Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg’ulotlarida talabalar o’tilgan mavzular bo’yicha o’zlaridagi bilim va ko’nikmalari hamda malakalarini amaliy jihatdan mustahkamlab boradilar.
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda darslik va uslubiy qo’llanmalar asosida bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali o’quv vositalarni tayyorlash tavsiya etiladi.
Seminar mashg’ulotlari mavzulari:
Ijtimoiy ishda statistikaning nazariy asoslari
Ijtimoiy statistika ko’rsatkichlari tizimi
Statistik kuzatish ijtimoiy ishning usuli sifatida
Ijtimoiy ishda svodkalash va guruhlashni qo’llash
Ijtimoiy statistikada indekslar va ularni qo’llash
Ijtimoiy statistikada o’rtacha miqdorlar va variatsiya ko’rsatkichlari
Ijtimoiy statistikada dinamik qatorlar
Ijtimoiy hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni statistik o’rganish
Ijtimoiy ishda aholi statistikasi
Ijtimoiy jarayonlar statistikasi
Ijtimoiy ishda mehnat bozori statistikasi
Aholi turmush darajasi statistikasi
Aholi salomatligi statistikasi
Aholining ijtimoiy tarkibi, shaxs, oila va mehnat jamoasi statistikasi
Aholining bo’sh vaqti va uning sarflanishi
Aholining turmush tarzi va turmush daraj
Ahloqiy statistika
Ta`lim statistikasi
Izoh: Talabalar mana shu mavzularning kamida 10 tasini bajarishi kerak.
Mustaqil ta`limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqilta`limquyidagi shakllarda tashkil etiladi:Ta`lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni, o’qitishning interfaol usullarini qo’llash talaba tomondan mustaqil tanlanadi. Talabalarning mustaqil ta`limini tashkil etish tizimli tarzda, ya`ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga oshiriladi. Talaba olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o’zlashtirishi uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak.
mavzularni normativ-huquqiy hujjatlar va o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;
mavzular bo’yicha referat tayyorlash;
seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;
ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash;
fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash;
amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;
o’rganilayotgan mavzu bo’yicha asosiy ilmiy adabiyotlarga annotatsiya yozish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |