Amaliyotchi talabaga maslaxatlar. Pedagogik amaliyot mehnat ta’limi o’qituvchisini tayyorlashda shunday jarayondirki, bunda xar bir talaba o’qish davrida to’plagan bilimlarini majmuaviy tarzda foydalanishga to’g’ri keladi. Shuning uchun pedagogik amaliyot davridy o’qish jarayonidagi barcha kamchiliklar yaqqol ko’rinib qoladi. Pedagogik amaliyot mehnat ta’limi o’qituvchisini tayyorlashda o’ziga xos sinov hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, amaliyotchining yoshi u raxbarlik qilayotgan o’quvchilarning yoshidan juda kam farqlanadi. Bunday vaziyatda birinchi kundan boshlab to’g’ri yo’l tanlash, o’quvchilarga nisbatan takallufsizlikka yo’l qo’ymaslik, takabburona munosabatda bo’lmaslik juda muximdir. Tajribalarning ko’rsatishicha, amaliyotchi talaba o’quvchilar bilan to’g’ri munosabatda bo’lsa, ya’ni ularga xayrixoxligi va kamtarligini namoyon qilsagina u tezda bolalar bilan inoqlashib ketadi. Amaliyotchi talabaning tashqi qiyofasi xam muxim rol o’ynaydi. U o’quvchiga namuna bo’lishi zarur. Amaliyotchi talaba oddiy, ozoda kiyinishi lozim, bu shartni bajarmagan talaba o’quvchilardan shu narsani talab qila olmaydi. Amaliyotchi talaba nafaqat tashqi qiyofasi bilan, balki o’zining odobi, xulqi, katta va kichiklarga muomalasi bilan namuna bo’lishi kerak. Bu esa talabaning amaliyot davrida turli to’siqlarga duch kelmasdan amaliyotni tugatishiga va davr talabidagi pedagog kadr bo’lishiga zamin bo’ladi. Talabalar amaliyot davrida maktab pedagogik jamoaning a’zosi bo’ladilar, binobarin maktab tartibiga bo’ysunadilar, mehnat intizomiga amal qiladilar. Pedagogik amaliyotning samaradorligi ko’p jixatdan talabaning mustaqilligi va faolligiga, uning ishga ijodiy yondashishiga bog’liq bo’ladi. Mana shu amaliyot davrida talabaga bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha tadqiqot materiallarini to’plash va umumlashtirish uchun imkoniyat yaratiladi. Pedagogik amaliyotning vazifalari. Mehnat ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash Davlat ta’lim standard talablaridan kelib chiqqan xolda pedagogik amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilangan:
talabalarda kasbiy ishonch va barqaror pedagogik qarash- larni shakllantirish;
talabalarning pedagogik-psixologik fanlar xamda maxsus fanlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustaxkamlash va amalda qo’llash;
bo’lajak o’qituvchilarni amaliy ko’nikma va malakalar bilan, zaruriy xolatlarda umumiy psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo’llash malakalari bilan ta’minlash;
talabalarni sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilinishi va o’tkazilishi bilan tanishtirish;