O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə100/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

To’qqizinchi qoida. Turist nimaga to’lashini, qanday e’tirozlar bildirishi
mumkinligini bilish kerak.
Sug’urta bilan birinchi telefonda so’zlashuv chog’ida barcha tibbiy xizmatlarga
qanday tarzda to’lanadi, aniq bilib olish lozim. Odatda, mijoz pul nuqtai nazaridan
qaraydigan bo’lsa yoki to’lashga qurbi yetsa avval hammasini o’zi to’laydi agar
bunga ikoni bo’lmasa, boshlang’ich xarajatlarni turfirma guruh rahbari nomidan o’z
zimmasiga oladi. Hali aytib o’tilganidek. Davolanish juda qimmat (oyoq yoki qo’l
sinishi Kiprda jabrlanuvchiga $1,0 mingdan, AQShda $15,0 mingacha, infarkt yoki
insult Turkiyada $100,0 ming, AQShda undan ko’proq, oshqozon yarasi, siydik
yo’lidagi tosh kabi surunkali kasalliklar xuruj qilganda, Ispaniyada $1,0-2,0 ming,
AQShda $20,0 mingacha tushadi).
O’z-o’zidan tushunarli, hamma sayohatchilarda yoki hamma tur guruh
rahbarlari (yetakchilari)da ham buncha pul bo’lavermaydi. Agar bo’lmasa, turist
darhol bu haqda sug’urta kompaniyasiga aytishi kerak. U zudlik bilan turistga
yordam ko’rsatishga tayyor klinika bilan bog’lanib kredit berishni kelishib oladi va
194



davolanishga pul o’tkazadi. “O’zining mablag’i”ga keladigan bo’lsak, chet elga


jo’nab ketayotganda maqsadli mo’ljallarga atab har bir katta yoshdagi odamga $200-
300, har bir baloga $400 tibbiy xarajatlar uchun pul olish maqsadga muvofiq. Uyga
qaytilgandan keyin sug’urtalovchi bu pullarni qaytarib beradi.
Yanada qimmatroq tibbiy yordamlar chog’ida sug’urta kompaniyasi kerakli
summani bevosita vrachga yoki tibbiy muassasaga o’tkazadi.
Hamma hisob va kvitansiyalarni to’plab, varaqga tikib uyga olib kelish kerak.
Turist sug’urtani rasmiylashtirgan mamlakatda tibbiy muassasa yoki xususiy vrach
bergan hisob tekshirib ko’rilgach (turist to’lagan summa, tashxis, vrach ismi, bank
hisob raqami, manzili ko’rsatilgan), “pay-and claim” degan yumush bajariladi:
sug’urtalanganga xarajat qilingan pul qaytarib beriladi. Shuningdek, turistga transport
xarajatlari qoplamasi, masalan, taksi bilan mehmonxonalardan gospitalga, keyin esa
gospitaldan aeroportga olib borishga sarflangan pul to’lanadi.
O’ninchi qoida. Turist biror ish qilishdan oldin, maslahatlashishi lozim.
Turist hatto og’ir betob bo’lib qolganida ham sug’urta kompaniyasi bilan
maslahatlashmasdan uyiga uchib ketmasligi kerak. Chunki turistga sug’urta holati
bo’lib tuyulgan holat darhol uyiga qaytishga to’g’ri kelganini sug’urtalovchi mutlaqo
boshqacha baholashi mumkin. Mana misol, oshqozondan qon ketishni olaylik. Ahvol
jiddiy, qonni joyida to’xtatish kerak, yo’qsa samolyotda ahvoli battar yomonlashadi.
Prinsip jihatidan sug’urta kompaniyasi xarajatlarni to’lashga ham, javobgarlikni
bo’yinga olishga ham tayyor, lekin turistning o’z boshimchalik bilan qilgan harakati
bularni hammasini chippakka chiqaradi.
Shunday ekan, oxirgi pulni sarflab aeroportga yugurishdan oldin sug’urta
kompaniyasi bilan xabarlashish kerak, bunday qaytish ma’qullanishi va mahalliy
vrach xulosasi (turist kasal bo’lib qolgan joydagi) kompaniya vrachnikiga mos kelsa,
tegishli ravishda faqat shungagina haq to’lanishi mumkin.
Bundan tashqari, begona tildagi xujjatga imzo chekmaslik kerak. Shunday
voqyea bo’lgan. Italiyada kasalxonaga tushgan o’zbek turisti italyan tilidagi hujjatga
imzo chekan. Bu standart tibbiy sertifikat, hyech qanday noqonuniy joyi yo’q deb
ishontirishgan. Keyin aniqlanishicha, u davolash uchun ketgan barcha xarajatlarni
195



to’lashni o’z zimmasiga olgan ekan. Bunday holda sug’urta kompaniyasi hyech


qanaqa yordam beraolmaydi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin