’at o‘qituvchilarini o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlanishi.
Mustaqillik yillaridagi tasviriy san’atni o‘qitilishi.
Tasviriy san’at ta’limi kontseptsiyasi. Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at davlat ta’limi standarti. Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar davlat ta’lim standartlari. O‘qituvchilarni o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlanishi. Mustaqillik yillarida tasviriy san’at o‘qitish metodikasidan olib borilgan tadqiqotlar.
Umumiy o‘rta maktab va kasb-hunar kollejida tasviriy san’at ta’limining maqsad va vazifalari
Umumta’lim maktab va kasb-hunar kollejida tasviriy san’at mashg’ulotlarining maqsadi. Tasviriy san’at mashg’ulotlarining ta’lim-tarbiyaviy vazifalari. Tasviriy san’atni maktabdagi boshqa o‘quv fanlari samaradorligini oshirishdagi ahamiyati. Talabalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
Umumiy o‘rta maktab va kasb-hunar kollejlarida tasviriy san’at mashg’ulotlarining mazmuni.
Maktab va kasb-hunar kollejida tasviriy san’at darslarining mazmuni. Tasviriy san’at mashg’ulotlarining mazmuni davlat ta’lim standartlari bilan boqliqligi. Maktabda tasviriy san’at mashg’ulotlarining turlari: borliqni idrok etish, naturaga qarab tasvirlash, kompozitsiya, san’atshunoslik asoslari. Mashg’ulot turlarining vazifalari. 1-4 va 5-7 sinflarda tasviriy san’at mashg’ulotlari mazmunining o‘ziga xos xususiyatlari.

Kasb-hunar kollejida tasviriy san’at mashg’ulotlarining turlari: qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya, san’at tarixi, haykaltaroshlik. Mashg’ulot turlarining vazifalari. 1-2-3 kurslarda tasviriy san’at mashg’ulotlari mazmunining o‘ziga xos xususiyatlari.


Tasviriy san’at davlat ta’lim standarti (maktab, kollej, oliy ta’lim).
Tasviriy san’atdan maktab, kollej va Oliy o‘quv yurtini davlat ta’lim standarti va uning mohiyati. Maktab, kollej va Oliy o‘quv yurtida tasviriy san’at fanlaridan o‘quvchi talabalar bilimiga qo‘yiladigan minimal talablar. Davlat ta’lim standartini nazorat qilinishi. Davlat ta’lim standartida tasviriy san’atning mutaxassislik fanlari maqsad va vazifalarining belgilanishi. Tasviriy san’at fanlaridan davlat ta’lim standartini amaliyotga joriy etilishi.
Tasviriy san’atni o‘qitishda didaktik printsiplar.
Ta’lim sohasidagi islohatlar asosidagi mavjud printsiplar (insonparvarlik, gumanizm, demokratizatsiya, integratsiya, differentsiatsiya va individualizatsiya). Didaktik printsiplar va ularni tasviriy san’atni o‘qitishdagi ahamiyati. Tasviriy san’atni o‘qitishda didaktik printsiplarning o‘ziga xos xususiyatlari. Ta’lim va tarbiyaning birligi printsipi. Ilmiylik printsipi. Onglilik va faollik printsipi. Ta’limni o‘quvchilarning yoshi va kuchiga mosligi printsipi. Muntazamlik va ketma-ketlik printsipi.
Boshlanqich sinflarda «Tasviriy san’at  va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi»
Boshlanqich sinflarda borliqni idrok etish mashg’ulotlari metodikasi. Boshlanqich sinflarda naturaga qarab tasvirlash. (naturaga qarab rasm ishlash, naturaga qarab haykal ishlash) metodikasi. Boshlanqich sinflarda rangtasvir mashg’ulotlari metodikasi. Boshlanqich sinflarda dekorativ kompozitsiya mashg’ulotlari metodikasi. Boshlanqich sinflarda haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg’ulotlari metodikasi.
5-7 sinflarda «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi».
5-7 sinflarda naturaga qarab tasvirlash metodikasi. 5-7 sinflarda rangtasvir kompozitsiyasi mashg’ulotlari metodikasi. 5-7 sinflarda dekorativ kompozitsiya mashg’ulotlari metodikasi. 5-7 sinflarda haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg’ulotlari metodikasi. 5-7 sinflarda san’atshunoslik asoslari.

Kasb-hunar kollejini tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi.
Kasb-hunar kollejida qalamtasvir mashq’ulotlarining metodikasi. Kasb-hunar kollejida rangtasvir mashg’ulotlarining metodikasi. Kasb-hunar kollejida kompozitsiya mashq’ulotlarining metodikasi. Kasb-hunar kollejida san’at tarixi mashq’ulotlarining metodikasi. Kasb-hunar kollejida haykaltaroshlik mashq’ulotlarining metodikasi.
«Tasviriy san’at  va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi»dan topshiriqlar, ularni nazorat qilish va baholash.
Maktab va kollej o‘quvchilariga tasviriy san’atdan beriladigan topshiriqlarning shakllari. Sinf yoki auditoriyada va uyda bajariladigan topshiriqlarning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘quvchilarning bilim va malakalarini nazorat qilish va baholashning moqiyati. O‘quvchilar tasviriy faoliyatlarini nazorat qilish turlari. Joriy (baholash) nazorat. Oraliq (baholash) nazorat. Yakuniy (baholash) nazorat. O‘quvchilarning bilim va malakalarini baholash mezonlari. (Og’zaki so‘rov, mashq, tasviriy ijodiy mustaqil ish, yozma ish, test sinovlari, uy vazifalari).

Borliqni idrok etish, naturadan ishlangan rasmlar, naturaga qarab ishlangan haykallar, rangtasvir kompozitsiyasi, dekorativ kompozitsiya, haykaltaroshlik kompozitsiyasi, san’atshunoslik asoslari bo‘yicha qamda qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya, haykaltaroshlik va san’at tarixi fanlari bo‘yicha o‘quvchi(talaba)larning bilim va malakalarini baholash mezonlarini o‘ziga xos xususiyatlari.


«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi»dan darsdan tashqari ishlar.
Tasviriy san’atdan sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari. Maktabda tasviriy san’atdan fakultativ mashg’ulotlar, to‘garaklar va ularning turlari. Maktabda tasviriy va amaliy san’atdan sinfdan tashqari tadbirlar.
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» o‘qituvchisi tashkilotchi, metodist va ijodkor.
O‘qituvchilik kasbi va uning jamiyatdagi o‘rni. O‘qituvchining ma’naviy va kasbiy sifatlari. Mahoratli o‘qituvchi – dars tashkilotchisi, ilxomlashtiruvchisi. Oliy ta’limda tasviriy san’at o‘qituvchisi – san’atshunos – rassom – pedagog, uning funktsional vazifalari. Mahoratli o‘qituvchi va zamonaviy innovatsion va interfaol usullari, axborot va pedagogik texnologiyalar. O‘qituvchi faoliyatida rassom-pedagog va xalq ustalarining ilqor tajribalarini o‘rni. O‘qituvchi faoliyati psixologik sifatlarining ahamiyati.


«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» mashg’ulotlarining zamonaviy ta’limi.
O‘qituvchi faoliyatida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning o‘rni. Tasviriy san’at darslarida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalaridan foydalanish. Innovatsion va interfaol usullar. Modulli o‘qitish. Masofali o‘qitish. O‘qituvchining tasviriy ijodiy ishlari.

Tabaqalashtirib o‘qitishning moqiyati va uning turlari. Tabaqalashtirib o‘qitishning ijobiy va salbiy jiqatlari. Darajali va ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish. Individual ta’lim. Guruqli ta’lim. Tabaqalashtirilgan sinflar ta’limi. Tabaqalashtirilgan maktablar ta’limi. Tabaqalashtirilgan ta’limda tashxis o‘tkazish. O‘quvchilar bilan tabaqalashtirilgan qolda dars o‘tish metodikasi.


«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» xonasini tashkil etish va jihozlash.
Maktab va kollejda tasviriy san’at xonasining ahamiyati. Tasviriy san’at (qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya, san’at tarixi, haykaltaroshlik) xonasining jihozlari va o‘quv qurollari bilan ta’minoti. Tasviriy san’at xonasida olib boriladigan ta’limiy va tarbiyaviy ishlar. Tasviriy san’at xonasiga bo‘lgan talablar. Xonani zamonaviy ko‘rgazmali badiiy vositalar bilan jihozlashda o‘quvchilarning ishtiroki. Tasviriy san’at xonasining badiiy bezagi. Xonaning ish rejasi.
Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar

«Tasviriy san’at  va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» dasturini o‘rganish va rejalashtirish.
Maktab dasturi bo‘yicha butun o‘quv yiliga mo‘ljallangan kasb-hunar kollejlaridagi tasviriy san’atdan biron bir fan dasturiga mashg’ulot mavzularini yillik taqvimiy rejalashtirishini ishlab chiqish. Asosiy maqsad - o‘quv yilining qar bir semestri bo‘yicha dastur asosida dars mavzularini metodik jiqatdan to‘qri taqsimlab chiqishiga o‘rganishdir.
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» mashg’ulot turlariga dars bayonini va ishlanmasini tayyorlash.
Tasviriy san’at darsi uchun dars konspekti va ishlanmasini (stsenariysini) ishlab chiqish. Darsning borishini rejalashtirishga o‘rgatish, kerakli ko‘rgazmali qurollarni tanlash hamda o‘qitish usullarini belgilash.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi mashg’ulot turlariga ko‘rgazmali qurollar tayyorlash.
Mashg’ulotlarning maqsadi talabalarga mavzular asosida ko‘rgazmali qurollar tayyorlash yo‘llarini o‘rgatish (plakat, model, jadval). Har bir tayyorlangan ko‘rgazmali qurollarning maqsadini yoritib beruvchi tushuntirish xati tuziladi.

Ko‘rgazmali qurollarda mavzuni yorituvchi eng qulay usullardan foydalanish.


Pedagogik tasvirlar ishlash.
Talabalarni tasviriy san’at darslarini o‘tishga o‘rgatishning pedagogik xususiyatlaridan biri pedagogik tasvirlar ishlash malakasini hosil qilish. Pedagogik tasvirlarni xususiyati, uning turlari. qisqa muddatli qalamchizgilar bajarish. Sinf taxtasida mustaqil va erkin, ketma-ketlikda chizgilarni tasvirlash. Sinf taxtasida bo‘r bilan rasmlar ishlash mashqi.
Tasviriy san’at asarlarini badiiy ltahlil qilish.
Rassomlarning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish. Tasviriy san’at darslarida etimologik tahlil. Tasviriy san’at atamalarini o‘rgatish metodikasi. Tasviriy san’at asarlarini idrok etish. Milliy va jahon tasviriy san’at durdonalari bilan chuqurroq tanishish.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi mashg’ulotlaridan namunaviy darsni tashkil etish va o‘tkazish.
Mashg’ulotning maqsadi – talabalarni maktab yoki kasb-hunar kolleji sharoitiga tayyorgarligini tekshirish va sinf xonasidagi tashkilotchilik jarayonini takomillashtirish. Ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, nutqiy til boyligini ravon bo‘lishiga e’tibor berish. Talabalar o‘zlarini o‘qituvchi sifatida qis qilishlariga e’tibor berish va unga tayyorlash.
Seminar mashg‘ulotlarining mazmuni

Chet el tasviriy san’at o‘qitish metodlari tarixi haqida fikrlar.
Tasviriy san’at o‘qitishiga doir eng qadimgi va o‘rta asr boshlaridagi (Xitoy, Yaponiya, Koreya) ma’lumotlar va ularning ko‘rinishi. Uyqonish davrining rassomlari Leonardo da Vinchi va boshqalarning ta’limga qo‘shgan hissalarini o‘rganish.
Rossiyada tasviriy san’at o‘qitish metodlarining o‘ziga xos ko‘rinishlari.
Natural va geometral metodlari. I.D. Preysler, A.G. Sapojnikov, P.P. Chistyakov, D.N. Kardovskiylarning tasviriy san’at o‘qitish metodlari.
O‘rta Osiyo va O‘zbekistonda tasviriy san’atni o‘qitilishi.
Sharq miniatyura maktablarining tarixi va ularning o‘qitish metodlari. K.Beqzod va uning naqqoshlik maktabi. So‘g’d rangtasviri va uning O‘rta Osiyodagi miniatyura maktablariga ta’siri. Mo‘gul (Boburiylar) rangtasvir miniatyurasi hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Xozirgi zamon tasviriy san’atida miniatyura janri va ishlash usullari (Ch.Ahmarov).
Mustaqillik yillaridagi tasviriy san’atni o‘qitilishi.
Tasviriy san’at ta’lim kontseptsiyasi. “Ta’lim to‘grisida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.
Tasviriy san’at ta’limida didaktik printsiplar.
Sharq mutaffakirlarining ta’limdagi didaktik printsiplar to‘qrisidagi pedagogik qarashlari.
Muhandislik grafikasi o‘qitish metodikasi bo‘yicha:

Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Kirish.
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi” fani umumta`lim maktablarida chizmachilik fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari. Umumta`lim maktablarida chizmachilik fanini o‘qitishda gumanitar, politexnik, ijodiy, umummadaniy yo‘nalishlarni amalga oshirishning metodik usullari. Muhandislik grafikasining mehnat ta`limi, rasm, matematika, geografiya va boshqa fanlar bilan bog`liqligi.
Chizmachilik darslarini tashkil qilish va o‘qitish metodlari.
Chizmachilik darslarini tashkil qilish printsiplari. Muntazamlilik va davomiylilik, tushunarlilik, onglilik, ko‘rgazmalilik, ilmiylik. Yangi pedagogik tafakkur nuqtai nazaridan ularni maktabda chizmachilik o‘qitishda qo‘llash. O‘quvchilarda chizmachilikdan bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan intilish va ichki zaruriyatlarini orttiruvchi metodik usullar. Shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi pedagogik tajriba: kuzatish va qayd qilish metodi. Tajribalardan chizmachilik ta`limi sifatini yaxshilashda foydalanish. Tushuncha, atama(termin)larning son va sifat muammosi. Chizmachilik terminologiyasi va uni o‘qitishda to‘g‘ri tanlangan terminlardan foydalanish.
Maktab chizmachilik kursining tuzilish va mazmuni. Dars mashg`ulotlarini rejalashtirish. Darsga tayyorlanish.
Maktab chizmachilik kursi tuzilishi va mazmunining qisqacha tahlili. O‘quv materialining hajmi, mazmuni va uni o‘quv yillariga taqsimlash. O‘qituvchining darsga tayyorlanishi va unga qo‘yiladigan talablar.

Bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni hisobga olish tizimi. Chizmachilik kabinetini jihozlash.
O‘qitish vositalari va ko‘rgazmali qo‘llanmalar. Bilimlar va amaliy ko’nikmalarni hisobga olish tizimi. Reyting tizimidan, dasturlashtirilgan kartochka-topshiriqlardan foydalanish. Maktab chizmachilik kabinetining zamonaviy jihozlari. Chizmachilik kabinetida jihozlarni joylashtirish qoida va normativlari; kabinet intererini tashkil qilish (sanitariya normalari, xavfsizlik texnikasi, dizayn, ergonomika). O‘qituvchi va o‘quvchi ish o‘rnini tashkil kilish. O‘qitish vositalari va ko‘rgazmali qo‘llanmalarning turlari. Maktab chizmachilik darslarida ulardan foydalanish masalalari. O‘quv jarayonida ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanishda me`yoriylik va etarlilik printsipi.
O‘qitishning zamonaviy metodlari.
Chizmachilik darslarida qo‘llaniladigan ta`limning asosiy metodlari va ulardan o‘quv jarayonida foydalanish usullari. Chizmachilik o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv ijodiy faoliyatini faollashtirish metodlari. Chizmachilik darslarida o‘quvchilarning fazoviy va mantiqiy fikrlashlari, ijodiy tafakkuri hamda ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi masala(topshiriq)larni echish metodlari.
Umumta`lim maktablarida chizmachilik fanini chuqurlashtirib o‘rganish.
Maktablarda chizmachilik fanini chuqurlashtirib o‘rganishning maqsad va vazifalari. Chizmachilik chuqur o‘rganiladigan sinflarni tashkil qilish va undagi o‘quv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. Chizmachilik chuqur o‘rganiladigan sinf (maktab)larda tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yilishi. Chizmachilik chuqur o‘rganiladigan sinf (maktab)lardagi o‘quv dasturlari. Ularda amaliy yo‘nalish, ijodiy masalalar va olingan bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishning aks etishi.
Kasb-hunar kollejlarida chizmachilik o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Kasb-hunar kollejlaridagi grafika fanlariga qo‘yiladigan talablar. Grafika fanlarini o‘qitishda mutaxassislik yo‘nalishini hisobga olish. O‘quvchilar mustaqil ishlari uchun grafik topshiriqlarni tuzish metodikasi.
Chizmachilikning asosiy mavzularini o‘rganish metodikasi.
Chizmalarni taxt qilish qoidalari va geometrik yasashlarni o‘rgatish. Proektsiyalash asoslari va to‘g`ri burchakli proektsiyalar mavzularini o‘rgatish. VIII sinfda chizmachilikdan tanishtirish darsini tashkil qilish. O‘quvchilarni chizma standartlari bilan tanishtirish va chizmani taxt qilishga o‘rgatish. O‘quvchilarni geometrik yasashlarni bajarishga o‘rgatish. Tsirkul va lekalo egri chiziqlarini bajarish. To‘g`ri burchakli proektsiyalar metodini o‘rgatish usullari: a) bosqichma-bosqich o‘rgatish; b) birdaniga uchta o‘zaro perpendikulyar proektsiyalar tekisligiga proeksiyalash usuli. O‘quvchilarni aksonometrik proektsiyalar va texnik rasmlar bilan tanishtirish. Chizmalarga o‘lcham qo‘yishni o‘rgatish metodikasi. Aksonometrik proektsiyalarning chizmachilikka o‘rgatishdagi ahamiyati. Model va plakatlardan foydalanish metodikasi. Texnik rasm bajarish va uni pardozlash (soyalash) usullariga o‘rgatish metodikasi. Chizmalarga o‘lcham qo‘yish va ba`zi shartliliklarni o‘rgatish metodikasi. O‘lcham qo‘yishda detal tayyorlash texnologik jarayonini hisobga olish. O‘quvchilarni kesim va qirqim bajarishga o‘rgatish. Detal chizmalarini o‘qishga o‘rgatish metodikasi. O‘quvchilarda kesim va qirqim tushunchalarini shakllantirish usullari: dinamik modellar va plakatlardan foydalanish; mavzuni qiziqarli masalalar echish bilan mustahkamlash. Kesim va qirqim o‘rtasidagi farq va chizma bajarishda ularning qo‘llanilishini tushuntirish metodikasi. Detal chizmasini o‘qishga urgatish: model va detallardan foydalanish; buyum shaklining geometrik tahlili; chizma bo‘yicha modellashtirish. Mashinasozlik chizmalarini o‘qish va bajarishga o‘rgatish metodikasi. Ajraluvchi va ajralmas birikmalar chizmalarini o‘qish va bajarishga o‘rgatish. Umumiy ko‘rinish chizmalarini o‘qish va detallarga ajratishni o‘rgatish. Sxemalar va qurilish chizmalarini o‘qishni o‘rgatish. O‘quvchilarni sxemalar turlari, ishlatilish sohalari va bajarilishning umumiy qoidalari bilan tanishtirish. Sxemalarni bajarishda o‘quvchilar yo‘l quyadigan tipik xatolar. O‘quvchilarni qurilish chizmalari va ularning mashinasozlik chizmalaridan farqlari bilan tanishtirish. Qurilish chizmalarini o‘qish tartibi.
Grafik va diagrammalar.
Grafik va diagrammalar, ularning turmushda va o‘quv jarayonida qo‘llanilishi. Chiziqli grafik, ustunli va sektorli diagrammalarni bajarish metodikasi. Grafik va diagrammalarni mavzuli chizma va rasm bilan badiiy bezash usullari.

Chizma bajarishda o‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar.
Chizmachilik kursining asosiy mavzularini o‘rganishda o‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan tipik xatolarni aniqlash va tahlil qilish (aksonometrik proektsiyalar, o‘lcham qo‘yish, kesim va qirqim). Xatolarning yo‘l qo‘yilish sabablarini tahlil qilish. O‘quvchilar chizmalarini tekshirish.
Sinf doskasida bo‘r bilan ishlash.
Sinf doskasida eskiz, rasm, yozuv va chizma bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari.Sinf doskasida bo‘r bilan ishlashda chizma (sinf) asboblaridan ratsional foydalanish usullari. Tasvirlarni doskada to‘g`ri joylashtirish usullari.


Avtomatlashtirilgan o‘qitish dasturlari. Kompyuterdan chizmachilik darslarida foydalanish metodikasi.
Chizmachilik o‘qitishda foydalanish tavsiya qilinadigan avtomatlashtirilgan o‘qitish dasturlari va ularning turlari. Avtomatlashtirilgan o‘qitish dasturlaridan foydalanish metodikasi. Shaxsiy kompyuter mashina grafikasi vositali chizmachilik bo‘yicha avtomatlashtirilgan o‘qitish dasturlarining asosiy printsiplari va ularni loyihalash metodikasi.
«O‘qituvchi omili» muammosi. Chizmachilik o‘qituvchisi shaxsi.
Shaxsiy ta`sir, o‘qituvchi obro‘si, pedagogik mahorat, pedagogik xushmuomalalik va pedagogik texnika tushunchalari. Chizmachilik o‘qituvchisi. Uning shaxsiy va kasbiy sifatlari. Ikki xil chizmachilik o‘qituvchisi: gumanist-o‘qituvchi va ma`lumot etkazuvchi (nazoratchi)- o‘qituvchilar faoliyati tahlili. Ta`lim jarayoniga texnokratik yondashuv: a) o‘qituvchi tomonidan, b) o‘quvchi tomonidan.
Chizmachilikdan maktab darslarini loyihalash va modellashtirish.
Ta`limning ijodiy metodlari: tadqiqot, xususiy qidirish evristik), muammoli, muloqot, o‘yin, loyiha, loyiha-rekonstruktorlik va x.k dan foydalanib chizmachilik darslarini ishlab chiqish. Ijodiy metodlar va o‘qitishning zamonaviy vositalarini qo‘llab dars konspekti (bayoni)ni tuzish. Ta`limning asosiy kontseptual asoslari: insonparvarlik; aqliy va ijodiy.
Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashg`ulotlarda talabalar chizmachilik darslarini tashkil etishda va o‘tkazishda zarur bo‘ladigan amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Amaliy mashg`ulotlarning tahminiy tavsiya etiladigan mavzulari:

1. Chizmachilik bo‘yicha maktab dasturi, darsligi, standartlar va qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanishish. «Qiziqarli chizmachilik», «Chizmachilik darslarida ijodkorlik», «Chizmachilikdan didaktik uyinlar», «Yaqqol geometriya». O‘quv qo‘llanmalari, topshiriqlar to‘plamlari, ko‘rgazmali qo‘llanmalar va ulardan darsda foydalanish.

2. Sinf doskasida rasm, chizma va eskiz bajarish. Sirt hajmini modellashtirish usullaridan foydalaniladi.

3. Tanlangan mavzu bo‘yicha muammoli o‘qitish metodlaridan foydalanib va barcha o‘qitish vositalari (metodik ta`minot) ni tayyorlagan holda darsning reja-konspekti (bayon) ni tuzish. Doskada namoyish qilinadigan plakatlar, maketlar va h.k.larning eskiz shaklidagi to‘liq ishlanmalari va dars stsenariysi ishlanmasi.

4. Loyihalangan rejaga asosan maktabda chizmachilik darsi (yoki uning bir qismi) ni o‘tish (modellashtirish). Ta`limning ijodiy metodlaridan foydalaniladi.

5. Ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash. Tayyorlangan qo‘llanmani himoya qilish paytida talaba uning didaktik ahamiyati va estetik sifatini tahlil kilib beradi.

6. Chizmachilikdan dasturlashtirilgan dars o‘tishni loyihalash. O‘quvchilar bilimini baholash (reyting nazoratlari) uchun kartochka topshiriqlar tuzish. Dasturlashtirilgan dars loyihasini tayyorlash (tanlangan mavzu bo‘yicha).

7. Chizmachilik darslarida ijodiy masalalardan foydalanish.

Ijodiy masalalarning turlari va ularni tuzishga qo‘yiladigan talablar; ijodiy jarayon, ijodiy masalalarni tahlil qilish va echish bosqichlari. Tanlangan mavzu bo‘yicha ijodiy masala tuzish

8. Grafikadan fakultativ mashg`ulotlar turlari va ularni tashkil qilish. Mahalliy sharoit va imkoniyatlarni hisobga olib; dizayn, badiiy loyihalash, badiiy-bezak san`ati (xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha), xalq amaliy bezak san`ati, qurilish chizmalari va me`morchilik asoslari, yo‘nalish bo‘yicha fakultativ mashg`ulotlar. Mashg`ulotlar uchun ishchi-rejalar tuzish.

9. Chizmachilikdan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish. Tematik kechalar; sayohatlar, to‘garaklar, olimpiadalar, tanlov va viktorinalar, ko‘rgazmalar uyushtirish.

10. O‘quvchilarni aksonometrik proektsiya, texnik rasm bajarish va o‘lcham qo‘yishga o‘rgatish metodikasi. Har xil detal modellari, aksanometriya turi .

11. O‘quvchilarda kesim va qirqimlar bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash usullari. Kesim va kirkim urtasidagi farqni tushintirish.

12. Mashinasozlik chizmalarini o‘qish va bajarishga o‘rgatish. Oddiy detal va yigish birliklari va ularning chizmalari.

13. Chizmalarni bajarishda o‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar. Tipik xatolar taxlili

14. Yarim yillik jadvalli-mavzuli reja tuzish. Umumta`lim maktablari yoki kasb-hunar kollejlari dasturi va darsligiga asosan jadvalli mavzuli reja tuziladi.

15. Chizmachilik kabinetini jixozlash loyixasini tuzish. Eskiz shaklida.

16. Chizmachilikdan dars o‘tishni mashq qilish (yoki darsning bir qismi). Dars guruhda o‘tib, talabalar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

Grafik ishlarning mazmuni.

1. Yarim yillik mavzuli va tasvirli reja tuzish.

2. Berilgan mavzu bo‘yicha darsni ilmiy va uslubiy ishlab chiqish.

3. Shu darsga oid ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar ishlanmasi.

4. Berilgan mavzu bo‘yicha darsning bayonini tuzish.

5. Ko‘rgazmali qurol eskizini tayyorlash.


Kurs ishini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanlari bo‘yicha bajariladigan kurs ishi talabalarda tanlagan mavzusi bo‘yicha adabiyotlarni, ya`ni darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalarni izlab topish va ular bilan ishlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu jarayon talabaning ilmiy metodik tayyorgarligini oshiradi va mustaqil ijodiy ishlash faoliyatini rivojlantiradi. Shuningdek, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, hamda bevosita pedagogik jarayonda uni qo‘llay olishdan iborat. Kurs ishi mavzulari bevosita ishlab chiqarish ya’ni, o‘rta umumta’lim maktablari va kasb hunar kollejlarida pedagogik jarayonga boqliq holda ishlab chiqiladi va har bir talabaga alohida shaxsiy topshiriq beriladi

Tasviriy san’at  bo‘yicha kurs ishi mavzusi sifatida ma’lum bir davrning san’at tarixi, mashhur haykaltarosh yoki rassomning hayoti va ijodi, tasviriy san’atdagi turli oqim va yo‘nalishlar mavzusi uluq rassom va ijodkorlarning mashhur asarining ltahlili shaklida bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun ham o‘qituvchi kurs ishini taqsimlash va tushuntirish uchun o‘quv rejasida ajratilgan 4 soat ichida kurs ishining mohiyati, tadqiqot olib borish usullari va adabiyotlar bilan ishlash, ya`ni ularda masalaning qo‘yilishi, nima ish qilinganligi, ularning mavjud ishlardan farqi, taklif yoki tavsiya qilinayotgan usullarni ajrata olish haqida batafsil tushuntirish nazarda tutiladi.

Kurs ishi:

- talabada tanlangan mavzu bo‘yicha o‘z nazariy bilimini chuqurlashtirishi;

- psixologik-pedagogik, metodik va o‘quv materiallarini tahlil qilish malakasini o‘zlashtirshi;

- pedagogik eksperimentni rejalashtirishi, tayyorlashi va o‘tkazishi;

- eksperiment natijalariga ishlov berish malakasini egallashi;

- nazariy va eksperiment natijalarini umumlashtirish malakasini egalashga imkon yaratadi.

Kurs ishi talaba tomonidan bajarilgan kichik ilmiy tadqiqot ishi hisoblanadi, shuning uchun ham mavzuning dolzarbligi va bajarilgan ishning sifatiga qarab talabalarning ilmiy anjumanlariga tavsiya etilishi yoki bo‘lg`usi diplom ishiga asos qilib olishiga maslahat qilinishi mumkin.

Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va o‘kuv yilining boshida shu o‘quv yili uchun tasdiqlanadi. Talaba o‘zini qiziqtirgan mavzuni tanlab olgandan so‘ng, bu mavzu bo‘yicha ish rejasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun kafedraga taqdim etadi. Talabaning tanlagan kurs ishi mavzusi tasdiqlangandan so‘ng kafedra unga ilmiy rahbar tayinlaydi. Endi talaba kurs ishini o‘z ilmiy rahbarining bevosita rahbarligida bajara boshlaydi. Kurs ishi A-4 (210-297) format qog`ozida bajariladi. Matn joylari tushunarli, aniq yozilishi, agar imkoniyati bo‘lsa, yozuv mashinkasida bosilishi yoki kompyuterda terilishi lozim. Bajarilgan chizmalar davlat standarti talablariga to‘la javob berishi va ular varaqlarda oqilona joylashtirilgan bo‘lishi shart.

Kurs ishi risola shaklida bo‘lib, unda sarvaraq, mundarija, matn, adabiyotlar ro‘yxati va ilova o‘rin oladi.


Kurs ishining tahminiy mavzulari:
1. Tasviriy san’at fanining o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlaridagi o‘rni va ahamiyati.

2. Kasb-hunar kollejlarida tasviriy san’at dasrlarining samaradorligini oshirish usullari.

3. Tasviriy san’at darslarida noan’anaviy usullardan foydalanish.

4. Tasviriy san’at darslarida axborot texnologiyasidan foydalanish.

5. Tasviriy san’at darslarida O‘zbekiston rassomlarining ijodini o‘rgatish metodikasi.

6. Tasviriy san’at darslarida O‘zbekiston tarixiy obidalarining tarixini talqin etish yo‘llari.

7. Kasb-hunar kollejlari tasviriy san’at darslarida ranglar bilan ishlashning o‘ziga hos xususiyatlari.

8. Tasviriy san’at darslarida ko‘rsatmali qurollarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari.

9. Tasviriy san’at darslarida talabalarning ijodiy qobilyatlarini shakllantirish.

10. Kasb-hunar kollejlarida chizmachilik fanidan to‘garak ishlarini tashkil etish metodikasi.

11. «Yig`ish chizmalsini bajarish» mavzusini o‘qitish metodikasi.

12. «Tutashma» mavzusini o‘qitish metodikasi.

13. Kesim va qirqim bajarishda yo‘l qo‘yiladigan tipik xatolar va ularning oldini olish omillari.

14. Kasb-hunar kollejida qurilish chizmalari mavzusini o‘qitish metodikasi.

15. Aylanani muntazam bo‘laklarga bo‘lish mavzusini o‘qitish metodikasi.

Pedagogik amaliyotning mazmuni.
Pedagogik amaliyotning mazmuni uni o‘tkazish vaqti va tartibi pedagogika oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejasiga asosan amalga oshiriladi. Unda:


  • umumiy o‘rta ta`lim va o‘rta maxsus ta`limdagi tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta`limi mazmuni, davlat ta`lim standartlari, fan dasturlari bo‘yicha ish yuritish;

  • tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlarining sinflar va kurslar bo‘yicha o‘quv rejalarida joylashtirish;

  • sinf-dars tizimiga rioya qilgan holda tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlari bo‘yicha plan-konspekt, kalendar-plan asosida dars o‘tish;

  • an`anaviy va zamonaviy metod hamda texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash;

  • tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlarini o‘qtish chog`ida tarbiya ishlarni olib borishni bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.

Pedagogik amaliyot davrida o‘quv va tarbiya jarayonini tashkil qilish ishlari yaxlit mavzuli guruhlarga va bosqichlarga birlashadi. Ular o‘zaro boqliq bo‘lib bir-birini to‘ldiradi va boyitadi. Bu bilan pedagogik amaliyotining asosiy mazmuni tarkib topadi.
Tashkiliy ishlar
- amaliyotga baqishlangan anjumanda qatnashish, umumiy vazifalar bilan tanishish va tashkil etish.

- amaliyot o‘tadigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari yoki kasb-hunar kollejlari bilan yaqindan tanishish. O‘quv yurtining raqbariyati, tasviriy san’at fani o‘qituvchilari va guruq raqbarlari bilan suqbatlashish.

- tasviriy san’at xonasidagi jiqozlar, bezaklar, dars uchun mavjud bo‘lgan o‘quv plakatlari, modellari, ko‘rgazmali qurollari va buyumlari bilan tanishish.

- metodist - o‘qituvchi rahbarligida tegishli ish yuritish hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish:

- o‘quv yurtining birinchi yarim yillik uchun o‘quv va tadbirlar rejasini o‘rganish;

- tasviriy san’at o‘qituvchisining amaliyot davridagi ish rejasi bilan tanishish;

- guruh murabbiysining tarbiyaviy ish rejasini o‘rganish;

- fan o‘qituvchisining ishchi dasturini o‘rganish;

- amaliyotchi-talabalar o‘quv, tarbiyaviy, metodik ishlari uchun shaxsiy rejalarni tuzish.

- talabalarni o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish maqsadida darslariga kirish va tahlil qilish.


O‘quv - tarbiyaviy ishlar
- kasb-hunar kollejlarida tasviriy san’atdan tajribali o‘qituvchilar darslarini kuzatish va tahlil qilish. Bu bilan amaliyot o‘tadigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish jarayonlarini tashkil qilishni tasavvur qilish. Darsning maqsad va vazifalarini belgilash.

- pedagogik tajribani umumlashtirish maqsadida amaliyotchi - talabalar o‘z guruhdoshlarining darslarini kuzatishi va hulosa chiqarishi.

- amaliyot davrida tasviriy san’at fanining o‘quv dasturini bo‘lim va mavzular bo‘yicha rejasi va o‘rnini belgilash.

- namunaviy darslar uchun ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va didaktik materiallar to‘plash.

- kundalik ish rejasini tuzish.

- namunaviy darslar o‘tish.

- ilmiy seminarlarda, metodik kengashlarda ishtirok etish, ilmiy-metodik, bitiruv malakaviy ishning mazmunini, amaliy o‘rnini belgilashni rejalashtirish va unga oid materiallarni to‘plash. Yakuniy hisobot uchun tegishli hujjatlarni yig’ib borish.

Pedagogik, psixologik bilimlar asosida tarbiyaviy ishlarni olib borishi uchun mavjud muhit bilan tanishish:

- o‘qituvchilarning kundaliklari bilan tanishish;

- guruh jurnalini tahlil qilish orqali o‘quvchilarni bilimlarini o‘rganish;

- o‘quvchilarni tasviriy san’at faniga bo‘lgan qiziqishini, qobiliyatini, ixtidorli o‘quvchilar shaxsini va ijodkorligini tashxislash;

- o‘quvchilarning dars vaqtidagi faolligini, pedagogik va psixologik xususiyatlarini;

- o‘quvchilar va ularning ota-onalari, o‘qituvchilari bilan suhbatlashish asosida bir o‘quvchi shaxsiga va guruhga pedagogik - psixologik xarakteristika tuzish.

- sinf murabbiylarining tarbiyaviy ishlar rejasi bilan tanishish va butun amaliyot davrida bajariladigan shaxsiy rejani tuzish. Tarbiyaviy ishlarni kuzatish va ularda bevosita ishtirok etish.

- o‘ziga biriktirilgan guruqning tarbiyaviy ish rejasini tuzish.

Tarbiyaviy soat mashg’ulotini o‘tkazishni o‘rganish:

Sinf yoki auditoriyadan tashqari tarbiyaviy ishlarni uyushtirishni o‘rganish.

- to‘garak ishlarini tashkil etish va uni o‘tkazishni o‘rganish. Tarbiyaviy ish rejasiga ko‘ra o‘qituv rahbarligida tarixiy kunlarni, tadbirlarni va kechalarni o‘tkazish.

- tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlash, ularning yashash sharoitlari bilan tanishish va suhbatlashish.

- ma’naviy - ma’rifiy ishlar rejasining bajarilishida murabbiyga yaqindan yordam berish.


Metodik ishlar
- pedagogik amaliyot davrida ilmiy va metodik ishlarda faol qatnashishi. O‘qituvchi va kursdoshlarining ta’lim-tarbiya ishlaridagi tajribalarini va o‘zining amaliyot davridagi faoliyatini doimo tahlil qilib borish.

- pedagogik kengashlarda va metodik birlashmalarda; ilmiy seminar va anjumanlarda qatnashish. Ilmiy – metodik ma’ruzalar qilish.

- kurs va bitiruv malakaviy ishlar uchun materiallar to‘plash, pedagogik amaliyotga baqishlangan yakuniy yiqilishda ilmiy va metodik fikr-muloqazalar bilan ishtirok etish. qisobot qujjatlarini tayyorlash.

- amaliyot davrida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, metodik ishlar yuzasidan kursdoshlari davrasida ma’ruza qilish.


Mustaqil ta`limni tashkil etishning shakli va mazmuni
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanlaridan nazariy va amaliy mashg`ulotlar o‘tish davomida talabalarni ijodiy jarayonga yo‘naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o‘rgatish, mashqlar bajarish. O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Malakaviy amaliyotni o‘tish chog`ida yangi texnika, jihozlar, keng ko‘lamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o‘rganish.

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan xolda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:



  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma`ruzalar qismini o‘rganish;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqod ishlarini bajarish bilan bog`liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur

  • faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalanaladigan o‘quv mashg`ulotlari;

  • masofaviy (distantsion) ta`lim o‘rganish;



Mustaqil ta`limga tavsiya etiladigan mavzularning tahminiy rejasi

Tasviriy san’at  bo‘yicha:
1. Usta rassom va pedagoglarning qalamtasvir va grafika bo‘yicha yaratgan asarlarini tahlil qilish;

2. Tasviriy san`atning asosiy qonun va qoidalarini namoyish etuvchi plakatlarni o‘rganish;

3. Tasviriy san`atga oid maxsus adabiyotlarni mutolaa qilish;

4. Tabiat qo‘ynida chiziqli va havo perspektivasini qo‘llagan holda qalamchizgi va qoralamalar ishlash;

5. Rassomlar ustaxonalari, ko‘rgazma zallari va galereyalarga tashrif buyurish, hamda ulardan nushalar olish;

6. Shakllarni chiziqli konstruktiv qurilishini tasvirlashga oid mashqlar bajarish (Geometrik shakllar misolida).

7. Bosh suyagi yuz qismi bo‘laklarining o‘ziga hosligi va tuzilishiga oid tasvirlar ishlash.

8. Tasviriy san`at fanidan o‘quv dasturi bo‘lim va mavzulari bo‘yicha ish rejasi tuzish.

9. Namunaviy darslar uchun ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va didaktik materiallar to‘plash. (ma`ruza matnlari tayyorlash, qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiyadan ko‘rgazmali qurollar tayyorlash).

10. Kundalik mashg`ulot ish rejasini tuzish.


Muhandislik grafikasi bo‘yicha:
1. Chizmachilik bo‘yicha maktab dasturi, darsligi, standartlar va qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanishish.

2. Yarim yillik jadvalli-mavzuli reja tuzish.

3. Tanlangan mavzu bo‘yicha muammoli o‘qitish metodlaridan foydalanib dars bayonini tuzish.

4. Chizmachilik darslarida ijodiy izlanish talab qiladigan masalalar tuzish.

5. Grafikadan fakultativ mashg`ulot turlari va ularni tashkil qilish formalari.

6. Chizmachilik kabinetini jixozlash.

7. O‘qitishning zamonaviy metodlari.

8. O‘qitish vositalari va ko‘rgazmali qurollar.

9. Tanlangan mavzuga oid plakat va model yasash.

10. Chizmachilikdan didaktik o‘yinlar.

11. Chizmalarni bajarishda o‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar.

12. Model va plakatlardan foydalanish metodikasi.

13. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi va unga qo‘yiladigan talablar

14. O‘qituvchi va o‘quvchi ish o‘rnini tashkil qilish.

15. Umumta`lim maktablarida chizmachilikni chuqurlashtirib o‘rgatish.

16. Chizmachilikdan to‘garak mashg`ulotlarini tashkil qilish.

17. O‘quvchilarni aksonometrik proektsiya bajarishga o‘rgatish.

18. O‘quvchilarda kesim va qirqimlar bajarish bo‘yicha bilimlarni mustaxkamlash usullari.


Dasturning informastion-uslubiy ta’minoti
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-komunikastiya texnologiyalari qo‘llanishi nazarda tutilgan. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda quyidagi ashyolar bo‘lishi zarur:

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasiga oid plakatlar, tasvirlash qonun-qoidalarini namoyish etuvchi plakatlar, o‘zbek va jahon san’ati namoyandalarining badiiy asarlaridan namunalar, inson skeleti va bosh suyagining namunalari, bakalavr va magistrantlarining bitiruv ishlaridan namunalar va b. bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Shuningdek, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar va ma’ruza matnlari, elektron adabiyotlar va tasvirlar, elektron materiallar, tasviriy san’at atributlaridan to‘la foydalaniladi. Etuk o‘zbek va xorijiy tasviriy san’at usta rassomlarining jahon miqyosida tan olingan san’at asarlari namunalari, hamda metodik jiqatdan mukammal reproduktiv ishlari; zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan qolda mashg‘ulotlar tashkil etish; talabalarga mashg’ulot o‘tishda milliy san’at namunalaridan foydalaniladi. Buyuk san’at ustalari va ularning ijod etish jarayonlarini aks ettirishga bag‘ishlangan kino lentalari, chop etilgan namuna va elektron versiyalaridan keng foydalaniladi

Talabalarning tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi fani borasidagi amaliy bilimlari va malakalarini rivojlantirish, hamda individual ishlash uchun amaliy mashg‘ulotlar kichik guruhlarda olib borilishi zarur.

“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi”ga oid bo‘lgan qadimgi rassomlarning ijodiy ishlaridan namunalar, ular asarlaridan reprodukstiyalar, hozirgi zamon akademik rangtasvir san’atiga oid namunalar, grafik reprodukstiyalar, kompakt disklar, talabalar ishlagan o‘quv mashq ishlari namunalaridan tayyorlangan ko‘rgazmali qurollardan samarali foydalanish kerak.
Didaktik vositalar
- jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska-hitachi, LCD-monitor, elektron ko‘rsatgich (ukazka).

- kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Dell tipidagi proyektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko‘z (glazok).


Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmlar
1. Abdirasilov S. “Tasviriy san`at va uni o‘qitish metodikasi”. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent. Ilm-Ziyo, 2011.

2. Abdirasilov S. “Tasviriy san`at o‘qitish metodikasi”. Darslik. – Toshkent. «Fan va texnologiya», 2012.

3. Abdirasilov S., Tolipov N. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. (amaliy mashg‘ulotlar). O‘quv qo‘llanma. – T.: «Aloqachi», 2007.

4. Ro‘ziev E.I., Ashirboev A.O. “Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi”. – Toshkent. Ilm-Ziyo 2010.


Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Ashirbaev A. «Chizmachilik». – T.; «Yangi nashr», 2008.

2. Abdirasilov S., Boymetov B., Tolipov N. «Tasviriy san`at». - T.: Ilm-Ziyo, 2006.

3. Abdirasilov S., Tolipov N. «Rangtasvir». -T.: Bilim, 2005.

4. Boymetov B., Abdirasilov S. “Chizmatasvir”. - T.: G‘.G‘ulom, 2004.

5. Ражабов Р.K. Тасвирий санъат ўқитиш методикаси. T.: 2008.

6. Рахманов И.Т. «Чизмачиликдан дидактик ўйинлар». – T., «Ўқитувчи». 1992

7. Рахманов И.Т. «Чизмаларни чизиш ва ўқиш». – T.:, «Ўқитувчи», 1992.

8. Исаева М.Ш. «Чизмачиликдан топшириқлар». – T.:, «Ўқитувчи», 1992.



Elektron ta’lim resurslari
1. www. tdpu. uz

2. www. pedagog. uz

3. www. Ziyonet. uz

4. www. edu. uz





Yüklə 157,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin