Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish jarayonining asosiy yo‘nalishlari yer va suv resurslaridan oqilona, samarali va tejamkorlik bilan foydalanishni
ta'minlovchi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda bu sohaga
tashqi va ichki investitsiyalarni jalb etish
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishni ta'minlash
tovarlik darajasi yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari – bog‘dorchilik (meva,
sabzavot, uzum), parranda va baliqchilik hamda sut va sut mahsulotlari ishlab
chiqarish sohalarini modernizatsiya qilish
qishloq xo‘jaligini ekologik omillar asosida rivojlantirish
qishloq xo‘jaligini suv bilan ta'minlash va suvdan foydalanish tizimini
modernizatsiya qilish
agrar soha uchun kadrlar tayyorlash, qishloq xo‘jaligi mutaxasisilarining bilimi va
kasbiy malakasini oshirish
iqlim o‘zgarishi va unga moslashish yo‘nalishidagi modernizatsiya, iqlim
o‘zgarishiga mos ravishda tarmoqlarni diversifikatsiyalash
respublikamiz biotexnologiya sohasini jadal sur'atlarda taraqqiy ettirish
qishloq xo‘jaligi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ishlab chiqarish
jarayonlarining mexanizatsiyalashganlik darajasini oshirish
dehqon va fermer xo‘jaliklari, qishloq tadbirkorlarini mini texnika va texnologiyalar
bilan ta'minlash tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini zamon talablari asosida
o‘zgartirish
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarni rivojlantirish,
qishloq ijtimoiy-hududiy infratuzilmasini shakllantirish hamda qishloq xo‘jaligida
mehnat munosabatlarini takomillashtirish
1– rasm. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari - yer va suv resurslaridan oqilona, samarali va tejamkorlik bilan foydalanishni
ta'minlovchi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda bu sohaga
tashqi va ichki investitsiyalarni jalb etish. Buning uchun agrar tadbirkorlik sohasining
investitsion jozibadorligini oshirishni ta'minlovchi moliyaviy-iqtisodiy sharoitlardan
iborat investitsion iqlim yaratish;
- qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishni ta'minlash. Bunda asosiy
e'tibor mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishni, ya'ni uning xaridorgir,
iste'molbop va xushxo‘rligini ta'minlovchi ko‘rsatkichlar tizimi shakllantirilishiga
qaratilishi lozim;
28