111
1989-yilda, Yevropa fizika markazining (CERN) xodimi
Tim Berners - Li global gipermatnli tizimini -
World Wide Web
standarti (WWW) yaratgan .
1994-yilda Mark Endrissen va Jim Clark e-tijorat imkoni-
yatlarni kengaytiradigan yangi Netscape web-brauzerni
namoyish etdi.
1994 -ilda Jeff Bezos AQSHda Amazon kompaniyasiga asos
solgan 1995-yil iyul oyida Amazon internet do‘koni o‘zining
web- saytini ochdi. Hozirgi kunga kelib Amazon – dunyoning
eng yirik internet – do‘kon hisoblanadi.
1996-yildaVisa International
va MasterCard International
yirik to‘lov tizimlari plastik kartalari texnologiyasi asosida
texnologik kompaniyalari bilan birgalikda SET - plastik kartalari
asosida himoyalangan internet - hisoblarning yagona ochiq
standarti yaratilishini e’lon qildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, elektron tijorat kontseptsiyasi
tushunchasi
Internet
tarqalishib
ketishidan
oldin
paydo
bo‘ldi. Ammo faqat 2000 - yillardan boshlab elektron biznes bank
sektori va elektron ma’lumotlar almashuvidan
tashqariga chiqdi
va biznesni yuritishning samarali vositasi sifatida keng rivojlandi.
2004-yildan to hozirgi kungacha elektron biznes jadal
rivojlanmoqda va hozirgi kunda biznesni yuritish va amalga oshi-
rish uchun barcha Internet texnologiyalarini o‘z ichiga olgan yirik
portallar va gigaportallarning birlashishi bilan ajralib turad. Bunga
sheriklar va etkazib beruvchilarni tanlash, tadqiqotlar o‘tkazish,
savdo bozorini nazorat qilish va hisobga olish,
mavjud xizmatlar
va onlayn maslahatlar, elektron e’lonlar taxtalarini va boshqalarni
tanlash imkonini beradigan tizimlarni o‘z ichiga oladi. Tar-
moqdagi hujjatlarni avtomatlashtirish tizimlari keng joriy etilishi
tashkilot ichida ham, pudratchilar bilan ham ma’lumot almashish
tezligini oshirishga imkon beradi va natijada
ushbu omillar bilan
bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi.
O‘z xizmatlarini keng qamrovli xizmat - korporativ mi-
jozlarga ham, oxirgi iste’molchiga ham xizmat ko‘rsatadigan
Internet-vositachilar paydo bo‘lmoqda . Ular avtomatlashtirilgan
112
axborot kanallari orqali mijozlariga xizmat ko‘rsatish boyicha
ishlarni olib boradi:
sotishdan oldin ishlar (bitim oldidan
amalga oshiriladigan
funktsiyalar) potensial xaridorlar va buyurtmachilar bilan ishlash,
onlayn marketing;
onlayn buyurtmalar (bevosita bitim bilan bog‘liq vazi-
falari) - xizmat xaridorlar va iste’molchilar, maxfiy axborotni
muhofaza qilish;
moliyaviy xizmatlar – buyurtmalarni bajarish bilan bog‘liq
onlayn-tranzaktsiyalarning tarkibiy qismlari;
xizmat ko‘rsatish shartnomasi funksiyalari – xaridorga to-
varlarni ko‘rish va ularga buyurtma berish imkoniyatini beradigan
funksiyalar;
logistika (ijro) – xaridni
xaridorga yetkazib berish;
sotishdan keyingi ishlar – buyurtma, hisob-kitob, al-
mashtirish, nizolarni hal qilish holatini kuzatish.
Dostları ilə paylaş: