Qishloq xo‘jaligi korxonalarida tarmoqlarni muvofiqlashtirishning quyidagi
tamoyillari mavjud:
- o‘z-o‘zini mablag‘ bilan qoplash asosida ishlab chiqarishni yuritishning eng
samarador va iqtisodiy barqaror darajasiga erishish;
- xo‘jalikning tuproq-iqlim va iqtisodiy o‘ziga xosliklarini eng yuqori darajada
hisobga olish;
- xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan
ta'minlash;
-
ishlab chiqarish vositalari, eng avvalo traktorlar, kombaynlar va boshqa
qimmatbaho mashina hamda jihozlardan samarali foydalanish;
- mahsulotlarni realizatsiya qilish punktlarini tashkil qilish, transport
chiqimlarini kamaytirish;
- korxonaning oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, turli
xizmatlarga ichki ehtiyojlarini qondirish;
- mahalliy aholining kasbiy ko‘nikmalaridan foydalanish.
Fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalash uchun olib boriladigan muhim
vazifalar sifatida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:
– fermer xo‘jaliklarida moddiy-texnika bazasini yangi texnika va texnologiyalar
kiritish asosida
yaxshilash va yangilash;
– ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va qishloq xo‘jalik
mahsulotini yetishtirishda tor ixtisoslashtirishga o‘tish;
– xo‘jalikdagi har bir jarayonni ilmiy asoslangan holda raxbarlik qobiliyatiga
ega shaxs tomonidan boshqarilishi va kadrlarni to‘g‘ri tanlay bilish;
– har bir xo‘jalik yurituvchi sub'ekt o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib istiqbolli
diversifikatsiya strategiyasini ishlab chiqishi lozim.
30