sotsioantropomorfik va sinkretik tabiati, unda badiiy,
mifologik, diniy va ilmiy
tasavurlarning oʼzaro munosabati. Old falsafaning sotsioantropomorfik
dunyoqarash, ilmiy bilim kurtaklari va u bilan bogʼliq
mantiqiy tafakkurning
zidiyatli birligi sifatida vujudga kelishi.
Dunyoviy ilm kurtaklarining vujudga kelishi, uning borliq va inson
toʼgʼrisidagi tasavvurlarning paydo boʼlishidagi ahamiyati. “Аrfist qoʼshigʼi”ning
yaratilishi, unda hayot va oxirat masalalarining qoʼyilishi.
Qadimgi Misr
mifologiyasi, undagi old falsafa elementlari.
Shumer mifologiyasi, uning dunyoqarash mazmuni. Аkkad-Bobil
mifologiyasidagi old falsafa elementlari. Gilʼgamesh eposi, unda hayot va oʼlim
masalasining muhokama etilishi.
Qadimgi Misr va Bobildagi ilmiy bilim kurtaklari va mifologiyaning
Qadimgi grek falsafasining shakllanishiga taʼsiri.
Qadimgi Hindistonda falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi.
Qadimgi
hind jamiyati iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining hususiyatlari,
ularning Hindistonda old falsafa va falsafaning shakllanishiga taʼsiri. Hind
falsafasining Gʼarb falsafasidan farqli jihatlari.
Vedalar, ularda badiiy-mifologik dunyoqarashning ifodalanishi. Vedalarga
munosabat: astika va nastika. Vedalar eng qadimgi ariylik ifodasidir.
Upanishadlardagi old falsafa, uning asosiy tushunchalari: braxman, atman, karma,
sansara moksha va boshqalar. Upanishadlar veda
dunyoqarashining tanqidiy
jihatidan idrok etilishidir. Tugʼilish va oʼlimning adabiy “almashinuvi” gʼoyasi
upanishadlarning markaziy mavzui sifatida. Hind falsafasida Reinkarnatsiya
toʼgʼrisidagi taʼlimot va uning Gʼarbdagi talqinlari. Nitsshening Hind falsafasi
toʼgʼrisidagi fikrlari. Braxmanizmning shakllanishi va mohiyati.
Hind tafakkurida epik davr. Maxobxarot,
uning falsafiy-mifologik
mazmuni. Buddizm diniy-falsafiy taʼlimot sifatida. Budda taʼlimotining “toʼrtta
yaxshi haqiqat” deb nomlangan asosiy qoidalari. Buddizmda “oʼzlik” masalasi.
Jaynizm, undagi atomistik qarashlar.
Qadimgi hind falsafiy maktablarining vujudga kelishi. Chorvoq falsafiy
taʼlimoti. Sankxьya, undagi prakriti (materiya) va purusha (ruh) dualizmi. Yoga va
yoginlar. “Bxagavadgita”dagi yogin obrazi. Haqiqiy tushunish, xohish va norozilik
(nafrat) bilan malollikka uchramagan hatti-harakatlar uchun asos hisoblanadi
gʼoyasi “Bxagavadgita”ning fundamental gʼoyasi ekanligi. Vaysheshika, unda
borliq va noborliq masalalarining qoʼyilishi. Nьyayada bilish masalalari. Mimansa
va vedanta taʼlimotlari. Qadimgi hind falsafasining falsafiy
fikr rivojida tutgan
oʼrni.
Dostları ilə paylaş: