O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya medisinasiinstituti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix20.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#125710
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Samarqand veterinariya medisinasiinstituti iqtisodiyot va agrote

4.1.1-jadval 
Kattaqo’rg’on tumanida chorva bosh soni holati tahlili (2016-2018 
yy.)* 
O'lchov 
Yillar 
2018 yilda 2016 
№ 
Ko'rsatkichlar 
yilga nisbatan farq 
birligi 
2016 
2017 
2018 
(+/-) 

1 Jami qoramol bosh soni 
bosh 
54729 
63009 
63501 
8772 
116,0 

sh.j.: sigirlar bosh soni 
bosh 
21719 
28774 
28870 
7151 
132,9 
2 Qo'y-echkilar soni 
bosh 
533774 
515493 
561221 
27447 
105,1 
3 Otlar 
bosh 
2339 
2379 
2465 
126 
105,4 
4 Parrandalar 
ming bosh 
224960 
273587 
315006 
90046 
140,0 
*Manba: Kattaqo’rg’on tumani qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari 
4.1.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Kattaqo’rg’on tumanida 2016-
2018 yillarda barcha chorva turlari sonida o’sish kuzatildi. 
4.2. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashni me’yoriy-
xuquqiy xujjatlarni kabul qilinishi 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishning eng ustuvor 
yo‘li – qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda intensiv agrotexnologiyalarni 
qo‘llash, sohani tom ma'noda modernizatsiya qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi 
26 


Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqdangan 
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da qishloq xo‘jaligini modernizatsiya 
qilish va jadal rivojlantirish bo‘yicha aynan shu vazifalarning yechimini topish va 
amalga oshirishga asosiy e'tibor qaratilgan (2.1 - rasm). 
Qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish orqali ishlab 
chiqarishni izchil rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada 
mustahkamlash, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish 
istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan eng muhim vazifalardan sanaladi. 
Birinchi 
navbatda 
2016-2020 
yillar 
oralig‘ida 
paxta 
xomashyosi 
yetishtiriladigan maydonlarni 170,5 ming va sug‘oriladigan g‘alla maydonlarini 50,0 
ming gektarga qisqartirish hisobiga kartoshka maydonini 36,0 ming, sabzavotlar 
maydonini 91,0 ming, intensiv bog‘lar maydonini 18,0 ming, ozuqa ekinlarini 50,3 
ming, moyli ekinlarni 14,0 ming va uzumzorlarni 11,2 ming gektarga kengaytirish 
bilan bog‘liq ekin maydonlarini yanada optimallashtirish ishlari amalga oshiriladi. 
Harakatlar strategiyasi doirasida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni 
ko‘paytirish bo‘yicha 2016-2020 yillarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish 
belgilangan: 
- yangi intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil qilish, mavjudlarni rekonstruksiya 
qilish ishlarini davom ettirish; 
- jami mevali bog‘lar maydonida intensiv bog‘larning ulushini 2016 yildagi 10 
foizdan 2020 yilgacha 30 foizga yetkazish natijasida ularning hosildorligini kamida 
3-4 martaga oshirish; 
- intensiv bog‘lar va tokzorlarda bosqichma-bosqich yiliga 5,7 ming gektardan 
tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish; 
- respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos pakana va yarim pakana daraxt 
ko‘chatlari va payvantaklari yetishtirishni 7000000 taga oshirish; 
- dunyo bozorlarida talab yuqori bo‘lgan eksportbop intensiv bog‘ mevalari 
ko‘chatlari navlarini sinash va ularni Davlat reestriga kiritish
- shaxsiy tomorqalardan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha zamonaviy 
texnologiya va tajribalarni targ‘ibot qilish hamda tarqatish; 
- aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklarida muqobil elektr energiyasi 
manbalaridan 
foydalanadigan 
yengil 
konstruksiyali 
issiqxonalar, 
kichik 
parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa yuqori daromadli xo‘jaliklarni 
tuzishda amaliy yordam ko‘rsatish; 
- xo‘l meva-sabzavotlar, qayta ishlangan mahsulotlarni saqlash va eksportga 
jo‘natishga mo‘ljallangan muzlatkichli omborxonalarning umumiy hajmini 632 ming 
tonnaga yetkazish; 
- almashlab ekish tartibini qo‘llagan holda, uzoq muddatga qishloq xo‘jaligi 
ekinlarini joylashtirishni rejalashtirishga o‘tish asosida tuproq unumdorligi va ekinlar 
hosildorligini oshirish; 
- respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos, qurg‘oqchilikka, sho‘rlikka, 
issiqlikka, kasalliklarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va xayvonot 
turlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish. 
27 


Bugungi kunda ushbu dasturiy vazifalarning bajarilishini ta'minlash maqsadida 
hamda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya 
qilish jarayonini quyidagi yo‘nalishlarda olib borish maqsadga muvofiq (1– rasm): 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin