Eley falsafiy maktabi Ksenofan ( er.avv. 565-473 yillar). Uning tomonidan ioniya natur
falsafasining oʼzgartirilishi. Ksenofan panteizmi. Аptropomorfizm, politeistik
mifologiya va dinni tanqid qilishi. Ksenofan taʼlimotidagi ziddiyatlar.
Parmenid (er.avv. 540-515 y)- eley falsafaiy maktabining yirik vakili.
«Tabiat haqida» asari, unda «Shubhali yoʼlning» «Haqiqat yoʼliga» qarama-qarshi
qoʼyilishi. Parmenid tomonidan borliq kategoriyasining talqin qilinishi va
noborliqning inkor etilishi. Parmendning bilish nazariyasi. Zenonning borliq,
fazo,vaqt va harakat toʼgʼrisidagi qarashlari. Zenon aporiyalari. “Zenon-dialektika
ixtirochisi” (Аristotelь).
Empedokl (er.av. 490-430 yillar) borliqning ildizlari toʼgʼrisida. Uning
kosmologiyasi. Muhabbat va yovuzlikning tabiiy jarayonlarni harakatga
keltiruvchi kuchlar ekanligi toʼgʼrisida. Organik dunyodagi maqsadga
muvofiqlikni tushuntirishi. Jon va bilish toʼgʼrisidagi qarashlari.
Аnaksagor (500-428 er.av.) ning hayoti va asarlari. Uning materiya haqidagi
taʼlimoti. «Urugʼlar» (gomomeriyalar), ularning boʼlinishi, sifatga egaligi va
jismlarning yuzaga kelishida asos boʼlishi toʼgʼrisidagi fikrlari. Birlik va koʼplik,
qismning butunga oʼxshashligi masalasi. “Barchada barcha narsalar bor” tezisi.
Nus(aql)ning dunyoni harakatlantiruvchi kuch sifatida talqin etilishi. Materiyaning
yoʼq boʼlib ketmasligi, Hayotning abadiyligi toʼgʼrisida. Jon haqidagi
mulohazalari. Аnaksagorning gnoseologik taʼlimoti.
Sofistika- er.avv.V asrning ikkinchi yarmi- IV asrning boshlarida yuzaga
kelgan ratsional oqim. Quldorlik demokratiyasining yutuqlari va fuqorolarning
gumanitar taʼlimga ehtiyojlarining oshishi. Pullik taʼlimning vujudga kelishi.
«Sofist» degan atamaning paydo boʼlishi. Sofistlar katta guruhi. Protagor
(er.avv.480-410y.)
dunyoqarashi.
Sofistlar
kichik
guruhining
qarashlari
Zamondoshlari tomonidan sofistikaga berilgan baho.
Sokrat (er.avv.470 469-399 y)ning hayoti va ijodi. Sokrat qarashlari haqida
manbalar, maʼlumotlar. Sokrat falsafasining antropologik mohiyati. Naturfalsafani
inkor etishi va falsafani hayot tarzi maʼnosida tushunishi. Sokratning bilish va
bilim toʼgʼrisidagi qarashlari. Haqiqatga erishish toʼgʼrisidagi fikrlari. Dialektika -
Sokrat falsafasining buyuk yutugʼi. Mayevtika metodining mohiyati. Sokratning
axloq haqidagi doktrinasi.