O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə99/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Yettinchi qoida. Baxtsiz hodisa ro’y berganda turist qayerga qo’ng’iroq
qilishni bilishi kerak.
Sug’urta polisi yoki sug’urta kartochkasi orqasida mayda harf bilan bir nechta
telefonlar raqamlari yozib qo’yilgan – bular xabar markazlari raqamlaridir. Sug’urta
kompaniyasi yordam xizmatiga sutkaning istalgan vaqtida qo’ng’iroq qilish mumkin.
Yirik sug’urta kompaniyalari, masalan, International Sos Assitance kabilarda xabar
markazlari butun dunyo bo’ylab yoyilgan, yaqiningizdagisiga (Italiyada kasal bo’lib
qolsa, Jenevaga, Ispaniyada – Madridga, Germaniyada – Nyurenbergga, Tailand,
Maldivada - Singapurga) qo’ng’iroq qilish mumkin. Ammo ularda tabiiyki, ingliz
tilida javob berishadi, agar bu til bilan muammo bo’lsa, yaxshisi o’z mamlakatiga
qo’ng’iroq qilgan ma’qul.
Xabar markaziga qo’ng’iroq haqi sug’urtalovchi tomonidan to’lanadi (turist
kreditga qo’ng’iroq qiladi, pulini esa sug’urta kompaniyasi to’laydi), lekin
so’zlashuvga tayyorgarlik ko’rish kerak. Kalovlanmasdan, tutilmasdan, yig’lab-
siqtamasdan, baqiriq-chaqiriqsiz, xotirjam holda ahvolini tez va aniq tushintirish
kerak. O’zining ismi-sharifi, turgan joyi, telefon raqami, sug’urta muddati, qanday
yordam kerakligi aniq aytilishi zarur, chunki bular u tomondan qo’ng’iroq qilish
193



uchun kerak. Eng muhimi sug’urta polisi raqamini yoddan chiqarmaslik lozim. Agar


sug’urta individuval bo’lmay, guruhga yozilgan bo’lsa, nomiga yozilgan kishi ismi-
sharifini aytish kerak.
Sakkizinchi qoida. Turist asabiylashishi, jig’ibiyron bo’lmasligi kerak.
Sug’urtalovchiga tibbiy yordam xarajatlarini qoplashni so’rab qo’ng’iroq qilish
uchun jiddiy asos bo’lishi kerak. Agar turist shunchaki tumov yoki yengilgina kasal
bo’lib, uydan olib kelgan aspirin, boshqa dori-darmonlar yordamida tuzalib ketadigan
bo’lsa, u yoq, bu yoqqa qo’ng’iroq qilib, bezovta bo’lishga hojat yo’q. Albatta, turist
ichkilikdan keyin bosh og’rig’idan shikoyat qilib vrachga murojaat qilishi mumkin,
lekin bu sug’urta holatiga kirmaydi va turistga hyech narsa to’lanmaydi. Ammo ish
jiddiy tus olib bir marta vrachga murojaat qilishdan ortib ketsa (misol uchun, kishini
qattiq oftob ursa, insult yoki miokrad infarktga uchrasa) unda tibbiy xarajatlarni
to’lashni sug’urta kompaniyasi to’liq zimmasiga oladi. Aynan u turist tushgan
shifoxona vrachlari, tibbiy muassasa rahbarlari, shuningdek yordam ko’rsatadigan
boshqa muassasalar va aviakompaniyalar bilan muzokaralar olib boradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin