Xususiy shaxslar tomonidan olib kirishga ruxsat etilgan qurol turlari (IIV
ruxsati kerak), tarkibida narkotik bo’lgan tibbiy dori-darmonlar (Sog’liqni saqlash
vazirligi ruxsati kerak) ham vaqtincha olib qo’yiladi. Tabiiyki, kishi safarga jo’nab
ketish oldidan tegishli ruxsatnomani zarur mahkamaga borib rasmiylashtirib qo’ygan
bo’lsa, bundan mustasno.
Agar bu xarid oldindan rejalashtirilmagan bo’lsa,
turist tovarlarni bojxona
omborida qoldiradi. Eng muhimi – ularni deklarasiyaga kiritib bojxona ko’rigiga
taqdim etish, aks holda ular aniqlanganda kontrabanda sifatida qayd etiladi. Turist
nafaqat undan musodara sifatida mahrum bo’ladi, balki JK ko’ra javobgarlikka ham
tortiladi. Buyumlarni omborga topshirganda qachon, qancha soni ko’rsatilgan
kvitansiya olishni unutmaslik kerak. Saqlash shartlari alohida kelishiladi (dorilar,
masalan, sovutgichda saqlanadi).
Tabiiyki, ombor xizmati bepul emas: har bir kilogramm og’irlik uchun
belgilangan so’m bor. Sovutgichlar va boshqa maxsus xizmatlar uchun alohida
to’lanadi. Agar egasi bu vaqt davomida ularni olmasa, bojxona qoidalariga asosan,
hammasi maxsus magazinlar orqali sotishga jo’natiladi. Ekspertlar chet elda biror
narsa sotib olishdan avval mutaxassislar bilan maslahatlashishini tavsiya etishadi.
Dostları ilə paylaş: