quyoshdan himoya qiluvchi kremlar ham bir necha barovar qimmat turadi.
Ikkinchidan, chet tilda erkin gapira olganda ham turistga dorixonada aynan nima
talab qilinayotganini tushuntirish qiyin kechadi – o’zbekistonliklarga tanish juda ko’p
dorilar u yoqda boshqacha nomlanadi.
Va nihoyat, MDHda dorixonalarda erkin
sotilayotgan juda ko’p dorilar chet elda qat’iy resept asosida beriladi. Bu degani
turistga mahalliy vrachga tashrif buyurgani uchun ham haq to’lashga to’g’ri keladi
degani.
Quyidagi
guruh dorilarning har biridan hyech bo’lmaganda bittadan vosita
olish maqsadga muvofiq bo’ladi:
- Tumov va istimaga qarshi vositalar: ferveks, Koldreks, teraflyu;
- Og’riqni qoldiruvchi vositalar: parasetamol, aspirin, spazmalgan;
- Diarema – ich ketishga qarshi vositalar: imodium, enteroseptol, diarol;
- Ovqat hazm qilish uchun preparatlar: festal va mezim;
- Qorin damlashga qarshi vositalar: gutalaks, koordinaks;
- Allergiyaga qarshi dorilar: klaritin, telfast;
- Yurak dorilari: korvalol, valokordin;
- “Dengiz” va “Havo” kasalliklariga qarshi: banin, aeron;
- Zamburug’larga qarshi vositalar: mikozolon, lamizil;
- Mahalliy antiseptiklar: yod, “zelyonka”.
Bundan tashqari, ushbu ro’yxatga issiq urishga qarshi kremlar, kamida 10
(SPF10) UVA va UVB nuridan himoya omili bilan, qaychi, pinset, bint, leykoplastir
(oddiy va bakteriyaga qarshi)larni ham qo’yish kerak.
Agar sayohatchi o’zi bilan bolasini ham olgan bo’lsa, uni ogohlantirish kerak:
zarur dorilar dozasi bolalarga mo’ljallangan bo’lishi lozim. Bulardan tashqari,
aptechkaga g’ilofda termometrni ham solishni yoddan chiqarmaslik kerak. Tropikda
sayohat chog’ida bezgakka chalinib qolish mumkinligini unutmaslik kerak, o’zi bilan
tarkibida DEYeT bo’lgan repellentlar olish zarur. Aytganday, turist o’zi bilan kuchli
ta’sir
etuvchi dorilar, antibiotiklar, uyqu dorilari,
shuningdek shu paytgacha
foydalanmagan, faqat eshitgan dorilarni olmaslik kerak. Dori allergiyasi – allergiya
reaksiyasining eng xavfli tiplaridan. Turist yoddan chiqarmasligi kerak: qo’l ostida
139
dorilar bo’lsada, ulardan o’z bilganicha foydalanmasligi kerak. Agar o’zini yomon
his eta boshladimi, yaxshisi mahalliy vrachga murojaat etgani ma’qul. Buning ustiga
chet elga jo’nab ketgan turistning xarajatlari katta qismini uning majburiy bo’lgan
tibbiy sug’urta qoplaydi.
Dostları ilə paylaş: