bo’limi yuritadi). Bolalarga albatta doimiy ko’z-quloq bo’lib turish kerak. Negaki,
ular o’yinqaroq bo’lishadi: tinib-tinchimaydilar, qoyalardan qoyalarga sakrashadi,
suvga sho’ng’iydilar, nam polda sirpanib o’ynaydilar, boshqa sho’xliklar qiladilar.
Xuddi shunday ichib olib, narsalarini yo’qotgan yashovchilarga ham ehtiyot bo’lish
lozim. Ular boshqalarning tinchini buzib, ma’lum xavf-xatar tug’dirishlari mumkin.
Eski pianinoni sindirsayu, xizmat ko’rsatuvchi xodim polisiyani kelishini kutib
o’tirsa, albatta bu boshqa mijozlar ko’z o’ngida muassasa nufuzini oshirmaydi.
O’g’irlik – mehmonxona biznesi yiriq muassasalarida bosh muammo. Tez-tez
mijozlarning har xil buyumlari yo’qolib turadi: masalan, pichoq buyumlari, idishlar,
choyshablar va hatto televizorlar. Ayrim mijozlar bodavlatligiga qaramay, o’zlarini
o’g’irlikdan tiyib turishaolmaydi. Sidneydagi hashamatli restoranlardan birida
kumush buyumlarni sumkasiga solib qo’ygan ayol voqyeasi inson tabiatining
ajobtovur tomonlariga misol bo’la oladi.
Kumush tuzdon va pichoq uning sumkasiga qanday kirib ketganini sezgan
ofisiantlar, bu haqda restoran menejeriga aytadilar va nima qilish kerakligini
so’raydilar. Menejer restoran egasiga bo’lgan voqyeani tasdiqlab, hisob-kitob taqdim
etadi va agar buyumlar qaytarilsa hisob kamaytirilishini aytadi. Xo’jayin to’lashga
qaror qildi va ofisiantlarga xushyorliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shunday qilib, kuzatuv va quyidagi standart yumush o’g’irlikka qarshi eng
yaxshi usul. Xushyorlik bilan kuzatish deganda qarovsiz qolgan narsalarni ilg’ash,
yoki aytaylik, ko’lmakka tushgan elektr simi yoki chiqindi korzinkasidan
chiqayotgan tutunni sezish tushuniladi. Ochiladigan va yopiladigan eshiklar sistemasi
bizning davrimizda tobora murakkablashib bormoqda. Juda ko’p mijozlar va
xodimlar ichkariga kirish uchun kredit kartochkasini eslatuvchi kalitlardan
foydalanishadi. Individual kod har safar mijoz mehmonxonani tark etgan zahoti
almashtiriladi. Shuning uchun ham bunday kalitlar, yashovchi xususiy byumularini
samarali himoya qiladi. Shuning uchun kalitni juda ehtiyot qilish zarur. Mehmonxona
xodimlari kalit so’ragan har bir notanish kimsani sinchiklab kuzatishlari lozim. “45
xona kalitini olishim mumkinmi?” degansavolga: “Marhamat, ismingizni aytsangiz”
deyish kerak.
86
Xuddi shunday siz yashovchilar ismi-sharifini aytmasligingiz yoki ular
turadigan xona raqamini hammaga bildirmasligingiz zarur. Ko’pchilik mijozlar bu
ehtiyotkorlikni ma’qullaydilar. Bir xonimning eri xotinidan ikki kun keyin kelib,
uning xonasiga to rafiqasining o’zi kelib, erining shaxsini tasdiqlamaguncha
ichkariga qo’yilmagani hal bo’lgan.
Shular qatorida tahdid tug’ilganida, ayniqsa ekstremal vaziyatlarda quyidagi
choralarga amal qilish zarur:
Dostları ilə paylaş: