O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Sanoat 4.0 tushunchasi
Sanoat 4.0 
- real vaqt rejimida aqlli tizimlar tomonidan 
boshqariladigan to‘liqavtomatlashtirilgan raqamli ishlab chiq-
arishga va shu borada tashqi muhit bilan doimiy aloqada bo‘lib, 
bitta korxona chegaralaridan tashqarida, buyumlarva xizmatlarni 
global sanoat tarmog‘iga birlashtirish istiqboli bilano‘tishbilan 
tavsiflanadi.
Sanoat 4.0 tor ma’noda – 
Buyurmalar va xizmatlar inter-
net 
global sanoat tarmog‘i asosida “aqlli ishlab chiqarish” 
( Smart Manufacturing) konsepsiyasini tavsiflovchi loyihaning 
nomi.
Keng ma’noda, Sanoat 4.0 kiberfizik tizimlarni, Buyumlar 
Interneti va bulutli hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladigan avtomat-
lashtirish va ma’lumotlar almashish jarayonlarning rivojlanish 
trendini tavsiflaydi. 
Sanoat 4.0 ning qisqacha tarixi 
Chet elda Sanoat 4.0 nomi bilan tanilgan To‘rtinchi sanoat 
inqilobi dastlab G‘arb mamlakatlarida paydo bo‘ldi. 2011-yilda 
Gannoverdagi (Germaniya ) sanoat ko‘rgazmalaridan birida Ger-
maniya hukumati ishlab chiqarishda axborot texnologiyalaridan 
kengroq foydalanish zarurligi to‘g‘risida gapirdi. Mahsus tashkil 
etilgan mansabdor shaxslar va mutaxassislar guruhi mamlakatdagi 
ishlab chiqarish korxonalarini “
aqlli” 
korxonalarga aylantirish 
strategiyasini ishlab chiqdilar . Yangi texnologiyalarni faol rivoj-
lantirayotgan boshqa davlatlar ham ushbu fikrga ergashdilar. Sa-
noat 4.0 atamasining sinonimi sifatida 
to‘rtinchi sanoat 
inqilobi 
qo‘llana boshlandi. 
Ishlab chiqarishdagi to‘rtinchi sanoat inqilobi 
iqtisodiy 
o‘sishning yangi omilidir, bu ilgari bo‘lmagan o‘qitish imkoni-


47 
yatlari va qadriyatlarni qabul qilish bilan bog‘liq. Atrofdagi dun-
yoni yaxshilashga yo‘naltirilgan keng qamrovli g‘oyaga muvofiq 
texnologiyalarni joriy etish global iqtisodiyotni mustahkamlashga 
va sayyoramizning ekologik holatini yaxshilashga yordam beradi . 
Ishlab chiqarishni o‘zgartirishning asosiy yo‘nalishlari 
uchta global texnologik tendentsiyalar bilan belgilanadi: tarmoq 
integratsiyasi, intellektualizatsiya va moslashuvchan avtomat-
lashtirish (1.4.1-rasm
Mutaxassislar 
kiberfizik tizimlar
deganini yoki internetga 
ulangan avtomatlashtirilgan mashinalari va ishlov beradigan 
markazlari sanoat jarayonlarga integratsiya qilishni taklif 
qilgan (moddiy dunyoni virtual dunyo bilan birlashtiradigan 
tizimlar, CPS). Ishlab chiqarish qoliplarni mustaqil ravishda 
zaruriyat bo‘lganda mashinalarni o‘zgartira oladigan tizimlarni 
yaratish maqsadi quyilgan. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin